4-rasm. Kamayib boruvchi musharakaning mexanizmi4
Islom moliyasida Mudaraba shartnomasining qo‘llanilishi
Mudaraba ikki yoki undan ortiq taraflar o‘rtasida biznes yoki savdo yuritishdagi sherikchilikni o‘zida aks ettiradi, bu yerda bir tomon (rabb-ul-mal) mablag‘larni beradi, boshqa tomon (mudarib) esa investorning kapitalini boshqarish uchun o‘z bilim va tajribasi bilan ishtirok etadi. Investor biznesni yuritish jarayoniga jalb etilmaydi va kelishilgan muddat yakunida tadbirkor investorga asosiy kiritilgan miqdor va uning foydadagi ulushini qaytarishi lozim.
Mudaraba shartnomalari bank va tadbirkor o‘rtasida, shuningdek, omonatchi va bank o‘rtasida ham tuzilishi mumkin. Dastlabki holatda tadbirkor mudarib sifatida qatnashsa, keyingi holatda bu vazifani bank bajaradi. Bank va tadbirkor o‘rtasida mudaraba bitimini amalga oshirish chizmasini 5-rasmda ko‘rish mumkin.
Mudarabaning ikki hil turi mavjud:
Mudaraba Al Muqayyadah (cheklangan Mudaraba). Ushbu turda Rabb-ul-Mall (omonatchi) Mudaribga (bank) aniq bir tadbirkorlikni yoki tadbirkorlik qilish uchun ma’lum bir hududni belgilashi mumkin, bu holda u pulni ushbu tadbirkorlikga yoki joyga investitsiya qilishi kerak. Mudarib faoliyatini cheklash o‘ta yuqori darajada bo‘lmasligi kerak.
Mudaraba Al Mutlaqah (cheklanmagan Mudaraba). Ushbu turda Rabb-ul-Mall Mudaribga u munosib ko‘rgan har qanday ish bilan shug‘ullanish uchun to‘liq erkinlik beradi, ammo, Rabb-ul-Mall (omonatchi) roziligisiz, Mudarib hech kimga pul investitsiya qila olmaydi. Mudarib odatdagidek biznes jarayonida amalga oshiriladigan barcha ishlarni bajarish vakolatiga ega, ammo Rabb-ul-Mallning aniq ruxsatisiz odatdagi ish tartibidan tashqari hech narsa qila olmaydi.
5-rasm. Mudaraba shartnomasidan foydalanib bitimlarni amalga oshirish. 5
1. Bank va mijoz ishonchli sherikchilik to‘g‘risida (mijoz tomonidan loyihani amalga oshirish uchun) bitim tuzadilar, bank mijozni moliyalashtirishni amalga oshiradi.
2. Mijoz loyiha boshqaruvini amalga oshiradi.
3. Loyihani amalga oshirish doirasida faoliyat natijasi (foyda yoki zarar) yuzaga keladi.
4. Olingan foyda taqsimlanuvchi pul jamg‘armalarini shakllantiradi, zarar esa loyiha aktivlari qiymatini pasaytiradi.
5. Loyihani amalga oshirishdan kelgan foyda munosib ulushlarda bank va mijoz o‘rtasida taqsimlanadi.
6. Loyihaning amalga oshishidan kelgan zarar bank hisobiga taalluqli bo‘ladi.
Mudaraba sheriklikning alohida turi bo‘lib, bunda bir sherik ikkinchi sherikga tijorat korxonasiga investitsiya kiritish uchun pul beradi. Investitsiya “rabb-ul-mal” deb ataluvchi birinchi sherik tomonidan taqdim etiladi, bu vaqtda kiritilgan investitsiyani boshqarish va ishchi bilan ta’minlash “mudarib” deb ataluvchi ikkinchi sherikning majburiyati hisoblanadi. Mudaraba atamasi tijorat shartnomasi sifatida ko‘rilib, birinchi sherik pul mablag‘i, ikkinchi sherik esa o‘zining mehnati va vaqtini sarflaydi. Shartnoma doirasida olingan daromad tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida taqsimlanadi. Ammo zarar ko‘rilsa, agar bunday holat mavjud bo‘lsa, faqat pul mablag‘i taqdim etgan taraf javobgar bo‘ladi, bunday holatda tadbirkor sarflagan mehnati uchun haq olmaydi.
Islom banklari tomonidan qabul qilingan moliyalashtirish usuli sifatida barcha kapital Islom banki tomonidan ta’minlanadigan, ikkinchi tomon esa kelishilgan ish haqi evaziga biznes yuritadigan shartnomadir. Foyda oldindan kelishilgan nisbatlarda taqsimlanadi va har qanday zarar, agar u Mudaribning beparvoligi yoki shartnomani buzishi natijasida kelib chiqmasa, Islom banki tomonidan qoplanadi. Bank ushbu zararni investitsiya hisobvarag‘i egalari deb nomlanuvchi omonatchilarga o‘rtasida bo‘lib beradi.
Mudaraba shartnomasida yo‘qotishlarni taqsimlash mavjud emas. Foyda va zararni taqsimlash Musharaka shartnomasi bilan amalga oshiriladi. Mudaraba shartnomasini “foyda taqsimlash” iborasi bilan ifodalash yaxshiroq bo‘ladi. Mudarabada bir tomon moliyalashtirishni, ikkinchi tomon esa ma’lum bir ish bitimini tuzish uchun boshqaruv tajribasini ta’minlaydi. Moliyalashtiruvchi tomon kapital egasi deb ataladi. Boshqa tomon aslida ish yuritadigan ishchi yoki agent (mudarib) deb nomlanadi. Islom huquqshunosligida ushbu ikki tomonning har biriga turli xil vazifalar va mas’uliyatlar yuklangan.
Prinsipial ravishda kapital egasi xo‘jalik yurituvchi korxonani boshqarishga aralashishga haqli emas. Bu agentning yagona javobgarligi. Biroq, kapital egasi o‘z pullarini yaxshiroq boshqarishni ta’minlash uchun qo‘shimcha shartlarni belgilashga haqli. Shu sababdan ham Mudaraba ba’zan “sokin sherik” ya’ni nofaol sheriklik deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |