Kantning nuqtai nazaricha, eng muhim falsafiy muammolarni yechishga
kirishishdan oldin inson bilimining chegarasi va imkoniyatini tadqiq qilish lozim.
Kant fikricha, biz dunyoni qanday bo‘lsa, o‘shanchalikda emas,
balki bizga qanday
namoyon bo‘lishiga qarab bilamiz. Bizning bilimimizga faqat
ashyolar
ko‘rinishi
yoki
fenomenlar
yetib keladi. His-tuyg‘u a'zolariga «narsa -o‘zida»
(«veщ v sebe») ta'siri natijasida hissiy tartibsizlik vujudga keladi. Bu tartibsizlik
bizning aqlimiz quvvati orqali birlik va tartibga solinadi. Biz nimaniki tabiat
qonunlari hisoblasak, aslida hodisalar dunyosiga aql orqali kiritiladigan
aloqadir,
yoki boshqacha aytganda, bizning aqlimiz qonunlarni tabiatga buyruq qiladi.
Ammo hodisalar dunyosiga inson ongidan mustaqil bo‘lgan ashyolar mohiyati
bo‘lgan «narsa o‘zida» muvofiq keladi. Ularni mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa
o‘zida» bizlar uchun
noumenlar
, ya'ni aql bilan
bilinadigan, ammo tajribada
berilmaydigan mohiyatdir. Kant inson aqlining kuchiga cheksiz ishonishni
aqidaparastlik deb atab, uni shubha ostiga olib baholaydi.
Kant nuqtai nazaricha,
makon va zamon g‘oyasi
insonga idrokdan oldin ma'lum
bo‘lgan. Makon va zamon g‘oyaviy bo‘lib, voqyeiy emasdirlir.
Hissiy taassurotlar
bir-birlari bilan o‘zaro
hukmlar
vositasida bog‘lanadilarki, ular
asosida
kategoriyalar
, ya'ni umumiy tushunchalar yotadi. Kant nazaricha, bular
«sof fikr»ni ifodalovchi «sof mantiqiy» shakllar bo‘lib, uning ashyolari emas.
Kategoriyalar insonga apriodi, ya'ni har qanday tajribagacha berilgandir.
Bilish haqidagi ta'limotda Kant dialektikaga katta o‘rin ajratadi: qarama-qarshilik
bilishning zaruriy lahzasi sifatida qarab chiqiladi. Nemis falsafasi Kantdan
keyin
I.G. Fitxe
(1762-1814) va
F. Shelling
(1775-1854) tomonidan ishlab chiqildi.
Ular hodisalar va ashyolarning kantchasiga qarama-qarshi qo‘yilishini muayyan
yagona qoida bo‘lgan – Fixtedagi
mutlaq «Men»
va Shellingdagi
borliq bilan
fikrdagi mutlaq ayniyat
asosida dalillab, uni bartaraf qilishga harakat qildilar.
Bundan tashqari, Shelling
dialektika kategoriyalarini , jumladan ozodlik va
zaruriyat, yagonalik va ko‘plikning ayniyati va boshqalarni sinchkovlik bilan tahlil
qilib, Xegel dialektikasining xabarchisi sifatida xizmat qildi.
Nemis falsafasi o‘z rivojining cho‘qqisiga
Xegel
(1770-1831) ijodida erishdi.
Xegel dialektikaning qonunlari va kategoriyalari haqidagi ta'limotni rivojlantirib,
birinchi marta dialektik mantiqning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va o‘sha
davrdagi ta'limotlarda hukm surgan metafizik ong usulini tanqid ostiga oldi.
Kantning «narsa-o‘zida»siga u dialektika prinsipini qarama-qarshi qo‘ydi:
Do'stlaringiz bilan baham: