2.2. Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarining passiv
operatsiyalari boʻyicha foiz siyosatining amaldagi holati.
“Bazel qoʻmitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlar talablariga muvofiq, tijorat banklarini yanada kapitallashtirish, ushbu sohaga xususiy kapitalni jalb etish, resurs bazasini koʻpaytirish, aktivlar sifatini yaxshilash, bank ishini takomillashtirish hisobiga banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidligini oshirish” moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilab olindi.
Banklar tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamini kengaytirish, zamonaviy texnologiyalar asosida qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilib kelinayotgan bir qator chora-tadbirlar ham mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida oʻz aksini topmoqda.
Prezidentimiz «Bankdan tashqari pul aylanmasini keskin qisqartirish va pul muomalasini mustahkamlash, milliy valyuta barqarorligini oshirish, chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida hisob-kitoblarni amalga oshirishda plastik kartochkalardan foydalanishni kengaytirish masalalari bundan buyon ham eʼtiborimiz markazida boʻlishi darkor», deb taʼkidlab oʻtgan edi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi 4057-sonli Farmoniga muvofiq, fuqarolarning tijorat banklari depozit hisobvaraqlaridagi omonatlari ularning miqdoridan qatʼiy nazar toʻliq qaytarilishining davlat tomonidan kafolatlanganligi aholining bank tizimiga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlanishiga xizmat qildi va bu jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlari hajmining oshishiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.
Ayniqsa bunda Prezidentimizning 2009 yil 6 apreldagi PQ-1090-sonli «Tijorat banklari depozitlariga aholi va xoʻjalik subʼektlari boʻsh pul mablagʻlarini jalb etishni yanada ragʻbatlantirish qoʻshimcha choratadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori muhim omil boʻlmoqda.
Banklarda barqaror resurs bazasini shakllantirish va uni yanada kengaytirish, aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank omonatlariga jalb qilishni yanada ragʻbatlantirish va kafolatlashga doir qabul qilingan Prezidentimizning qator Farmon va Qarorlari aholining bank tizimiga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Shunga koʻra amaldagi barcha tegishli meʼyoriy hujjatlarga, shu jumladan, Markaziy bankning naqd pul muomalasiga taalluqli boʻlgan yoʻriqnomalariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Naqd pul muomalasida mavjud boʻlgan barcha cheklovlar bekor qilinishi esa naqd pul va naqd pulsiz hisob-kitoblarni birxillashtirish borasida qoʻyilgan muhim qadam boʻldi.
Soʻnggi yillarda boʻsh pul mablagʻlarini bank aylanmasiga jalb etish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblar hajmini kengaytirish vositalaridan biri boʻlgan plastik kartochkalardan foydalanish tizimi jadal rivojlantirilmoqda.
Tijorat banklari tomonidan aholiga taklif etilayotgan jamgʻarmalar va depozitlarning jozibadorligi oshirilib ular qoʻlidagi boʻsh pul mablagʻlar banklar faoliyatiga jalb etilmoqda.
3-jadval
OATB “Agro bank” tomonidan milliy valyutada taklif etilayotgan
omonatlar
2013 yil 1 may holatiga
Do'stlaringiz bilan baham: |