Tuproq suvi va uning ahamiyati. Ko’p fazali va dispers sistema hisoblangan tuproq tarkibida doim ma’lum miqdorda suv singdirilib, ushlanib turilgan bo’ladi. Quruq tuproq (105oC da quritilgan) massasiga nisbatan prosent hisobida saqlanadigan suv, tuproq namligini belgilaydi. Tuproq namligi uning hajmiga nisbatan foiz hisobida yoki gektariga kubometr va mm bilan ham ifodalanishi mumkin. Tuproqdagi nam atmosfera yog’inlari, sizot suvlari, atmosferadagi suv bug’larining kondensasiyasi (quyuqlashuvi) hamda sug’orish suvlari hisobidan to’planadi. Sug’orilmaydigan sharoitda esa tuproq namining asosiy manbai - atmosfera yog’inlaridir.
Tuproqdagi suv nihoyatda muhim va xilma-xil ahamiyatga ega bo’lib, tuproq unumdorligi va o’simliklar hosildorligini belgilovchi eng muhim, zarur omillardan biridir. O’simliklarning o’sib rivojlanishi, mikroorganizmlar faoliyati, tuproqda kechadigan barcha kimyoviy, fizik-kimyoviy jarayonlar hamda insonlarning ekinlar hosildorligi va tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan ishlab chiqarish faoliyati, tuproqdagi suvning miqdori va sifati bilan belgilanadi. Quruq yerda urug’ unmaydi, tuproqda suv yetarli bo’lmasa, o’simliklar yomon rivojlanadi va kam hosil beradi.
Tuproq suvining kategori-yalari, shakllari
Kimyoviy birikkan suv;
fizik birikkan suv: a) fizik mustaxkam birikkan (gigroskopik) suv; b) fizik bo’sh birikkan (parda) suv;
Kapillyar suv;
Gravitasion suv;
Sizot suvi;
Bug’simon suv;
Qattiq suv
2. AERASIYA VA HARORATNING O’SIMLIK OZIQLANISHIDA AHAMIYATI
Tuproq qattiq, suyuq (tuproq eritmasi) va gazsimon (tuproq havosi) fazalaridan iborat bo’lib, ular bir-birlari bilan uzviy aloqada bo’ladilar.
Tuproq havosi atmosfera havosidan keskin farq qiladi, unda kislorod miqdori kam bo’lib, karbonat angidrid ko’p bo’ladi. Chunki, tuproq organik moddasi mikroorganizmlar ta’sirida parchalanish jarayonida ko’plab karbonat angidrid ajratib chiqarsa, ikkinchi tomondan, havoli sharoitda yashovchi mikroorganizmlar ko’plab kislorodni iste’mol qiladi. Tuproq muhitida, mikroorganizmlar doimiy ravishda karbonat angidridni ko’paytirib kislorod miqdorini esa kamaytiradi. Ushbu jarayon o’simlik ildizlarining nafas olish davrida va ba’zi bir kimyoviy reaksiyalar natijasida ham sodir bo’ladi.
Atmosfera havosi tarkibida 0,03 foiz CO2 bo’lsa, tuproq havosida esa 0,3 - 1,0 foiz, ayrim hollarda 2-3 foiz, ba’zan undan ham yuqori bo’ladi. Tuproq havosidagi CO2 miqdori, atmosfera bilan tuproq muhiti o’rtasidagi aerasiya tezligiga bog’liq bo’lib, tuproq havosida hosil bo’lgan CO2 qisman atmosfera tomon siljiydi va tuproq eritmasi tomonidan o’ziga singdiriladi. Me’yorida yuz beradigan aerasiya (havo almashinish) natijasida 1 m tuproq tagidan yoz vaqtlarida bir kunda 2 litrdan to 10 litrgacha CO2 ajralib chiqadi va taxminan shuncha miqdorda kislorod iste’mol qilinadi. CO2 ni yer ustki qatlamlarida to’planishi, o’simlikdagi assimilyasiya jarayonini tezlashtiradi va o’simliklarni hosildorligiga ijobiy ta’sir etadi. Karbonat angidrid tuproq muhitida erib, karbonat kislota hosil qiladi, u esa dissosiyalanib H+ va HCO3- hosil qilib, tuproq eritmasini nordonlashtiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |