Inflyatsiya darajasi
|
Inflyatsiya yuz bersa, qarzga beriladigan pul egasiga qaytib kelguncha oʻz qadrini qisman yoʻqotadi. Bunda pul egasi yutkazadi. Shu sababli foiz inflyatsiyani hisobga olib oʻrnatiladi. Foiz inflyatsiya shiddatiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda oʻzgaradi.
|
|
.
Pulni qarzga berishdan koʻra boshqa yoʻsinda ishlatishdan tushadigan daromad
|
Bunda pul egasining afzal koʻrish tamoyili amal qiladi. Agar aksiya dividendi yuqori boʻlsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aksiyaga 15 % dividend berilsa, foiz undan yuqori boʻlishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aksiya sotib olishni afzal koʻradi.
|
|
.
Qarz berishning risk darajasi
|
• Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli boʻlib, qarz qaytishi shubhali boʻlsa, foiz yuqori boʻladi. Odatda moliyaviy baquvvat va nufuzli firmalar uchun foiz tayinlanadi. Yuqori va past foiz oʻrtasidagi farq pul egalari uchun maʼlum darajada qarz riskini kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq boʻlishi bilan qoplanadi.
|
|
|
Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati, yaʼni bozorda qanday miqdorda qarz puliga talab bor va unga nisbatan qanday miqdorda qarzga beriladigan pul chiqarilgan. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif oshsa, u kamayadi.
Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi, aniqrogʻi shu pulning isteʼmol qiymati. Qarz puli tadbirkor uchun koʻp foyda keltirsa yoki isteʼmolchi extiyojini toʻlarok qondirsa, foiz yuqori boʻladi, aks holda u pasayib ketadi.
Biz taʼkidlab oʻtganimizdek, real daromadning oʻsishi kreditga boʻlgan talab va taklifga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Buning natijasida iqtisodiyotda resurslar koʻpayib, ular aylanishi tezlashadi. Daromad samarasining mexanizmi iqtisodiy sikl davridagi foiz stavkasining darajasi bilan tushuntiriladi. Foiz stavkasining oʻzgarishi real daromad harakatiga mos keladi. Chunki subʼektlar real daromadining oʻsishi pul mablagʻlariga boʻlgan talabni oshiradi. Bunda foiz stavkasi darajasi nisbatan oshadi. Umuman foiz stavkasining oshishi, daromadning real oʻsishiga mutanosib ravishda boʻladi. 4
Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasi milliy kredit tizimidagi foiz darajasiga bogʻliq holda belgilanadi. Ssuda foiziga tʼsir etuvchi omillarning xalqaro-valyuta va moliya-kredit munosabatlari bilan bogʻliqligi tufayli foiz stavkasining darajasi milliy stavkalardan birmuncha farq qiladi.
Jahon bozoridagi raqobatchilik natijasida foiz stavkalarining tez-tez oʻzgarishi milliy va mintaqaviy iqtisodiyotda beqarorlik, inflyatsiyaning kuchayishi, valyuta kursining tebranishi kabilar bilan izohlanadi.
Xalqaro kredit aloqalarida foiz stavkasiga quyidagi omillar taʼsir qiladi:
qarz oluvchining mamlakatdagi valyuta, moliya-kredit, iqtisodiy va siyosiy ahvol;
loyiha riski xarakteri;
kredit manbalari;
kredit qiymatini tartibga solish boʻyicha xalqaro kelishuvlar;
foiz stavkasi turlari (suzib yuruvchi, qatʼiy va aralash);
raqobatdagi takliflarning mavjudligi;
kredit muddati;
inflyatsiya surʼati;
kreditning tijorat operatsiyalariga bogʻliqligi;
jahon va milliy bozorda ssuda kapitalining holati;
qarz oluvchi va kreditorning maqomi, nufuzi va moliyaviy holati;
kreditning taʼminot sifati;
kredit boʻyicha sugʻurta qoplamasinining mavjudligi;
qarz oluvchining olingan kreditdan kelishilgan muddatda foydalanish majburiyatining mavjudligi;
tijorat bitimlariga nisbatan kredit kelishuvi tuzilgan vaqt;
bitim summasi;
kredit va toʻlov valyutasi;
valyuta kursi dinamikasi va boshqalar.
Qarzni toʻlash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni sekin – asta kichik – kichik qismlarga boʻlib, bemalol qaytarish mumkin boʻlsa, qarzdor yuqori foizga rozi boʻlishi mumkin. Agar qarz qiska vaqtga berilsa, uni bir yoʻla toʻlash shart boʻlsa, qarzdor pay foizni maʼqul koʻradi. Demak, qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa, shunchalik uni ishlatib daromad koʻrish mumkin va shu hisobdan foiz toʻlash yengil boʻladi.
Qarzning qanday valyutada berilishi. Agar qarz erkin konvertirlangan valyutada berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u milliy valyutada berilsa, foiz nisbatan past oʻrnatiladi.
Inflyatsiya darajasi. Inflyatsiya yuz bersa, qarzga berilgan pul egasiga qaytib kelgunicha oʻz qadrini qisman yoʻqotadi. Bunda pul egasi yutqazadi. Hozirgi kunda inflyatsiyaning yillik darajasi 10.4 foizni tashkil etmoqda
Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash stavkasining 2017 yildan 14 foiz darajasidan 12 foizga pasaytirililishi ham 2019-2020-yillar 14% ushlab turilishi ham inflyatsiyaga qarshi yuritilayotgan siyosatning samaradorligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu esa, oʻz navbatida tijorat banklarida depozit va kredit xizmatlarini koʻrsatish amaliyotida, ularga nisbatan tariflarni ishlab chiqishda muhim amaliy ahamiyat kasb etdi. Iqtisodiyot tarmoqlarini kreditlash va aholidan boʻsh pul mablagʻlarini jalb qilishda samarali foiz siyosatini yuritishni taʼminlamoqda.
Tijorat banklarining raqobatbardoshligini va bank xizmatlari samaradorligini oshirish tijorat banklarining muhim strategiyalaridan hisoblanadi. Tijorat banklari faoliyatining samaradorligi bank xizmatlarining samaradorligi bilan bevosita bogʻliq. Bank xizmatlarining samaradorligi esa, xizmatlar bahosi darajasiga chambarchas bogʻliq. Banklarning xizmatlar bozorida yetakchi boʻlish, xizmatlar soni va sifatini oshirish bugungi kunda tijorat banklari baho siyosatining muhim strategik yoʻnalishi hisoblanadi.
Tijorat banklari xizmatlari bahosini xizmatlar tannarxi, bozordagi talabga va raqobatchilarning mazkur xizmatlar boʻyicha baho darajasiga muvofiq shakllantiriladi. Maʼlumki, har qanday mahsulot va xizmatlar bahosini shakllanishida asosiy omil sifatida uning tannarxi olinadi. Tijorat banklarining xizmatlarining tannarxiga rejalashtirilgan marjani (foyda) qoʻshish orqali shakllantiriladi. Shu sababli, yuqorida taʼkidlanganidek, foiz inflyatsiyani hisobga olib oʻrnatiladi.
Pulni qarz berishdan koʻra boshqa yoʻl bilan ishlatishdan tushadigan daromad.. Agar aksiya dividendi yuqori boʻlsa, foiz pasayadi va aksincha, agar aksiya dividendi past boʻlsa, foiz undan yuqori boʻlishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aksiya sotib olishni afzal koʻradi.
Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa, foiz past, agar bu xatarli boʻlib, qarz qaytishi shubxali boʻlsa, foiz yuqori boʻladi. Yuqori va past foiz oʻrtasidagi farq pul egalari uchun maʼlum darajada qarz xatarini kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq boʻlishi bilan qoplanadi.
Foiz siyosatida asosiy eʼtibor pul bozorining barqarorligini va bank depozitlari jozibadorligini taʼminlashga, jumladan, aholi omonatlari boʻyicha real foiz stavkalarining ijobiyligini saqlab qolish hamda tijorat banklari depozitlar portfelidagi uzoq muddatli depozitlar ulushini oshirishga, shuningdek iqtisodiyotning real sektoriga ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarining maqbulligini taʼminlashga qaratiladi.
Oʻzbekistonda aholining bank tizimiga boʻgan ishonchini oshirish maqsadida aholi omonatlarini kafolatlash tizimi yaratildi. Shu bilan birga aholi omonatlarini qabul qilish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 20 fevraldagi PF №3968 sonli "Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» 5gi Farmonning qabul qilinishi banklarning resurs bazasini mustahkamlashga xizmat qilib, tijorat banklari tomonidan aholiga bozor foiz stavkalari depozitlar taklif etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |