Mavzu: Tijorat banklarida Islomiy bank xizmatlari rivojlantirish istiqbollari.
Reja:
Kirish
Islom banklarining tamoyillari hamda hozirgi kundagi roli va ahamiyati
Islom banklarining xizmatlari va uni bank tizimida tutgan o’rni
Islom bank xizmatlari rivojlanishidagi muammolari va ularning yechimlari
Hulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O‘zbekistonda davlat iqtisodiy siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri mamlakatning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash va rivojlanishning samarali vositasi bo‘lishga qodir bo‘lgan yuqori istiqbolli natijalarni taminlay oladigan, barqaror bank tizimini shakllantirish hisoblanadi.
Mamlakatimiz aholisining asosiy qismi islom diniga e’tiqod qiluvchilardan bo‘lganligi uchun tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda qur’oni karimning baqara surasining 275 va 276 oyatlarida keltirilganidek, Alloh tijoratni xalol va riboni xarom qilganligi uchun mamlakatimizda moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab va taklif past darajada ekanligini aniqlashimiz mumkin. Ya’ni keng ommaga shariat qonunlariga asosan mamlakatimiz bank tizimida moliyaviy resurslar bilan ta’minlanish yo‘lga qo‘yilmagan. Shuning uchun ham islom banklari tomonidan taqdim etilayotgan kredit turlarini o‘rganib chiqish va va uni amaliyotga joriy qilish bugungi kunda dolzarb hisoblanadi.
Xozirgi kunda davriy inqirozlar bilan larzaga kelayotgan moliya bozoridagi o‘ta murakkab sharoitda islom banklari o‘zining barqaror va ishonchli ekanligini isbotlab kelmoqda.
Islom banklari diniy qarashlaran kelib chiqib bank faoliyatini yuritish maqsadida tashkil etilgan muassasadir. Xar qanday moliya muassasalar o‘z oldiga eng yuqori foyda olishni maqsad qilib qo‘yadi. Yagona maqsadi foyda olishni ko‘zlagan ananaviy banklardan farqli ravishda islom banklar ikkita muxim omilga, yani dinga va foydaga tayangan xolda faoliyat yuritadi. Islomiy banklarni tashkilot sifatida shakllantirishda islomiy qarashlar ananaviy banklardan farqli ravishda, masalaning axloqiy tomonini shakllantirishga katta etiborini qaratgan.
Jaxon bozoridagi qarz zanjiri 2008 yilgi moliyaviy inqirozga olib kelgach, islomiy moliyalarning jozibadorligi yanada ortdi. Glabal qarz inqirozi islomiy moliyalar tartibga solingani kabi qonunlar qabul qilish lozimligini, yuqori darajada kredit qarzdorligi va chayqovchilik amaliyotlarini taqiqlash zarurligini, shuningdek, oqilona moliyaviy siyosat yurgizish kerakligini aniq ko‘rsatib berdi. Shariat xuquqi xam axloq qoidalariga xilof bitimlar tuzishni taqiqlaydi va ijtimoiy adolatni qo‘llab-quvatlaydi. Bu esa xatar va daromadlarni, ijtimoiy masul investitsiyalarni o‘zaro taqsimlash bilan taminlanadi. Bu xam bo‘lsa, ananaviy tizimda mavjud bo‘lmagan ma’naviy va sof insoniy kafolatlardir.
Xozirgi zamonda bank tizimini takomillashtirishda “qarz beruvchi-qarzdor” munosabatlariga emas, balki “sotuvchi-xaridor” yoki “xamkorlik” munosabatlariga asoslangan islom bank tizimining kredit operatsiyalaridan namuna olish dunyo iqtisodiyoti oldida turgan muammolarni yechishda yordam berishi mumkin.
Klassik g‘arb bank tizimi o‘ziga xos inqirozni boshidan kechirayotgan bir paytda shariat ahkomlari asosida muvaffaqiyat bilan ish yuritayotgan nisbatan yosh banklar tajribasini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.