Mavzu: Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy reja tuzish Reja



Download 18,27 Kb.
bet1/9
Sana14.09.2021
Hajmi18,27 Kb.
#174328
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
mustaqil ish



Mavzu: Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy reja tuzish

Reja:

  1. Kasbga doir reja, va uni tuzishga qo‘yiladigan talablar

  2. O‘quvchilarning shaxsiy kasbga doir rejasi va uni tuzish yo‘llari.



1. Kasbga doir reja, va uni tuzishga qo‘yiladigan talablar.

Har bir o‘quvchi-yosh o‘z mehnat faoliyatini yaqin kelajakda va uzok istiqbolda qanday tasavvur etishi va shu orqali o‘z shaxsiy kasbga doir reja tuzib chiqishi kerak va shu reja asosida o‘zining kasbiy kelajagini belgilashi mumkin.

Albatta kasbga doir rejaning yagona bir shaklini tavsiya etish qiyin uning mazmuni ham, tuzilish yo‘li ham o‘quvchilarning aql-idrokiga, uning umumiy bilim saviyasiga, e’tiqodi va boshqa ko‘p narsalarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun yoshlarning kasbga doir rejalarida mana shu aytilgan va boshqa ko‘plab omillar to‘liq xisobga olinishi shart.

Ko‘zda tutilgan asosiy maqsad kasbga doir rejaning negizini quyidagilar tashkil etishi kerak, ya’ni unda nima ish bilan shug‘ullanish, kim bo‘lib etishish, umumxalq ishiga qanday hissa qo‘shish, bu ishda kimlarga tenglashish va shu kabilar. Shu bilan birga mazkur maqsadga erishish uchun reja tuzishda har bir o‘quvchi-yosh o‘z imkoniyatlariga: intilishlari, qizikishlari, mayllari va qobiliyatlariga, salomatligiga, shaxsiy va psixologik-irodaviy sifatlariga real-to‘g‘ri baho berishi zarur. Kasbga doir reja tuzish vaqtida maqsadga erishish yo‘llari va vositalarini: o‘z kuchini qaerda va qanday qilib sinab ko‘rish mumkinligini, kerakli ma’lumotni qaysi o‘quv yurtlarida olish mumkinligini, kasb mahoratini qanday qilib oshirish mumkinligi va hokazolarni belgilab olish kerak.

O‘z maqsadiga etishish yo‘lida uchrashi mumkin bo‘lgan barcha qiyinchiliklarni ham oldindan ko‘ra bilish kerak, bu behudao‘zini qiynash, iztirob chekishning oldini olish va zarur xolatlarda, tanlangan kasbni boshqasi bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun bir nechta muqobils variantlarni ham nazarda tutish maqsadga muvofiqdir.

Kasbga doir rejada o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiya kilish dasturi: tanlayotgan kasbiga mos muhim bo‘lgan qanday fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirish, o‘z sog‘lig‘ini qanday qilib mustahkamlash mumkinligi va boshqa shu singari tadbirlar ham o‘z ifodasini topishi kerak. O‘z bilimini mustaqil oshirib borish o‘z ustida ishlash masalalariga ham: qanday adabiyotni o‘qish,qaysi fanlarni ya’anada chuqurroqo‘rganish, kanday to‘garaklarda yoki qiziqish bo‘yicha tuzilgan darsdan tashqari mashg‘ulotlarda shug‘ullanish, qanday ko‘rgazmalarni borib ko‘rish va ularda ishtirok etishi singari masalalarga ham alohida e’tibor berish lozim.

Shaxsiy kasbga doir rejalar puxta va har tomonlama o‘ylangan bo‘lishi kerak, ularni tuzish vaqtida har bir o‘quvchi mustaqillik ko‘rsatishi va unga mas’uliyat bilan yondashishi lozim.

Tuzilgan kasbga doir rejaga vaqt-vaqti bilan murojaat qilib o‘z tanlash faoliyati qay darajada amalga oshayotganligini kuzatib tahlil qilib turish kerak bo‘ladi. Qiziqishlar chuqurlashib, kasb to‘g‘risidagi bilimlar ortib, amaliy faoliyat sohasida muayyan tajriba to‘planishiga qarab reja ham o‘zgarib borishi, u ancha real rejaga aylantirilishi mumkin.

Kasb tanlash inson, jumladan o‘quvchi-yoshlar xayotida eng qiyin va mas’ulyatli qadam xisoblanadi.Insonning o‘z kelajagini, kelgusi kasbini tanlashi tasodifiy bo‘lmasligi kerak. Bu borada doimo mutaxassislar maslahatlaridan foydalanish kerak. Kasbni xar tomonlama puxta o‘ylab, o‘z qobilyatlari va xaqiqiy imkoniyatlarini to‘liq xisobga olgan xolda, ichki ishonch bilan, chin ko‘ngildan hohlab barcha ko‘rsatgichlardagi “xa” va “yo‘q” tomonlarni xisob qitob qilgan xolda tanlash kerak.

Buning uchun o‘quvchilar o‘z-o‘zini chuqur o‘rganishi zarur.




Download 18,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish