* 2019 йилнинг 31 декабрига қадар қайта молиялаш ставкаси деб юритилган
Ayniqsa, tijorat banklarida mijozlarni kreditlash jarayonida kredit tarixini tahlil qilish orqali ularning majburiyatlarni bajarishi, toʻlov intizomiga rioya qilishi baholanadi. Jumladan, taqdim qilinadigan kredit bahosini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Mijozning kredit tarixi toʻrt kategoriya asosida sinflarga ajratilib risk darajasi baholanadi. Bank mijozning majburiyatlarini qay darajada bajarganligini tahlil qilishi va unga muvofiq oʻz siyosatini amalga oshirishi lozim. Kredit tarixi yaxshi hisoblangan mijozlarga ishonch asosida va past bahoda kreditlar taqdim qilishi mumkin. Buni esa, tijorat banklari kredit siyosatida aniq koʻrsatib oʻtishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Lekin shunga qaramasdan, amaliyotda mijozlar kredit tarixini baholashga eʼtibor berilmaydi. Bizning fikrimizcha, tijorat banklari mijozning kredit tarixini baholashi va kredit bahosini shakllantirishda uni hisobga olishi lozim.
Mijozni kreditlashda bank va mijoz munosabatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Bank mijozlarni kreditlash jarayonida oʻzaro sherikchilik munosabatlarining davomiyligini hisobga olishi zarur. Fikrimizcha, bu orqali mijoz va bank oʻrtasidagi oʻzaro ishonch yuzaga keladi. Tijorat banklari bunday toifa mijozlarini kreditlashdan yuqori daromad olishni koʻzlamasligi lozim. Mijozdan olinishi mumkin boʻlgan boshqa daromad manbalarini baholashi natijasida, daromadliligi yuqori boʻlgan hollarda ularga past foiz stavkasida kreditlar taqdim qilishi mumkin. Natijada, bank va mijoz quyidagilarga erishadi:
bank va mijoz oʻrtasidagi oʻzaro ishonch ortadi va bank faoliyati samaradorligi oshadi; mijozlar bankning xizmatlaridan imtiyozli asosda foylanadi.
Respublikamiz bank amaliyotida ushbu jihatlarning kreditlash jarayonida, xususan kredit bahosini shakllanishida hisobga olinmasligi muammoli masalalardan hisoblanadi.
Tijorat banklarida mijozning moliyaviy ahvolini baholovchi kreditga layoqatlilik koʻrsatkichlari tahlili va uning darajasi kredit bahosini shakllanishiga asos boʻladi. Tijorat banklari amaliyotida mijozlarning kreditga layoqatligini baholash tizimida muammolarning mavjudligi, kredit bahosini shakllanishiga ham oʻz taʼsirini koʻrsatadi.
Respublikamiz aksariyat tijorat banklari amaliyotida mijozning kreditga layoqatlilik koʻrsatkichlarini baholashda uchta asosiy va qator qoʻshimcha koeffitsentlardan foylaniladi. Bunday baholash usulining bir qator kamchiliklari mavjud:
Birinchidan, mijozlar faoliyatining yoʻnalishi va xususiyatlarini oʻzida muajassamlashtirmagan, yaʼni savdo korxonasini ham qishloq xoʻjaligi korxonalarining ham kredit qobiliyati bir xil yondashuv orqali aniqlanadi. Bizning fikrimizcha, bunday yondashuv notoʻgʻri boʻlib, bank kredit siyosatida mijozlar faoliyat yoʻnalishi va xususiyatlarini hisobga olgan holda kreditga layoqatlilik koʻrsatkichlarini baholash usullaridan foydalanish lozim;
Ikkinchidan, kredit qobiliyatini aniqlashda kredit risklarini baholash tizimlari mavjud emas. Qarz oluvchi mijoz kredit qobiliyatining tahlilida kredit riski darajasini aniqlash muhim boʻlib hisoblanadi. Kredit risklarini mulkchilik shakli, kredit maqsadi, muddati, taʼminlanganligi, tarmoq yoʻnalishi kabi elementlarni baholash orqali aniqlash muhim. Demoqchimizki, tijorat banki kredit porftelini tahlil qilish orqali oʻtgan yillarda yuqoridagi omillar boʻyicha yuzaga kelgan muammoli kreditlar va oʻstirmaslik maqomi berilgan kreditlar aniqlanadi. Kredit riski darajasi mulkchilik shakli, kredit maqsadi, muddati, taʼminlanganligi, tarmoq yoʻnalishi boʻyicha keltirib chiqariladi va kredit bahosini shakllantirishda hisobga olinadi.
Bank aktivlari tarkibida yuqori likvidli aktivlarning barqaror surʼatlarda oʻsishi oʻz navbatida bankning moliyaviy barqarorligiga zamin yaratdi. Xususan, yuqori likvidli aktivlarning jami aktivlardagi salmogʻi. Yuqori likvidli aktivlar tarkibida Markaziy bankdagi hisobvaraqlar qoldigʻ 24 mlrd. soʻmdan iboratdir.
Maʼlumki,tijorat banklari faoliyatini boshqarishda foiz marjasi muhim ahamiyat kasb etadi. Foiz marjasi – bu bankning aktiv va passiv operatsiyalari boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari oʻrtasidagi farq.
5-jadval
Buni quyidagicha aniqlash mumkin:
Mfakt = (DF – XF ) *100/ AF Bu yerda:
Mfakt - amaldagi foiz marjasi;
DF - Foiz daromadi;
XF - Foiz xarajati;
AF - Foiz kurinishida foyda kelturuvchi aktivlar.
Tijorat banklarida kreditlar boʻyicha foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi salmogʻining barqarorligini taʼminlash muhim masalalardan hisoblanadi. Chunki foizli daromadlarning asosiy manbai kredit qoʻyilmalari hisoblanadi va bank foiz marja tahlilida ushbu nisbatni barqaror saqlash tavsiya etiladi.
Tijorat banklarining kredit siyosati orqali raqobatbardoshligini taʼminlashda eng asosiy eʼtibor foiz marjasining darajasiga qaratilishi lozim. Bank moʻʼtadil foiz marjasini saqlab turishi koʻp qirrali omillarga bogʻliqdir. Banklar foiz marjasini moʻʼtadil darajaga keltirishi va uni samarali boshqarishi lozim. Aks holda, foiz marjasining qisqarishi oqibatda bank faoliyatini zarar bilan yakunlashiga olib kelishi mumkin.
Tijorat banklarida asosiy qarz va foiz toʻlovlari davriyligiga eʼtibor berish lozim. Qaytarish muddatlari bir necha bosqichda qoplashni koʻzda tutuvchi grafik shaklida taqdim etiladi. Kredit boʻyicha asosiy qarz va foizlarning soʻndirilishi kreditni qaytarish jadvaliga asosan toʻlovlar davriyligi asosida amalga oshiriladi. Toʻlovlar davriyligi mijozning kredit boʻyicha asosiy qarz va foizlarni toʻlash muddati tushuniladi. Toʻlov muddati qisqa boʻlishi kredit bahosini pasaytiradi, aksincha boʻlganda esa, kredit bahosini oshiradi .
Bizning bank amaliyotimizda, kredit siyosatini ishlab chiqish jarayonida foizlarni toʻlash davriyligi aksariyat tijorat banklarining kredit siyosatida aks ettirilmaydi. Bu ham, tijorat banklarining kredit bahosini shakllantirish va foiz siyosatidagi eʼtibordan chetda qoladigan muammoli masalalardan hisoblanadi.
Tijorat banklarida foizli daromadlari oʻsishi foizli xarajatlarning oʻsish darajasidan yuqori boʻlishi ijobiy holat boʻlib, banklar faoliyatida uni taʼminlab borishi zarur. Bu esa, banklarning yuqori foyda olishi bilan birga likvidliligi va toʻlovga layoqatliligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Tijorat banklarining aktivlari samaradorligi 2021 yilda 1.26 foizni tashkil va oʻtgan 2018 yilga nisbatan 1.67 foizga kamaygan. Shuningdek, banklarning kapital rentabellik koʻrsatkichi oʻtgan yilga nisbatan qariyb 2.26 foizga oshgan. Shu bilan birga, foizli marja va foizli spred koʻrsatkichlarining kamayganligini koʻrishimiz mumkin. Bu esa, Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining pasayishi bilan izohlaanadi.
Jahon banki ekspertlari K.Barltrop va D.Mak Notonning fikriga koʻra, bank foiz marjasining moʻʼtadil darajasi 4,00-4,50 foiz boʻlishi lozim18. Respublikamiz tijorat banklarida esa foiz marjasi darajasi 810 f.p.ni tashkil qiladi.
Tijorat banklarining sof foizli marja koʻrsatkichlari ham tahliliy jihatdan oʻrganildi. Ushbu tahlil tijorat banklari faoliyati samaradorligini oshirish, likvidliligini taʼminlash, moliyaviy resurslar jalb qilish va ularni joylashtirish borasidagi strategiyasini ishlab chiqish va ular faoliyati natijalarini baholashda katta ahamiyatga ega.