Mavzu:Tuzlar. Tuzlar tarkibi, tuzilishi va nomlanishi.
Tayyorladi: Toshkent viloyati Ohangaron tumani, 42-sonli maktab kimyo fani o`qituvchisi Alimatov Zokir
Reja - Tuzlarning tarkibi, tuzilishi
- Tuzlarning nomlanishi
- Tuzlarning toifalanishi
- Tuzlarning fizik va kimyoviy xossalari
Tuzlar deb metal atomlari(Yoki ammoniy NH4)va kislota qoldig`idan iborat bo`lgan murakkab moddalarga aytiladi.
Tuzlar kislota vodorodining metal atomiga yoki asos gidroksidining kislota qoldig`iga almashishidan hosil bo`ladi.
Tuzlarda metall atomlari kislota qoldig`i bilan to`g`ridan to`g`ri bog` hosil qilgan holda birikadi.
Tuzlarning
nomlanishi
Tuzlarning nomi metal atomi va kislota qoldig`i nomidan keltirib chiqariladi.
Metall atomi nomi
|
Kislota qoldig`i nomi
|
Tuz nomi
|
Tuz formulasi
|
Natriy
|
xlorid
|
Natriy xlorid
|
NaCl
|
Kaliy
|
Karbonat
|
Kaliy karbonat
|
K2CO3
|
Alyuminiy
|
Nitrat
|
Alyuminiy nitrat
|
Al(NO3)3
|
Bariy
|
Sulfat
|
Bariy sulfat
|
BaSO4
|
Litiy
|
Fosfat
|
Litiy fosfat
|
Li3PO4
|
Kalsiy
|
Sulfid
|
Kalsiy sulfid
|
CaS
|
Tuzlarning toifalanishi
O`rta tuzlar
Nordon tuzlar
Asosli tuzlar
O`rta tuz
O‘rta tuzlar nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun «metall atomi nomi + kislota qoldig‘i nomi» shaklida yasaladi. Agar metall atomi o‘zgaruv chan valentli bo‘lsa va bir necha xil tuzlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda kislota qoldig‘i nomi yoziladi: K2SO4
Nordon tuz
Nordon tuzlar nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun o‘rta tuz nomi o‘rtasiga «gidro» so‘zi qo‘shilib, «metall atomi nomi + gidro + +kislota qoldig‘i nomi» shaklida yasaladi. Agar metall atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir necha xil tuzlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chiziqcha qo‘yiladi hamda «gidro» so‘zi va kislota qoldig‘i nomi yoziladi: Fe(HSO4)2.
Asosli tuzlar
Asosli tuzlar nomi o‘zgarmas valentli metallar uchun o‘rta tuz nomi o‘rtasiga «gidrokso» so‘zi qo‘shilib, «metall atomi nomi + gidrokso +kislota qoldig‘i nomi» shaklida yasaladi. Agar metal atomi o‘zgaruvchan valentli bo‘lsa va bir necha xil tuzlar hosil qilsa, metall atomi nomidan so‘ng uning valentligi qavs ichida rim raqami bilan ko‘rsatiladi va qavsdan keyin chi ziqcha qo‘yiladi hamda «gidrokso» so‘zi va kislota qoldig‘i nomi yoziladi: FeOHSO4
Tuzlar orasida ikki tuzning birgalikda uchrab turish holati ham ma`lum bo`lib, bunday tuzlarni qo`sh tuz deb ataladi va kimyoviy formulalari qo`shib yozilishi ham, alohida yozilishi ham mumkin: Masalan, Kaliy-aluminiy sulfat(Achchiqtosh) KAl(SO4)2 yoki K2SO4*Al2(SO4)3
Fizik xossalari
Tuzlar kristall tuzilishdagi qattiq, turli rangdagi moddalar bo`lib, suvda har xil erish qobilyatiga ega. Tuzlar tarkibida kristallizatsion suv tutishi ham mumkin.
Tuzlar metallar bilan ta`sirlashadi
Yangi tuz va metal hosil qiladi.
Metallarning faollik qatorida
turgan har bir metall o`zidan
o`ng tarafda turgan metallni
tuzidan siqib chiqaradi.
Inson organizmi tuz muvozanatini doimo saqlab turishga muxtojdir va organism umumiy massasiga nisbatan 5.5% turli xildagi tuzlar shu vazifani bajarib turadi.
Osh tuzi(NaCl) va silvinit (NaCl*KCl) Xo`jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal`a konlaridan qazib olinadi. Fosfarit (Ca3(PO4)2) Markaziy Qizilqum, Qoraqat, Shimoliy Jetitov konlaridan olinadi.
Uyga vazifa
1. Tuzlar deb qanday moddalarga aytiladi? 2. Quyidagi tuzlarning tuzilishini va nomini yozing: Na2SO4, K3PO4, KNO3, CaCl2, MgSO4, Ca(HCO3)2, (CuOH)2CO3. 3. Kundalik turmushda ishlatiladigan qanday tuzlarni bilasiz? 4. Sulfat kislota qoldig‘ini tutuvchi necha xil tuzning formulasini yoza olasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |