Fayzulla Xo‘jayev – boylik va zodagonlikni el-yurt g‘amiga almashgan arbob Millatlar tarixida muhim siyosiy shaxslar bo‘ladi. Va ular tanlovi millionlab odamlar kelajagini belgilab beradi



Download 1,13 Mb.
bet1/4
Sana18.02.2022
Hajmi1,13 Mb.
#455811
  1   2   3   4
Bog'liq
Fayzulla Xojayev


Fayzulla Xo‘jayev – boylik va zodagonlikni el-yurt g‘amiga almashgan arbob
Millatlar tarixida muhim siyosiy shaxslar bo‘ladi. Va ular tanlovi millionlab odamlar kelajagini belgilab beradi. Bunday tanlov amir Olimxon hokimiyatiga qarshi chiqqan, uch marta o‘limga hukm etilgan, 13 yil O‘zbekiston SSR hukumatini boshqarib so‘ng qatag‘onga uchragan Fayzulla Xo‘jayev chekiga ham tushgandi.
1896 yil 1 iyun, Buxoro. Boylikda Buxoro amiri bilan tenglasha oladigan savdogar Ubaydulla Xo‘ja oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bu chaqaloq keyinchalik Buxoroda demokratik davlat qurishga uringan, O‘zbekistonning rivoji uchun borini bergan, millatning ko‘zi to‘q, halol farzandi Fayzulla Xo‘jayev edi.
Tarixning ma'lum davrida Xo‘jayev faoliyatini qoralaganlar ham bo‘ldi. Ushbu maqolada hozir hayot bo‘lgan qarindoshlari, tarixchilar va tarixiy manbalar asosida siyosatchining hayot yo‘liga nazar tashlashga qaror qildik.
Tillolarni emas, vijdonini tanlagan o‘g‘il
Fayzullaning otasi XIX asrda qorako‘lchilik bo‘yicha ko‘plab yurtlarda nom chiqargan savdogarlardan bo‘lgan. U Fayzullani o‘z merosxo‘ri sifatida tanlab, 12 yoshida Moskvaga olib boradi. Fayzulla Xo‘jayev Moskvada 1907–1912 yillarda xususiy o‘qituvchilar qo‘lida ta'lim oladi. Va shu yerda savdo va zamonaviy ilmlarni o‘rganib, Buxoroga qaytib keladi.
Foto: pastvu.com
Rossiyada ta'lim olib, dunyoqarashi kengaygan Fayzulla ota yo‘lini tanlamadi.
Fayzulla Xo‘jayevning jiyani, Buxoro davlat universiteti tarix fanlari doktori Sulaymon Inoyatovning hikoya qilishicha, Fayzulla Xo‘jayev o‘sha paytdagi Buxoroning ahvolini, Vatanining taraqqiyotda orqada qolayotganini sezadi va Buxoroning ahvolini tuzumni o‘zgartirish bilan yaxshilash mumkin degan fikrga keladi. Va chet elda o‘qib kelgan amakilari Usmonxo‘ja, Atoullaxo‘jalarga qo‘shilib, jadidlar izidan ketdi.
Jadidlar farzandlarimizni o‘qitib, ma'rifatga erishamiz va ma'rifat bilan jamiyatni o‘zgartiramiz degan g‘oya bilan “Yosh buxoroliklar” partiyasini ochib, Buxoro amiriga qarshi kurash boshlagan edilar.
Ozchilikni tashkil qilgan “Yosh buxoroliklar” amirga qarshi kurasha olmas edilar. Shuning uchun ular 1918 yilda Turkiston Xalq Komissarlar Soveti raisi Kolesovdan yordam so‘raydi. Jadid tarafdorlarining kamligi, qizil armiyaning yaxshi qurollanmay urushga kirgani sabab amir kuchlari ustunlik qiladi. Shundan keyin Xo‘jayev oila a'zolari bilan Toshkentga jo‘naydi. Biroq bu – urush tugaganini anglatmasdi.
Xo‘jayev 1918–1920 yillarda bolsheviklarning “Iskra” gazetasi tahririyatiga kiradi va 1920 yilda Toshkentga qaytib, “Uchqun” gazetasini chiqaradi. Uni 5000 nusxada yashirin chiqarib, Buxoro aholisiga tarqatadi. Bu yo‘lda unga Abdurauf Fitrat, Munzim, Said Ahroriylar yordam beradilar.

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish