2. Uyg‘onish davri falsafasi
Uyg‘onish davri ilk burjuaziya inqiloblarining g‘oyaviy va madaniy
taraqqiyotining tarixiy jarayoni sifatida ifodalanadi. yevropa mamlakatlarida XII-
XIII asrlardayoq sanoat, savdo-sotiq, dengizda yurish rivoji va harbiy ishning
o‘sishi kuzatiladi. O‘rta asrlarning
ilohiyotchiligi
bilan
kurashda birinchi
o‘ringa
insonparvarlik
va inson maqomini ulug‘lash
(antropotsentrizm
) qo‘yildi.
yerdagi dunyoviy ishlarga nafrat bilan qarash o‘rniga insonning ijodiy qobiliyati,
aqli, baxt-saodatga intilishini tan olish qo‘yiladi. Insonparvarlik g‘oyalarini amalga
oshirish o‘tmishdagi yutuqlarni o‘zlashtirishni taqozo etar edi, shuning uchun
qadimgi davr falsafiy boyligini egallashga intilish boshlandi. Uyg‘onish bu eng
avvalo qadimgi davrda yaratilgan asarlarni ozodona anglash bo‘lib, tayyor va
o‘zgarmaydigan haqiqatlardan yuz o‘girishdir. Qadimgi davr faylasuflari gap
tekizib bo‘lmaydigan obrumand odamlardan ko‘ra, ko‘proq
ittifoqdosh shaxslar
sifatida qabul qilina boshladilar. Olimlar va faylasuflar endi yopiq maktablarning
vakillari sifatida emas, balki alohida olingan tadqiqotchilar sifatida namoyon bo‘la
boshladilar. Voqyeylik ko‘proq hisobga olinadigan bo‘lib, diqqat-e'tibor amaliy
ahamiyat va foyda keltiradigan masalalarga qaratiladigan bo‘ldi. Aqlni
sxolastikadan qutiltirish boshlandi va faqat mantiqiy muammolardan ko‘ra dunyo
va insonni tabiiy - ilmiy tushunishga o‘girilindi.
Nikolay Kuzanskiy
(1401-1464) ta'limotida inson bilimining kuch-qudrati
ta'kidlandi; insonning o‘zi ijodiy aqliy faoliyatining («inson uning aqlidir»)
vositasida qandaydir xudoga o‘xshash ekanligiga ishora qilindi. Kuzanskiyning
faoliyatida dialektika unsurlarini ham topish mumkin.
Inson maqomini yuqori ko‘tarish g‘oyasi
Piko della Mirandola
(1463-1494)
ijodida asosiy o‘rin tutadi. Inson tanlash erkinligiga ega va bu uni koinotga bog‘lab
qo‘ymaydi va ijodiy qobiliyatini o‘z-o‘zicha namoyon qila olishligini ta'kidlaydi.
Nikolay Kopernikning
(1473-1543) «Samoviy doiralarning aylanishi haqida»
asari astronomiyada inqilob yasadi, negaki, quyidagilarni o‘z ichiga olgan
geliotsentrizm sistemasini ta'kidladi: 1. yer Koinot markazida harakatsiz ravishda
mavjud bo‘lmasdan, balki o‘z o‘qi atrofida
aylanadi; 2. yer Quyosh atrofida
aylanadi. Kopernikning geliotsentrik nazariyasi falsafa taraqqiyotiga sezilarli ta'sir
ko‘rsatdi, ammo adashishlardan ham holi emas edi: birinchidan, Kopernik
dunyoning oxiri bor degan hukmron aqidaga qo‘shilar edi, va, ikkinchidan, yerni
Koinotning markazi bo‘lish
imtiyozidan mahrum qilib, shunday markazni
Quyoshga nisbatan saqladi.
Mashhur «Tajribalar» asarining muallifi
Mishel Montenning
(1533-1592)
skeptitsizmi doimiy ijodiy izlanishlar va tinib - tinchmaslik aqlning ramzi edi.
Uning fikricha, inson tafakkuri doimiy ravishda tabiatning tabiiy qonunlarini bilish
asosida mukammallashib borishi lozim.
Uyg‘onish
davri
panteizmining
eng yirik vakili
Djordano Bruno
(1548-1600)
edi. Qarama-qarshiliklarning bir-biriga o‘xshashligi haqidagi dialektik g‘oyani
ta'kidlagan holda, Bruno falsafiy bilimlarning maqsadi Xudo emas, balki tabiat deb
hisoblab, shu bilan birga koinotda tabiatning va dunyolarning cheksizligi haqidagi
taxminlarni ifodalab berdi.
Mumtoz mexanikaning tamal toshini qo‘ygan, tajribaviy-nazariy
tabiatshunoslikning
asoschilaridan biri
G.Galiley
(1564-1642) edi. Uning fikricha,
bilish sohasida ikki usuldan, ya'ni
tahlil (analiz)
va
sintezdan
foydalanib, tabiat
hodisalarini hissiy qabul qilishdan ularni nazariy tushunishgacha borib yetmoq
lozim. Shu tarzda haqiqiy bilim tahliliy va sintetik, hissiy
va abstraktlik birligida
yagonaligida o‘z ifodasini topmog‘i lozim.
Uyg‘onish davrida shakllangan g‘oyalar kishilarni dunyo va undagi inson
maqomiga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirib yubordi va bu bilan keyingi fan va
falsafa xususiyatida chuqur iz qoldirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: