Mavzu: Tijorat banklarida Islomiy bank xizmatlari rivojlantirish istiqbollari


Islom bank xizmatlari rivojlanishidagi muammolari va ularning yechimlari



Download 0,75 Mb.
bet9/12
Sana05.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#740824
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi

3.Islom bank xizmatlari rivojlanishidagi muammolari va ularning yechimlari
Islom moliyasi hozirgi kunda Dunyoda shiddat bilan rivojlanib borayotgan sohalardan biri sanaladi. Islom moliya aktivlari 2007 yilda 951 mlrd AQSh dollari, 2011 yilda 1,29 trln AQSh dollari, 2015 yilda 2,2 trln AQSh dollari, 2019 yilda 2,88 AQSh dollari (o‘tgan yilgi davrga nisbatan 12,5%ga o‘sgan) miqdorida o‘sish sur’atlarini ko‘rsatgan. 2019 yildagi ja mi moliya institutlarining aktivlari 404,1 trln AQSh dollarini (o‘tgan yilgi davrga nisbatan 6%ga o‘sish qayd etilgan) tashkil etgan. (mlrd. AQSh dollarida)

8-rasm Islom moliya aktivlarining o‘sish sur’atlari7
Yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan davrlar oralig‘ida Islomiy moliya aktivlari nechchi foizlik o‘sish qayd etilganini ko‘rish mumkin. 2020 yildagi REFINITIV (Moliyaviy bozor ma’lumotlari va infratuzilmasining global ta’minotchisi) va ICD (Xususiy tarmoqni rivojlantirish islom korporatsiyasi) hisobotiga ko‘ra 2024 yilga kelib global Islomiy moliya2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholi soni 34,5 mln kishini tashkil etadi. Shundan 96,5% aholi musulmon diniga e’tiqod qiladi. Mazkur ma’lumotning o‘zi O‘zbekistonda Islom banklarining rivojlanishiga, ularning an’anaviy banklar bilan be’malol raqobatlasha olishiga isbot sifatida qarash yetarli deb hisoblayman.
Shunga qaramasdan Shariat qoidalari asosida faoliyat olib boruvchi bironta islomiy bank yoki islomiy darcha faoliyati yo‘lga qo‘yilgan emas.
Aholisining 70,2 %i musulmon hisoblangan 13,1 mln doimiy aholisiga ega Qozog‘iston, aholisining 96,7%i musulmon hisoblangan 7,6 mln doimiy aholisiga ega Tojikiston, aholisining 80%i musulmon hisoblangan 4,7 mln doimiy aholisiga ega Qirg‘iziston kabi davlatlar tomonidan islom banklarining faoliyati yo‘lga qo‘yishi O‘zbekistonning ushbu sohada ortda qolayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Biroq ushbu tizimning yo‘lga qo‘yilishi va kelgusida jadal rivojlanishida O‘zbekistonning potensiali yuqori. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, Islom banklari faqat musulmon diniga e’tiqod qiluvchi insonlarga xizmat qiladi degan qarash noto‘g‘ri, Islom banklari xizmatlaridan diniga qaramasdan barcha insonlar foydalanishi mumkin.
Hozirgi kunda Islom moliyasi bo‘yicha qonunchilik asoslari mavjud bo‘lmaganligi sababli, Islom banklarini tashkil etish va faoliyat yuritishi imkonsizdir. Biroq, an’anviy banklar tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan ba’zi kredit mahsulotlarga o‘xshash operatsiyalarni Islom darchasi ochish orqali amalga oshirish mumkin. Masalan, ijara, murabaxa kabi mahsulotlardan foydalanish mumkin.
Islom moliyasi bo‘yicha huquqiy baza ishlab chiqish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. 2020 yil dekabr oyida Sh.M.Mirziyoevning mamlakatimizda Islom moliyaviy xizmatlarini joriy etish bo‘yicha huquqiy bazani yaratish vaqt-soati yetib kelgani. Bu borada Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb etilishini takidlaganliklari huquqiy baza yaratilishiga ilk qadam bo‘ldi.
Shuningdek, 2021 yilning 9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakovning Islom taraqqiyot banki (ITB) Guruhining Bosh kotibi Gassan al-Baba bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda 2021 yilda O‘zbekistonda ITB Boshqaruvchilar Kengashining 46-yillik yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq qator masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida tayyorgarlik ishlarining hozirgi holati, ITB hamda O‘zbekiston vazirlik va idoralarining vakillaridan iborat Tashkiliy qo‘mita va tegishli ishchi guruhlar faoliyati ko‘rib chiqildi.
Konstruktiv muloqot yig‘ilishni tashkil etish bilan bog‘liq asosiy masalalarni ko‘rib chiqish va qo‘yilgan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida o‘zaro hamkorlik algoritmlarini ishlab chiqish imkonini berdi. Yillik yig‘ilishda Bankka a’zo 57 mamlakat, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy ishbilarmon doiralar va ommaviy axborot vositalarining 2 mingga yaqin vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir o‘tkazilishi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining eng muhim tashabbuslari Bank tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini kengaytirish va O‘zbekistonda Bankning investitsiya portfelini oshirishni nazarda tutgan holda, ITB bilan hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga imkon yaratadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi ITBga a’zo bo‘lganidan beri hozirgi kunga qadar 2,3 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘laridan foydalangan.

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish