“ Jozibador ” omonat turiga mablagʻlar naqd pul va qayta rasmiylashtirish orqali 2020-yilning 21-noyabridan boshlab, 2022-yil 31-dekabrigacha qabul qilinadi. Omonatchi omonatning harakat davri mobaynida qoʻshimcha badallar qoʻshib borish huquqiga ega. Qoʻshimcha badallar miqdori chegaralanmaydi. Hisoblangan foizlar omonatning muddati tugaganidan soʻng beriladi. Omonatning hisoblangan foizlar har 3 oyda avtomat kapitalizatsiya qilinadi.
“Maksimal foyda” omonat turiga mablagʻlar naqd pul va qayta rasmiylashtirish orqali 2022-yil 7-yanvaridan boshlab, 2022-yil 31dekabriga qadar qabul qilinadi.(2022yil 31-dekabr kuni qoʻshiladi). Omonatchi omonatning harakat davri mobaynida qoʻshimch badallar qoʻshib borish huquqiga ega. Qoʻshimch badallar miqdori chegaralanmaydi. Hisoblangan foizlar har oyda omonatchilarga toʻlab beriladi, olinmagan foizlar omonatning asosiy summasiga qoʻshilmaydi.
“Jamg’arma” omonat turiga mablagʻ qoʻygan shaxsning jamgʻargan omonat miqdori, uning uy joy qurish uchun bankdan olishi moʻljallanayotgan ipoteka krediti miqdorining dastlabki badali ipoteka kreditining 23foiziga yetgan holda omonat egasi bankdan uy-joy qurish uchun imtiyozli tarzda ipoteka krediti olish uchun mablagʻlar jalb qilinadi.
Aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank omonatlariga jalb etilishini tashkil etish, yangi va jozibador omonat turllarini joriy etish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish maqsadida 2020 yilda 10 ta milliy va 3 ta xorijiy valyutada omonat turlari joriy etildi.
Aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank depozitlariga jalb qilish boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida aholi depozitlari qoldigʻi 2022 yil 1-yanvar holatiga 3,288mlrd. soʻmni tashkil etib, yil boshiga nisbatan 140.5 mlrd. soʻmga yoki 140 foizga oshishiga erishildi.
Bank depozit bazasini barqarorlashtirish boʻyicha koʻrilgan choralar natijasida depozitlar tarkibida muddatli va jamgʻarma omonatlari ulushini oshirishga erishildi.
Aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank uchun barqaror resurs manbasi hisoblangan muddatli va jamgʻarma omonatlarga jalb etilishi natijasida mazkur turdagi omonatlarga mablagʻ qoʻygan omonatchilar sonining 2021 yilda 1,9 barobar oshishiga erishildi.
Banklardagi omonatlar hajmining oshishida aholi real daromadlarining oʻsishi hamda bank tizimining barqarorligi asosiy omil boʻlgani holda, banklardagi omonatlarning toʻliq qaytarilishi davlat tomonidan kafolatlanganligi va ulardan olinadigan foiz daromadlari soliqdan ozod etilganligi bank depozitlarini qulay, xavfxatarsiz va barqaror daromadli moliyaviy instrumentga aylantirdi.
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan aholining talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda 150 dan ortiq jozibador omonat turlari taklif etilmoqda. “Axbor-reyting” reyting agentligiga aʼzo tijorat banklari majburiyatlari tarkibida yuqori salmoqni depozitlar tashkil etmoqda. Bu esa, banklarning asosiy resurslari depozitlar hisobiga shakllanishini koʻrsatadi.
Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, resurslarni bu usul orqali jalb qilish bankning boshqa aktiv operatsiyalarini rivojlantirish imkoniyatini beradi. Tijorat banklarning qisqa muddatga resurslar jalb qilishlari, banklarning ssuda hisobraqamlari hisobidan qisqa muddatli kreditlash operatsiyalarini rivojlantiradi. Yaʼni, tijorat banklarining overdraft va kontokorrent hisobraqamlari orqali kreditlash uchun talab tugʻiladi. Chunki, tijorat banklari qisqa muddatga pul mablaglarini joylashtirish uchun manba qidirishadi. Kreditning bu usulini amaliyotga qoʻllash, nafaqat bank tizimi uchun, balki umuman iqtisodiyot uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Banklarning resurs bazasini mustahkamlash maqsadida banklar tomonidan uzoq muddatli obligatsiyalar va depozit sertifikatlarini muomalaga chiqarilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu esa, banklarning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tijorat banklarining depozitlari bahosini shakllantirish deganda, asosan jismoniy shaxslarning banklardagi depozit (omonat)lariga foiz stavkasini belgilash tushuniladi. Depozit xizmatlarining bahosi maʼlum bir summada emas, balki yillik foiz stavkalarida belgilanishi uning oʻziga xos xususiyatlaridan biridir.
Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasida depozitga quyidagicha taʼrif berilgan: “Omonat (depozit) – talab qilinishi bilanoq yoki toʻlovni amalga oshiruvchi shaxs bilan toʻlovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari oʻrtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki ustama haq toʻlagan holda yoxud bunday toʻlovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan topshiriladigan pul summasi”.
Bank depozitlarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
joriy yoki toʻlov hisob raqamlari: tovar oldi-sotdisi yoki xizmat koʻrsatish uchun haq toʻlash, toʻlovlarni amalga oshirish uchun depozitlar.
notoʻlov hisob raqami: jamgʻarma depozitlari, qoʻshimcha foiz olish maqsadida mijozlar tomonidan bankka qoʻyilgan omonatlar.
Toʻlov hisob raqamlari asosan korxona va tashkilotlarning banklardagi hisob raqamlari boʻlib, ularga xizmat koʻrsatishda bank maʼlum bir foiz haqi undirib oladi.
Notoʻlov hisob raqamlari jismoniy shaxslarning qisqa, oʻrta va uzoq muddatga qoʻygan omonatlari hisoblanib, bank ulardan foydalanganligi uchun mijozlarga belgilangan tartibda foiz toʻlaydi.
Maʼlumki, Markaziy bank majburiy zaxira meʼyorlarini belgilagan holda tijorat banklarining depozitlariga taʼsir koʻrsatadi. Koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda muddatli va jamgʻarma depozitlarga nisbatan majburiy zaxira talabnomalarini qoʻllash amaliyoti toʻxtatilgan. Masalan, AQSh Federal zaxira tizimi amaliyotida 1991 yildan buyon muddatli depozitlar va xorijiy valyutadagi depozitlar majburiy zaxira talabnomalaridan toʻliq ozod qilingan.
Respublikamizda 2019 yilning 1 sentabridan majburiy zaxira meʼyori tijorat banklari depozitlarining muddatiga qarab tabaqalashtirildi. Jumladan:
muddati 1 yilgacha boʻlgan depozitlar uchun 15%;
1 yildan 3 yilgacha boʻlgan depozitlar uchun 20%; - 3 yildan ortiq boʻlgan depozitlar 17%.
Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida depozitlarga turli xil modellar asosida baho shakllantiriladi. Ushbu modellarning mohiyati shundaki, ular asosan bank xarajatlari, mijozlarning talab va taklifi hamda raqobatning darajasini inobatga olishidadir.
Oʻzbekiston tijorat banklarida xizmatlar bahosini shakllantirish maʼlum bir boshqarma yoki rahbariyatning vazifasidir. Xizmatlar taʼrifini oʻzgartirish qarorini qabul qilish esa bankning boshqaruv Kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Bank iqtisodiyotda qanday mavqega ega boʻlmasin, puxta hisob-kitob va tahlillarsiz baho belgilashga yoʻl qoʻymasligi lozim. Shuning uchun bu borada bank faoliyati boshqaruvi muhim oʻrin tutadi.
Banklar biznes reja, uning tarkibidagi narx, foiz, depozit kabi siyosatlarga alohida eʼtibor qaratgan holda uni yangicha ruhda, zamon talablari darajasida, mijozlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib ishlab chiqishlari maqsadga muvofiq boʻladi.
Shuning bilan birga, depozit xizmatlari bahosini mijozlarning talabini eʼtiborga olgan holda, ularga qulay boʻlgan tarzda tez-tez oʻzgartirib turish lozim. Chunki jismoniy shaxslar boʻsh pul mablagʻlarini bankka joylashtirishda asosan depozit stavkasining yuqorililigi va bankning ishonchliligi kabi omillarni eʼtiborga olishadi.
Tijorat banklari resurslarini maqbul darajada ushlab turishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish, tijorat banklari oʻzlarining likvidlilik va toʻlovga layoqatlilik koʻrsatkichlariga rioya qilgan holda, ushbu normativ koʻrsatkichlarni taʼminlab turishi uchun xizmat qiladigan mablagʻlardan unumli foydalanishni talab qiladi. Shuning uchun ham, tijorat banklari uchun likvidlilikning umumiy asosi boʻlib, faoliyatining foydaliligini taʼminlash hisoblanadi. Shunday qilib, agar asosiy normativ koeffitsiyentning haqiqiy qiymati oʻrnatilgan minimal normadan yuqori boʻlsa, foyda olish uchun ishlatilmagan imkoniyat nuqtai nazaridan bank faoliyati salbiy baholanadi. Balans likvidliligining tahlili daromadlilik bilan birga amalga oshirilishi kerak. Tijorat banklar tajribasi banklar likvidliligining minimal normasida ishlashi va maksimal daromad olishi mumkinligi nazariyasini yana bir bor isbotladi.
Tijorat banklarining resurslarini maqbullashtirishda mablagʻlar muddatlari katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, tijorat banklari uzoq, muddatga resurslarni jalb qiladigan boʻlsa, ushbu mablagʻlarni yuqoriroq foiz stavkada joylashtira olish imkoniyati kengayadi. Bu esa, banklar daromadining oshishishga sabab boʻladi.
Bankga jalb qilingan resurslarni maqbul darajada saqlab turishga shu jalb qilingan resurslar foiz stavkasining katta taʼsiri bor. Maʼlum bir muddatga jalb qilinayottan dapozitlarning foiz stakasini bank aniq bilishi ushbu depozitlarni oʻziga qulay foiz stavkada joylashtirish imkoniyatlarini keltirib chiqaradi.
Mamlakitimizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari oʻzlarining resurslarini yanada kengaytirish uchun intilishlari lozim. Yaʼni tijorat banklari jahon bank amaliyotida qoʻllanilib kelayotgan resurslarni jalb qilishning yangi manbalarini qoʻllashlari kerak.
Banklar mijozlarning talablaridan kelib chiqib, oʻzlarining depozit siyosati va rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishsa, albatta bank resurslarining optimallashuviga erishiladi. Chunki, bank mijozlar talabini doimiy qondirishga qodir boʻlsa, shu bankka boʻlgan ishonchning oshishiga hamda bankning oladigan daromadi va raqobatbardoshligining oshishiga sabab boʻladi.
Tijorat banklarining depozit siyosati deganda, odatda, tijorat banklari tomonidan mijozlarning vaktinchalik pul mablaglarini jalb kilish tushuniladi.
Rasman eʼlon kilinadigan balans xisobotlarida tijorat banklarining depozit bazasi uchta shaklda namogn buladi:
Transaksion depozitlar.
Muddatli depozitlar..
Jamgʻarma depozitlari.
Transaksion depozitlarga mijozlarning joriy xisobrakamlaridagi pul mablaglari va boshka tijorat banklarining "Vostro" vakillik xisobvaragining koldiklari kiradi. Transaksion depozitlar mijozlarga kursatilgan bank xizmatlari uchun olinadigan komission tulovlar uchun manba bulib xisoblanadi. Shuning uchun xam tijorat bankida mijozlar kanchalik kup bulsa va ularning pul okimi kanchalik kuchli bulsa, bankning komission daromad olish imkoniyati xam shunchalik yukori buladi. Ammo transaksion depozitlardan bank faoliyatida muddatli depozit shartnomasi tuzmasdan resurs sifatida foydalanish xukukiy jixatdan taʼkiklanadi. Tijorat banklarining depozit bazasining tarkibida transaksion depozitlar salmogining yukori bulishi ularning sof foizli daromadlari xajmiga salbiy taʼsir kiladi. Shu sababli, rivojlangan xorijiy davlatlarda tijorat banklari sof foizli daromadlarning barkaror darajasini saklab turish maksadida transaksion depozitlarning depozit bazasi xajmidagi okilona salmogini shakllantiradilar.
Bank resurslar jalb qilishining bu usuli nafaqat bank uchun, balki mijoz uchun ham juda qulay hisoblanadi. Chunki, yirik pul mablagʻlari kirim chiqimiga ega boʻlgan yirik korxonalarning hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga foiz toʻlanadi. Ikkinchi tomondan esa, banklarning resurs bazalarini kengaytirish imkoniyatini keltirib chiqaradi. Shuningdek, bu usul bilan mijozlarning pul mablagʻlarini jalb qilish orqali tijorat banklarining daromad olish imkoniyati kengayadi hamda toʻsatdan yuzaga keladigan likvidlilik muammosini oldini olish imkoniyati paydo boʻladi. Chunki, mijozga pul kerak boʻlgan paytda u oʻzining bankini oldindan xabardor qilishi lozim va shartnoma muddatidan oldin oʻz pul mablagʻlarini talab qilishi, toʻlanayotgan foiz stavkasining kamayishi hamda maʼlum bir muddat davomida resurs qidirib topish imkoniyatini yaratib beradi.