Mavzu: Tijorat banklarining foiz siyosati va hisobi reja: Kirish 1


Foiz stavkalar va ularning turlari



Download 367,97 Kb.
bet2/12
Sana21.07.2022
Hajmi367,97 Kb.
#832918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi foiz (1)

1. Foiz stavkalar va ularning turlari.


Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq toʻlash. Bu haq qarz qilingan yigʻindisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Kreditning foiz stavkasi pul bozorida amal qiladi. Bozorga chiqarilgan pulning narxi foiz boʻladi. Boshqa tovarlardan farqliroq qarz pulining narxi - bu uning maʼlum toʻlov ehtiyojini qondirishdek xossasidan foydalanilganlik uchun beriladigan haq boʻladi. Qarz puli kapital sifatida yoki odatdagi toʻlov yoki xarid vositasida ishlatiladi. Shuning uchun ham qarzdor shaxs pul egasiga foiz stavkasini toʻlaydi.
Rossiyalik yirik iqtisodchi olimlarning fikricha, foiz stavkasi bu tomonlarning kredit asosida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabat boʻlib, kreditning oqilona foydalanishini taʼminlaydi.
Bank sohasida «aktiv» va «passiv» operatsiyalar boʻyicha foizlar uchraydi. Aktiv operatsiyalar boʻyicha foizlar – bu mijozlar tomonidan bankka toʻlanadigan foizlar. Passiv operatsiyalar foizlar esa, bu mijozlarning depozit va jamgʻarmalari boʻyicha bank tomonidan toʻlanadigan foizlar. Qarz beruvchi va qarz oluvchilar oʻrtasida moliyaviy vositachilar sifatida qatnashayotib, banklar birinchilardan olingan mablagʻlarni ikkinchilarga vaqtinchalik foydalanishga beradilar. Bunda qarz beruvchilar depozitlar boʻyicha foizlar oladi, qarz oluvchilar maʼlum vaqtda mablagʻlardan foydalanish imkoniga ega boʻladilar bank manfaati esa marja koʻrinishida ifodalanadi.
Sovet ensiklopedik lugʻatida foiz (lotincha pro centum ) soʻzi yuzdan bir degan maʼnoni anglatishi qayd etilgan. “Ssuda foizi esa - bu kreditorning ssudadan foydalanganligi uchun qarzdordan oladigan toʻlovidir – foiz miqdori esa bank tomonidan oʻrnatilishi” taʼkidlangan. Foiz stavkasiga bir tomonlama matematik miqdor sifatida ham yondashish va toʻlangan foizlarni kredit bahosining asosi sifatida qarashimiz mumkin. 2
Maʼlumki, kredit operatsiyalari bu bank kreditor va qarz oluvchi oʻrtasida pul mablagʻlarini vaqtincha ishlatib turish uchun uni foydalanishga berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlardir. Mijoz uchun eng muhim masala boʻlib olinadigan kreditning bahosidir, yaʼni u boʻyicha toʻlanadigan toʻlovlar hisoblanadi.
Gʻarb mamlakatlarining pul-kredit munosabatlarida turli xil foiz stavkalari qoʻllaniladi. 1-darajali foiz stavkasi Markaziy bankning qayta moliyalash foiz stavkasi hisoblanadi. Bu muhim ahamiyatga ega. Qayta moliyalash stavkaning Markaziy bank tomonidan pasaytirilishi bozorda kredit resurslarining taklifini koʻpayishiga va arzonlashishiga olib keladi. Bu foiz stavkasini pasaytirishdan maqsad - investitsiya xarakatini tezlashtirish, mamlakatning iqtisodiy oʻsishiga turtki berishdir.
Qayta moliyalash foiz stavkasini oshirish orqali pul-kredit hajmining qisqarishiga, inflyatsiya surʼatining pasayishiga, lekin shu bilan birga iqtisodiyotga investitsiyalar hajmining qisqarishiga olib keladi. Demak, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish foiz siyosati inflyatsiya darajasini, hamda iqtisodiy oʻsish xarakatlarini hisobga olgan holda mamlakatning pul-kredit tizimining holatiga qarab olib borilishi kerak.
Tijorat banklarining foiz siyosati ikki asosiy yoʻnalishni oʻz ichiga oladi. Birinchisi, bu bank resurslarini yaratishda mablagʻlarni jalb qilish jarayonida olib boriladigan foiz siyosati, ikkinchisi, banklar tomonidan resurslarni joylashtirish sohasida olib boriladigan foiz siyosatidir.
Pul kredit resursi sifatida bank foizi koʻrinishidagi bahoga ega boʻlgan oldi-sotdi predmeti sifatida namoyon boʻladi. Foiz qarz oluvchidan pul mablagʻidan vaqtincha foydalanganlik uchun toʻlanadigan maʼlum bir miqdordagi haq hisoblanadi. Buni boshqacha tushuntiradigan boʻlsak, kredit foydalanishga berilgani uchun emas, balki kreditdan foydalanish huquqi berilgani uchun haq toʻlanadi. Agar qarz oluvchi resursdan foydalanmasa, harakatsiz boʻlganda ham unga foiz toʻlaydi. Kredit uchun nafaqat foiz, balki asosiy qarz summasi, baʼzi holatlarda komission haq hamda majburiyatlar bajarilmaganda shartnomada koʻrsatilgan tartibda jarimalar ham toʻlanishi mumkin. Lekin, bank kreditining bahosi boʻlib tijorat bankning kredit operatsiyasi boʻyicha olinadigan daromadlari hisoblanadi.
Foiz Kredit boʻyicha olingan daromadlar
= *100% stavkasi Kredit qoʻyilmalari summasi
Kreditor qarz oluvchiga kredit beradi, qarz oluvchi mablagʻlardan foydalanadi va maʼlum muddat davomida oʻsgan qiymatni oladi hamda shu daromadning bir qismini kreditorga kredit foizi sifatida toʻlaydi. Quyidagi rasmda bank va qarzdor oʻrtasida kredit va u boʻyicha foizlarning aylanish tartibini koʻrib chiqamiz.
Bank kreditor uchun foiz bu resurslarni joylashtirgani uchun mukofot hisoblanadi. Qarz oluvchi uchun kelajakda oʻsib borgan iqtisodiy aktivni qaytara olgan taqdirda uning qilgan investitsiyasi ragʻbatlantiriladi.
Baʼzi adabiyotlarda kredit foizining yana bir manbasi - bu mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi koʻrsatilgan. Buni biz lizing munosabatlarida koʻrishimiz mumkin, lekin kredit munosabatlarida uning asosiy manbasi tadbirkorlik faoliyatidan koʻrilgan foyda hisoblanadi.
Banklarda foiz siyosatini oʻrganish jarayonida ularni tasniflash va maʼlum belgilariga koʻra guruhlash muhim hisoblanadi. Foiz siyosati va umuman kredit foizlarini guruhlashda turli mezonlar asos qilib olinishi mumkin. Kredit bahosining darajasi kredit shakliga bevosita bogʻliq boʻlib, uni quyidagi rasmda koʻrish mumkin.
Kredit foizlari tijorat krediti, bank krediti, isteʼmol krediti, davlat krediti, lizing bitimlari va xalqaro kredit shakllari boʻyicha turkumlangan. Kredit shakllari ichida tijorat, isteʼmol va bank kreditlarining foizlari yuqoriligi bilan ajralib turadi. Kredit shakllari ichida bank krediti keng tarqalganligi bois va uning bahosini shakllanish jarayonini tadqiq qilish muhim hisoblanadi.
Foiz nazariyasiga muvofiq, umuman foizlar singari kredit foizlarin nominal va real foiz stavkalarga ajratamiz.
Real foiz stavkasi = nominal foiz stavkasi – inflyatsiya darajasi
Masalan, kreditga berilgan 100 soʻm 1 yilda nominal foiz stavkasida 10 % teng miqdorda kreditorga 110 soʻm boʻlib qaytsa, real foiz stavkasida esa tovar xizmatlar sotib olish qobiliyati anglatadi, yaʼni shu davrdagi inflyatsiyaning darajasi hisobga olinadi. Nominal foiz stavkasi – bu inflyatsiyani hisobga olmaydigan foiz. Real foiz stavkasi - inflyatsiyani hisobga oladigan foiz stavkasi.
Kreditlar foizlarini hisoblash usuliga asosan, kredit foizi oddiy va murakkab foizlarga boʻlinadi. Oddiy foizlarni hisoblashda asosiy qarzning qoldiq summasidan foizlar hisoblab chiqariladi. Murakkab foiz usulida esa, hisoblangan foizlar esa asosiy qarz qoldigʻiga qoʻshilib hisoblanadi. Foizlarni hisobga olishning ikkinchi usulidan bank amaliyotida kam foydalaniladi.
Toʻlash shakliga koʻra foizlar oddiy va diskontlangan shaklda boʻlib, oddiy foizlarda kredit boʻyicha foizlarni olingan kreditni qaytarish grafigiga muvofiq toʻlash amalga oshiriladi. Diskontlangan foizlar, esa kredit berilgan vaqtda ushlab qolinadi va jadvalga asosida asosiy qarz summasi qaytariladi.
Quyida keltirilgan rasmda bank kreditlari boʻyicha foizlarni turli mezonlar asosida tasniflanishini koʻrib oʻtamiz.
Oʻzgarish xarakteriga koʻra kredit foizlarini ikki turga ajratimiz. Qatʼiy belgilangan foizlar kredit shartnomasiga muvofiq oʻzgarmaydi va bozor stavkalarining oʻzgarishi hisobga olinmaydi. Odatda fiksirlangan foizlar qarz oluvchilarga foydali boʻlib, ularga xarajatlarni rejalashtirishga yordam beradi va inflyatsiya sharoitida kredit bahosi yanada arzonlashadi. Suzuvchi foizlarda kreditor va mijoz oʻrtasida bazaviy stavka oʻzgarishiga (Markaziy bankning qaytamoliyalashtirish stavkasi yoki banklararo va pul bozorlari stavkalari) asosan shartnomaga oʻzgartirish kiritish nazarda tutiladi. Suzuvchi foizlar banklarning bozor stavkalari oʻzgarishi riskini kamaytirish va boshqarishda qoʻl keladi. Shuningdek, inflyatsiya sharoitida bank aktivlari qadrsizlanishining oldini oladi.
Banklarning foiz siyosati bugungi kunda bank likvidligini taʼminlash va uni optimal boshqarishga qaratilishi kerak. Ssuda foizining differensiyasi aktiv operatsiyalar boʻyicha qoʻyilmalar likvidligiga bogʻliq holda boʻlishi lozim. Milliy iqtisodiyotda bank foizining rolini oshirish, uning bevosita taʼsir doirasini kengaytirish va iqtisodiy jarayonlarni tizimlashtirishga yordam beradi.
Foiz stavkasi - bu maʼlum vaqt oraligʻidagi odatda bir yil qarz mablagʻlariga foiz toʻlovlarining nisbiy miqdori.
Amaliyotda foiz stavkasini hisoblashning turli usul va yoʻllari mavjud. Masalan bank amaliyotida oddiy hamda murakkab foizlar hisoblanadi.
Oddiy foizlar qisqa muddatli kreditlashda qoʻllanib shartnomaga asosan foizlarni hisoblash har chorakda bir marta yoki boshqa muddatda amalga oshiriladi. Bunda qarz oluvchining asosiy qarz summasini hisobga olgandagi toʻlovlar hajmi quyidagicha:
S=P*(1+n*i); Bunda:
S-boshlangʻich qarzni hisobga olgandagi kredit boʻyicha toʻlov summasi; P-boshlangʻich qarz; i- foiz stavka; n-ssuda muddati.
Murakkab foizlar asosan uzoq muddatli kreditlashda foydalanalib bunda hisoblangan foizlar kreditorga bitim oxirigacha toʻlanmay balki qarz asosiy summasini oshiradi. 3
Bu usuldan foydalanganda hisoblangan foizlar qarz summasiga qoʻshilib ularga foiz hisoblash davom ettiriladi. Murakkab foizlarni hisoblash formulasi quyidagicha:
S=P*(1+i)n -oʻzgarmas foiz stavkasi uchun;
S=P*(1+i1)n1 *(1+i2)n2 *.... *(1+ik)nk - oʻzgaruvchan foiz stavkalar uchun; Bunda:
S- dastlabki qarz summasi; i- dastlab berilganqarz summasi; n-foiz stavkalar; k-oʻzgargan foiz stavkalar.
Depozitlar va kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, ularning summasi, ularni toʻlash vaqti davri, toʻlash shartlari va boshqalar mijoz bilan bank oʻrtasida kelishib olinadi va tuziladigan shartnomada aks ettiriladi. Kreditlar boʻyicha foiz stavkalar kreditning muddati, qarz oluvchi tomonidan tavsiya qilingan garov holati va qiymati, uning likvidliligiga, kredit resurslari baxosiga, kredit riskning darajasiga qarab tijorat banki tomonidan mustaqil belgilanadi va u kredit shartnomada aks ettiriladi. Kredit boʻyicha foizlar muddati kelganda memorial order bilan rasmiylashtirilib, mijozning asosiy talab qilib olinguncha boʻlgan depozit varagʻidan grafik boʻyicha undirib olinadi.


Download 367,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish