Mavzu: Yevropa mutafakkirlari Platon, Dekart va Yumning
falsafaga oid qarashlari.
REJA:
1.
G’arb falsafasining kelib chiqish tarixi.
2.
Platon, Dekart va Yumning falsafaga oid nazariy bilmlari
va qarashlari.
3.
Yevropa mutafakkirlarining falsafaga oid umumiy
qarashlari.
O‘rta asrlar g‘arb falsafasi
Yevropa tarixida o‘rta asrlar davri deyarli to‘la ming yilni (Rim imperiyasining
parchalanish lahzasidan Uyg‘onish davrigacha) o‘z ichiga oladi. O‘rta asrlar
yevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian
dunyoqarashidan foydalandi. Ma'jusiylik dini va falsafasi, hamda bid'atchilarning
adashishlariga qarshi kurashiga
apologetlar
(yunoncha apologiya-himoya) deb
atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bog‘ladilar.
Apologetlarning eng ko‘zga ko‘ringan vakili
Kvint Tertullian
(160-220) edi.
Falsafa va xristianlikni bir biriga to‘g‘ri kelmasligiga dalillar keltirib, u shundan
kelib chiqdiki, xristianlik falsafiy asosga ehtiyoji yuq.
Iso
dan keyin hyech qanday
bilimga qiziqishning keragi yo‘q, Injildan keyin esa hyech qanday tadqiqotning
zaruriyati yo‘q. E'tiqodni oliy haqiqat sifatida tushunish falsafani ilohiyotga
bo‘ysundirish uchun asos bo‘ldi.
Platon qarashlarida jamiyat, davlat toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinlardan
birini tashkil qiladi. U davlat fuqarolarini 3 tabaqaga boʻlgan: 1-tabaqa — davlatni
boshqarib turadigan donishmand hukmdorlar; 2-tabaqa — davlatni dushmandan
himoya qiladigan harbiylar; 3-tabaqa — davlatni va yuqoridagi 2 ta-baqani moddiy
jihatdan taʼminlab turadigan deqqonlar va hunarmandlar. Platon
davlat boshqaruv shaklini oliy hokimiyat tanho amalga oshiriladigan
monarxiyata, tor doiradagi cheklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan
aristokrashiyaga, butun xalq hokimiyatni boshqaradigan demokratiyaga ajratadi.
Platon 4 asosiy fazilatni farq kiladi: donishmandlik, mardlik, akl bilan ish qilish va
eng asosiysi — boshka fazilatlar oʻrnini toʻldiradigan va qoʻshilib ketadigan fazilat
— adolat. P. ning ideal davlat toʻgʻrisidagi orzulari asosida adolat gʻoyasi yotadi.
Uningcha, jamiyat barcha aʼzolarining odil jamiyatdagi qonunlarga boʻysunishi
ijtimoiy ta-raqqiyotning asosiy garovidir. Qayerdaki qonunlar hokim ustidan
hukmron boʻlsa, hokimlar esa qonunga qul boʻlsa, oʻsha davlat gullab yashnaydi.
Agar davlat qonunlar ustidan yaroqsiz hokimiyatni oʻrnatib qoʻyadigan boʻlsa, u
holda qonun hech qanday foyda bermaydi, aksincha, davlat uchun juda
katta zarar keltiradi, deb taʼkidlaydi. Uning fikricha, iqtisodiyot polis (davlat)ning
gullab yash-nashi yoki tanazzuli omili hisoblanadi. I. ch. siyosatni emas, siyosat i.
ch. ni bo-shqarishi kerak. Jamiyatni barqaror holatdan chiqaradigan har qanday
oʻzgarishlarga yoʻl qoʻyilmasligi zarur.
Platonning estetik qarashlarida borliq, hayot «abadiy gʻoya»larning taqlidi,
nusxasi; sanʼat esa borliq, hayotning taqlidi, yaʼni taklidga taqlid, degan xulosaga
asoslangan. U xudolarga boʻlgan eʼtiqodni qoʻllab-quvvatlagan, xudosizlarni
qrralagan, davlatni boshqaruvchilar xudojoʻy boʻlishlari kerak, deb hisoblagan.
Falsafa tarixida Platon taʼlimoti turlicha qabul qilingan. Unga «ilohiy ustoz» (antik
davr), xristian dunyoqarashining muboshiri (bobosi), sof sevgi faylasufi va siyosiy
xayolparast (Uygʻonish davri) sifatida qaralgan. Platondan 30 ga yaqin katta va
kichik asar qamda xatlari saqlanib qolgan. Asarlari dialog shaklida yozilgan.
Ulardan muhimlari: «Apologiya» (Sokratni qimoya qilish), «Kriton» (qonunni
hurmag qilish haqida), «Laxet» (mardlik haqida), «Xarmid» (aql bilan ish qilish
haqida), «Menon» (notiqlik sanʼati mohiyati haqida), «Bazm» (eros haqida),
«Fedr» (eydoslar haqidagi taʼlimot), «Fedon» (adolat haqida), «Davlat» (adolat
haqida), «Teetet» (bilim haqida), «Timey» (kosmologiya), «Qonunlar»,
«Siyosatdon», «Fileb» va b. P. ning asarlari asrlar davomida Gʻarbda, Sharqda
maʼlum va mashhur boʻlgan, koʻp tillarga tarjima qilingan, ularga sharxdar
yozilgan. «Davlat» asariga Ibn Rushd, «Qonunlar»ga Forobiy sharhi eʼtiborga
loyiq. Forobiyning sharhi «Talxi-su navomisi Aflotun» («Aflotun qonunlari
mohiyati») deb ataladi. Bu asar 1993-y. «Fozil odamlar shaxri» kitobida nashr
etilgan. 2002-y. Aflo-tunning «Qonunlar» asari Toshkentda uzbek tilida nashr
etildi. Yozuvchi Omon Muxtorning «Aflotun» romani chop qilindi
Apologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari
bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |