TA’lim krediti kredit maqsadi



Download 203.44 Kb.
Pdf просмотр
Sana22.10.2019
Hajmi203.44 Kb.

TA’LIM KREDITI 

Kredit maqsadi - O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarining kunduzgi bo’limlarida o’qib, 

bakalavr yoki magistrlik unvonini olish uchun. 

 

Kredit nomi 

Ta’lim krediti 

Kreditlash 

shartlari 

Kredit muddati 

bakalavr yo’nalishida o’qiyotganlarga 10 yilgacha; magistratura yo’nalishida 

o’qiyotganlarga 5 yilgacha; 

Kredit ta’minoti 

Mol-mulk yoki qimmatli qog’ozlarni; Bank kafolatini; Uchinchi shahs kafilligini; 

Sug’urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmasligi havfi 

sug’urta qilinganligi to’g’risidagi sug’urta polisini; Fuqarolarning o’zini-o’zi 

boshqarish organlarining kafilligi (faqat chin yetimlar va “Mehribonlik uylari”da 

tarbiyalanganlar, bolalikdan 1-chi va 2-chi guruh nogironlari). 



Kredit foizi 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan 

yuqori bo’lmagan miqdorda

Zarur 

hujjatlar 

Ta’lim krediti olish uchun ariza formasi 



Batafsil 

Imtiyozli kreditlar: 

Chin yetimlar va mehribonlik uyida tarbiyalangan talabalar, bolalikdan 1-chi va 2-

chi guruh nogironlari uchun – 0% stavkada; Kam ta’minlangan oilalardan chiqqan 

talabalarga qayta moliyalash stavkasining 50% miqdoridagi stavkada; 



Kredit to’lovi 

Oliy o’quv yurtini bitirgandan 3 oy o’tgandan so’ng boshlanadi; Foiz to’lovi kredit 

olingan davrdan boshlab har oyda undiriladi. 

Kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:  

 

a) ta’lim krediti olish to’g’risida ariza; 



b) talaba va oliy ta’lim muassasi o’rtasidagi to’lov-kontrakt asosida o’qish haqida, 

belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan shartnoma (kontrakt); 

v) fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari yoki uy-yoy mulkdorlari 

shirkatlari tomonidan qarz oluvchining yashash yoyi to’g’risida berilgan 

ma’lumotnoma; 

g) kreditni qaytarishning ta’minlanishi to’g’risida hujjat; 

d) imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo’lgan chin yetimlar, 

“Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar, bolalikdan 1-chi va 2-chi guruh 

nogironlari, kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi 

hujjatlarni taqdim etadilar. 



 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa