Aleksandr GUMBOLDT
(1769-1859)
Nemis tabiatshunosi, geografi va sayyohi Aleksandr Gumboldt ilmiy qarashlarining nihoyatda kengligi bilan zamondoshlarini hayron qoldirgani bois «XIX asrning Aristoteli» degan nomga sazovor bo`lgan edi. Serqirra olim Yevropa, Markaziy va Janubiy Amerikadagi turli mamlakatlar tabiatini chuqur o`rgangan. A.Gumboldt o`z asarlari bilan Yer qobigidagi Qattiq, suyuk va havo qobiqlari o`rtasidagi qonuniyatlarni o`rganishga qaratilgan tabiiy geografiyaga asos solgan desak, xato bo`lmaydi. O`simliklar geografiyasi fani va hayot shakllari haqidagi ta’limot asoschilaridan biri bo`lgan. A.Gumboldt vertikal zonallik g`oyasini ilmiy isbotlab bergan, Umumiy Yer bilimi, iqlimshunoslik kabi fanlarning rivoji uchun asos yaratgan.
Fridrix Genrix Aleksandr fon Gumbol`dt 1769-yilning 14-sentyabrida Berlinda tug`ilgan. Berlinda yashab, xususiy tarbiyachilar qo`lida turli fanlardan bilim olgach, 1787-yilda akasi Vilgelm bilan Oderdagi Frankfurt shahriga ko`chib o`tdi va shu yerdagi universitetga o`qishga kirdi. Oderda bir yil o`qigach, yana Berlinga qaytib, Gettingem universitetida grek tili, texnologiyalar va botanikani o`rgangan. Shu bilan birga mustaqil ravishda klassik adabiyot, tarix, tabiatshunoslik va matematika fanlari bilan qiziqqan.
A.Gumboldt 1790-yilning mart oyida Reyn daryosi bo`ylab dastlab Gollandiyaga, so`ng u yerdan Fransiya va Britaniyaga sayohat qildi. Geologiya fani sirlari bilan yaqindan tanishish va Freyberg akademiyasining shuhrati olimni Germaniyaning Freyberg shahriga yetakladi va bu yerda geologiya va mineralogiya fanlarini chuqur o`rgandi. Olim 23 yoshidayoq geologiya, botanika va fiziologiya fanlari bo`yicha keng bilimlarga ega bo`lib, bu sohillardagi o`zining qator izlanishlarini chop ettirgan ham.
A.Gumboldt 1799-yilda Markaziy va Janubiy Amerika bo`ylab uzoq muddatli sayohatga chiqib, besh yildan so`ng, ya’ni 1804-yilda Yevropaga qaytib kelgan. Mazkur sayohatga qadar Janubiy Amerikaning ichki mintakalaridagi faqat bitta shahar - Kito aniq geografik koordinatalarga ega edi va ushbu materik geologiyasi haqida esa yevropaliklarga deyarli hech narsa ma’lum emas edi.
Sayohatlari davomida A.Gumboldt Janubiy Amerikadagi qator aholi punktlarining geografik koordinatalarini, 700 dan ortiq tepalik va tog` cho`qqilarining gipsometriyasini aniqladi. Hududni geografik, geologik va orografik nuqtai-nazardan tadqiq etdi, uning iqlimiga oid qimmatli ma’lumotlarni to`pladi va o`ziga xos tomonlarini ko`rsatib berdi. Shuningdek, olim to`rt ming turdan ortiq, shu jumladan, 1800 ga yaqini fan uchun yangi bo`lgan o`simliklarni o`z ichiga olgan yirik botanik kolleksiya yig`ishga muvaffaq bo`lgan ham.
Germaniyalik olim tomonidan Amazonka va Orinoko daryolari tizimining o`zaro bog`liqligi isbot qilinib, qator daryolar, tog` tizmalarining yo`nalishlari, Janubiy Amerikaning g`arbiy qirg`oqlaridagi dengiz oqimi xaritaga tushirilgan. Janubiy Amerika mamlakatlari aholisi, etnografiyasi, arxeologiyasi, tarixi va siyosiy ahvoli ham A.Gumboldt nazaridan chetda qolmagan va olim bu borada katta hajmdagi qimmatli ma’lumotlar to`plaganini ta’kidlash lozim.
Gumboldt va uning shogirdlari tomonidan Amerika sayohati natijasida yig`ilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va chop etish uchun 26 yil vaqt sarf qilingan. «Amerika sayohati» asarining 1-jildi 1807-yilda va so`nggi 30-jildi 1833-yilda chop etilgan va jami 1425 ta jadvalni o`z ichiga oladi.
1827-yil noyabrdan 1828-yil aprelgacha Berlinda davom etgan ilmiy munozaralarda «dunyo tabiatining tasviri haqida» qilgan ma’ruzalari uchun A.Gumboldt Quyosh tasviri tushirilgan va «Dunyoni yorqin nurlar bilan yoritayotgan shaxs», degan yozuv tushirilgan medalga sazovor bo`lgan.
Rus imperatori Nikolay II «mamlakat va fan manfaati» uchun Rossiyaning Sharqiga sayohat uyushtirishni taklif etgach, A.Gumboldt 1829-yilda Peterburg shahriga keldi. Sayyoh dastlab Mosk- vaga, keyin Nijniy Novgorodga borib, u yerdan Volga daryosi orqali Qozon shahriga, keyin Perm va Yekaterinburg shaharlariga sayohat qildi. Quyi va o`rta Ural tog`larini bir necha hafta davomida geologik jihatdan o`rganib, Sibir kengliklarini tadqiq qilgan.
Olimning Rossiyadagi sayohati davomida ilmiy jihatdan o`rgangan so`nggi joy Astraxan shahri va Kaspiy dengizi bo`lgan, chunki u o`z asarlaridan birida «Kaspiy dengizini ko`rmasdan o`lishni hecham xohlamas edim», deb yozgan edi. Gumboldtning Rossiyaga safari natijalari uch jildli kitob bo`lib «Markaziy Osiyo» nomi bilan bosilib chiqqan.
Fan oldidagi xizmatlari uchun 1842-yilda A.Gumboldt Fridrix II tomonidan ta’sis etilgan harbiy orden bilan taqdirlangan. Fridrix Vilgelm IV esa uni Germaniya va Yevropadagi fan, san’at va adabiyotning buyuk vakillariga beriladigan orden bilan mukofotlagan. Bundan tashqari, olim dunyoning turli mamlakatlari, hukumatlari va ilmiy tashkilotlarining ko`p sonli mukofotlariga ham sazovor bo`lgan. Uning nomi qator geografik, botanik va zoologik adabiyotlarda abadiylashtirilgan, turli geografik ob’ektlar, daryolar, tog`lar va dengiz oqimlariga uning nomi berilgan.
Aleksandr Gumbol`dt faoliyatining ilmiy-ommabop tomoni yozilishi 1796-yildayoq rejalashtirilgan «Koinot» nomli asarida o`z aksini topgan. Ushbu asarning birinchi jildi 1845-yilda «Koinot: tabiiy olamni tasvirlash rejasi» nomi bilan nashr etilgan. Uning muqaddimasida Gumboldt shunday yozgan: «Ijodiy hayotimning yuksaklik davrida qariyb yarim asr qalbimda olib yo`rgan asarimni nemis ommasiga taqdim etaman». «Koinot» asari XIX asrning birinchi yarmidagi ilmiy bilimlarning jamlanmasi hisoblanadi. Kitobning ko`pchilik qismlarida yoritilgan bilimlar hozirgi zamon nuqtai-nazaridan bir oz eskirgan bo`lsa-da, ammo u o`z davrining bilimlari darajasini aks ettiruvchi yorqin asar bo`lib qolaveradi.
A.Gumboldt 1859-yilda 90 yoshida vafot etgan. Zamondoshlarining so`zlariga ko`ra, tabiat olimga beqiyos kuch-g`ayrat ato etgan va u 90 yoshida ham tetik va sog`lom bo`lib, «Koinot» asarining 5-jildi ustida ish olib borayotgan edi.
27 yoshida Aleksandrning onasi vafot etdi va uni mulkdan katta daromad sifatida qoldirdi. Keyingi yil u hukumat xizmatini tark etib, botanik Aime Bonpland bilan sayohat qilishni rejalashtirmoqda. Bu juftlik Madridga bordi va Janubiy Amerikani o'rganish uchun Qirol Karl II'dan maxsus ruxsatnoma va pasportlar oldi.
Janubiy Amerikaga kelganlarida Aleksandr von Humboldt va Bonpland qit'aning florasini, faunasini va topografiyasini o'rgangan. 1800-yillarda Humboldt Orinco daryosining 1700 kilometrida xaritani ko'rsatdi.
Buni keyin Andesga safar va Mt. Chimborazo (zamonaviy Ekvadorda), keyin dunyodagi eng baland tog 'bo'lgan. Ular devorga o'xshash jarlik tufayli uni yuqori qismiga qo'ymadilar, lekin balandligi 18 000 futdan oshib ketishdi. Janubiy Amerikaning g'arbiy qirg'og'ida Von Gumboldt Von Humboldtning e'tirozlariga qaramay, Humboldt Current deb nomlanuvchi Peru Oqimini aniqladi va topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |