Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati va hisobi reja: Kirish 1



Download 367,97 Kb.
bet1/12
Sana21.07.2022
Hajmi367,97 Kb.
#832918
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi foiz (1)



Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati va hisobi


REJA:


Kirish


1. Foiz stavkalar uning mohiyati va turlari.
2 Tijorat banklarining aktiv va passiv operasiyalari bo’yicha foiz siyosatining amaliy holati
3. Tijorat banklarining foiz siyosatini takomillashtirish masalalari


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH


Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi bank tizimi shakllantirilib, tijorat banklarining moliya bozoridagi vositachilik roli mustahkamlandi. Bu, oʻz navbatida, tijorat banklarining moliyaviy mustaqilligini taʼminlash, ular faoliyatini xalqaro bank amaliyoti andozalariga yaqinlashtirish va pirovard natijada, banklarning ichki va xalqaro moliya bozorlarida raqobatbardoshligiga erishish boʻyicha institutsional-huquqiy asoslar yaratildi.
Aktiv va passiv operatsiyalari boʻyicha foiz stavkalari bir-biridan farqlanadi, lekin ular orasida juda yaqin aloqa va bogʻliqlik mavjudki, bu bizga foiz stavkalarining umumiy strukturasi haqida gapirishga imkon beradi. Masalan, agar depozitlar boʻyicha foiz stavkalari pasayish tendensiyasiga ega boʻlsa kreditlar boʻyicha undiriladigan foizlar ham pasayadi. Moliya bozori qanchalik rivojlangan boʻlsa, ushbu bogʻliqlik shuncha kuchli boʻladi. Moliya bozori qanchalik murakkablashib, raqobat kuchaysa, ushbu riskning bank moliyaviy boshqaruvidagi ahamiyati shunchalik yuqori boʻladi.
Agar foiz stavkalari pasayadigan boʻlsa, bank mablagʻlarni arzonroq jalb qilish imkoniyatiga ega boʻladi, lekin mablagʻlarni biroz arzonroq joylashtirishga majbur boʻladi. Agar teskari holat kuzatiladigan boʻlsa bankning aktiv operatsiyalaridan daromadlari oshadi, lekin resurslar uchun koʻproq foiz toʻlaydi.
Ayni vaqtda respublikamiz tijorat banklarining foiz siyosatining samaradorligini oshirish borasida sezilarli muammolar mavjud. Xususan mamlakatimiz bank tizimida kreditlar boʻyicha foiz stavkalarning shakllantirilishibilan, ularni oʻrnatishda kelgusida boʻladigan oʻzgarishlarni hisobga olinmasligi, iqtisodiyotdagi inflyatsiya darajasining sezilarli taʼsirga egaligi tijorat banklarida foiz risklarini tadqiq qilishni, foiz risklarni xedjirlash va baholashni amaliy materiallar asosida tahlil qilish va shu orqali mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish yoʻllarini izlab topish muhim hisoblanadi. Shuningdek, ushbu usullarni amalda qoʻllagan holda banklar foiz risklarini samarali boshqarish va bu orqali bank faoliyatining samaradorligini oshirishni koʻzda tutadi. Yuqoridagilarni barchasi tadqiqot mavzusining dolzarbligini asoslaydi.
Maʼlumki, aholining bank tizimiga ishonchi ortib borayotgani banklar faoliti samaradorligining muhim koʻrsatkichi hisoblanadi. Shu maʼnoda, 2021 yilda depozitlarga, oʻtgan yilga nisbatan 13,1foiz koʻp mablagʻ jalb qilingani, jumladan, aholi depozitlari 13,3foizga oshgani, ayniqsa, eʼtiborlidir.
1-jadval
Tijorat banklari faoliyatining barqarorligi aktivlarning xatarliligi va daromadliligi urtasidagi mutanosiblikni hamda bank passivlarining barqarorligini taʼminlashga bogʻliqdir. Ayni vaqtda, respublikamizda tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarishda moliyaviy instrumentlarning rolini oshirishda hali oʻz yechimini topmagan muammolar talaygina. 1
Kurs ishining maqsadi tijorat banklarida foiz siyosatini shakllantirish va uni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalari belgilandi:
tijorat banklari foiz siyosatini nazariy jihatdan oʻrganish va unga xos xususiyatlarni aniqlash;
tijorat banklari foiz siyosatini amalga oshirishning meʼyoriyhuquqiy asoslarini oʻrganish;
Oʻzbekiston Respublikasi banklari amaliyotida foiz siyosatni amalga oshirish va unga taʼsir qiluvchi omillarni tahlili etish;
tijorat banklarida foiz siyosati shakllantirilishini takomillashtirish borasida mavjud boʻlgan muammolarni aniqlash;
banklarning foiz siyosatini bank daromadliligiga taʼsirini baholash;
tijorat banklarida foiz siyosatini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining obʼekti sifatida respublikamiz yirik tijorat banklarining kredit va depozit xizmatlarini koʻrsatish amaliyoti hisoblanadi.
Tadqiqot predmetini tijorat banklari kreditlash amaliyotida yuzaga keladigan kredit munosabatlari tashkil etadi.
Kurs ishning ilmiy va amaliy ahamiyati Kurs ishining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, Kurs ishini bajarish jarayonida olingan ilmiy xulosalardan iqtisodiy oliy oʻquv yurtlarida tijorat banklarining kreditlash va depozit xizmatlarini oʻrgatish jarayonida keng foydalanish mumkin. Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalardan respublikamiz tijorat banklarida kreditlarning bahosini barqarorligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Kurs ishningi tarkibi kirish, 3 ta asosiy bob, xulosa va takliflar va adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kurs ishining birinchi rejasida, tijoratt banklari foiz siyosatining mazmuni va uning tuzilishi, banklar amaliyotida qoʻllaniladigan foiz stavkalar va ularning turlari yoritib berilgan.
Kurs ishning ikkinchi rejasida, tijorat banklari foiz stavkalari taʼsir qiluvchi omillar tahlili, Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining passiv operatsiyalari boʻyicha foiz siyosatining amaldagi holati va aktiv operatsiyalar boʻyicha foiz siyosatining amaliy jihatlari tahlil qilib oʻtilgan.
Kurs ishning uchinchi rejasi, “Tijorat banklarining foiz siyosatini takomillashtirish masalalari” deb nomlanib, unda tijorat banklari foiz siyosatini takomillashtirishga qaratilgan bir qator ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar oʻz aksini topgan.


Download 367,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish