Asosiy qishloq xo’jalik ekinlar uchun optimal tuproq reaksiyasi (pH).
№
|
Ekinlar
|
Tuproq reaksiyasi (pH)
|
№
|
Ekinlar
|
Tuproq reaksiyasi (pH)
|
1
|
Suli
|
5,0 – 7,7
|
13
|
Kartoshka
|
5,0 – 5,5
|
2
|
Kuzgi javdar
|
5,5 – 7,5
|
17
|
Qand lavlagi
|
7,0 – 7,5
|
3
|
Bahorgi bug’doy
|
6,0 – 7,5
|
18
|
Beda
|
7,0 – 8,0
|
4
|
Kuzgi bug’doy
|
6,3 – 7,6
|
19
|
Sebarga
|
6,0 – 7,0
|
5
|
Arpa
|
6,8 – 7,5
|
20
|
DoNHik
|
6,5 - <
|
6
|
Makkajo’xori
|
6,0 – 7,0
|
21
|
Lyupin
|
4,5 – 6,0
|
3-Tuproq eritmasining konsentrasiyasi va pH ni ta’siri-
Tuproq eritmasi-tuproqning juda harakatchan va faol qismi bo’lib, u yerda har xil kimyoviy jarayonlar sodir bo’lib, undan o’simliklar oziq moddalarni to’g’ridan-to’g’ri o’zlashtiradi.
Tuproq tipiga va boshqa xususiyatlariga qarab, tuproq eritmasida anionlardan (HCO3-, OH-, Cl-, NO3-, H2PO4-) kationlar (N+, K+, Na+, NH4+, Ca2+, Mg2+), shuningdek, suvda eriydigan organik birikmalar va erigan holatdagi gazlar (CO2, H2 , O2 ) va boshqalar uchraydi.
Tuproq eritmasidagi tuzlar minerallarni nurashi va parchalanishi, organik moddalarni mikroorganizmlar tomonidan parchalanishi hamda mahalliy va mineral o’g’itlarni qo’llash natijasida eritmada to’planadi.
O’simliklarning oziqlanish jarayonida, tuproq eritmasiga ionlardan K+, Ca2+ , Mg2+ , NH4+ , NO3- , Cl-, N2PO4- larni doimiy ravishda o’tib borishi, juda muhim ahamiyatga ega. Odatda tuproq eritmasidagi tuzlar miqdori 0,05 foizni tashkil qiladi, bu miqdorni 0,2 foizgacha ko’payishi o’simlikka salbiy ta’sir ko’rsatsa, ularni miqdori 0,3 -0,5 foizgacha oshadigan bo’lsa, o’simlik butunlay nobud bo’ladi.
Tuproq eritmasidagi tuzlar tarkibi va miqdori tashqi muhit omillari ta’sirida keskin o’zgaradi. Tuzlar miqdori mineral o’g’itlarni qo’llash natijasida, tuproq namligi yetarli bo’lmaganda va organik moddalarni parchalanishi natijasida ortib ketadi. Shu bilan bir qatorda, tuproq eritmasidagi tuzlarni o’simliklar tomonidan o’zlashtirilishi natijasida, ularni yuvilish jarayonida hamda o’simlik qiyin o’zlashtiradigan shakllarga o’tishi natijasida ham ularni miqdori kamayadi. Tuzlar tarkibi va miqdori, tuproq qattiq fazasi bilan bo’ladigan almashinish reaksiyalari natijasida kolloidlar bilan birlashishi ta’sirida ham ortib ketadi.
Optimal konsentrasiya bu o’simlik rivojlanishi uchun eng qulay bo’lgan muhit bo’lib, bunda o’simlikka oziq moddalar va suvni yutilishi tezlashib, qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtirishni ta’minlaydi.
O’simlik ildiz sistemasi kuchli suyuqlashgan eritmadan (0,01-0,05%) oziq moddalarni o’zlashtiradi. Tabiiy sharoitda esa sho’rlangan tuproqlarda u 0,02-0,2% atrofida bo’ladi.
Oziq moddalar o’simlikka kuchsiz konsentrasiyali eritmadan, suv esa o’g’itlanmagan zonadan o’tadi. Ushbu holatni o’g’itlarni qo’llashda albatta hisobga olish zarur.
Yuqori konsentrasiya eritmani osmotik bosimini oshirib, o’simlikka oziq modda va suvni o’tishini qiyinlashtiradi. Ayniqsa, o’simlik yosh davrida eritmaning yuqori konsentrasiyasiga juda sezgir bo’ladi. Ko’pchilik o’simliklar eritma konsentrasiyasini ma’lum chegaradan ortib ketishiga bardosh bera olmaydi (70-jadval).
Ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, eritma konsentrasiyasini to 15,7-25,9 l.mmolgacha ortishi o’simlikni rivojlanishini yaxshilab, eng yuqori hosil eritma konsentrasiyasi 25,9 l.mmol bo’lganda ko’zatildi. Eritma konsentrasiyasini yanada oshirish o’simlikka salbiy ta’sir etib barglarni qurib qolishiga sabab bo’ldi.
Hozirgi vaqtda ionlarning antogonizmi va sinergezmi to’g’risida ko’plab ilmiy ma’lumotlar to’plangan. Masalan, quyidagi elementlar o’rtasida Fe va Ca, Al va Na, Fe va Zn, Mn va Zn, Cu va Zn , P va Fe, Mn, Cu, Mo antogonizm holati ko’zatilsa, o’z navbatida va Mr, Cu va Co, V, Mo va Mn, Mo va Cu, Ca va Co o’rtasida sinergizm hodisasi namoyon bo’ladi.
Demak, bir ioNning o’zi bir vaqtda u yoki bu elementning yutilishida ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin.
Qishloq xo’jalik ekinlarida ko’plab hosil to’planishida, o’simlikni oziq elementlaridan takroriy foydalanishi (reutilizasiya) juda katta ahamiyatga ega.
Ba’zi oziq elementlari (N, P, K Mg) reutilizasiya bo’ladi, ya’ni barglaridan hosil elementlariga o’tib, o’simlik tomonidan qayta o’zlashtirilsa, Ca, Fe, Mn, B, Cu va P kabi elementlar reutilizasiyaga uchramaydi.
Oziq elementlari bilan har xil darajada ta’minlangan sharoitda ular o’rtasidagi bog’liqlik turlicha bo’lib, antogonizmni tezda sinergizmga aylanishi yoki aksincha bo’lishi kuzatiladi. Havo haroratini pasayishi va yorug’likni kamayishi oziq elementlar miqdorini oshirsa, namlik yetarli bo’lsa, ularni salbiy ta’siri kamayadi. Masalan, qish davrlarida issiqxonalarda yetishtirilgan mahsulotlar tarkibida nitratlar miqdori keskin ortib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |