Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning
uyg‘unligi va uzluksizligi qoidasi
Tarbiyaga tizimli yondashish tarbiyaning pedagogik harakatining provard natijasiga yo‘naltirilganlik darajasini belgilab beradi. Bunda pedagogik maqsad va vazifalar, uning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari tomonidan tan olinishi shart.
Amalda tarbiyaviy jarayon umum xalq ishi va uzluksiz bo‘lishi
lozim. Tarbiya ishida izchillik juda muhimdir. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so'ngra o‘zining talabini unutib qo‘ysa, yoki o ‘zi bu talabga xilof ish tutsa, bu hoi tarbiyaga juda salbiy ta’sir qiladi. 0 ‘qituvchi subutli; o‘z lafziga sobit bo‘lmog‘I kerak. Masalan, «Ertaga kundaliklaringizni tekshiraman», «Oyoq kiyimlaringizni moylanganligini ko‘raman» deb va’da berdingizmi,
ijrosini unutmang. Pedagog biror tarbiyaviy tadbir uyushtirishni
bolalarga va'da qilib. sal orada va'dasini esdan chiqarib qo‘ysa.
o'quvchilar bunday o'qituvchiga ishonmay qo'yadilar. Har bir
pedagogning ishi bilan so’zi bir bo‘lmog'i lozim.
0 ‘quvchilarga birdaniga juda ko‘p talab va qoidalarni taqdim
qilish mumkin emas. Bolalarga tarbiya va ta'lim berishda uzluksizlik va tizimlilikka rioya qilish kerak.
Hamma tarbiyachilar o ‘quvchiga bo'lgan munosabatlarida birbirlariga zid harakatda boMmasliklari, bir xil, yagona talab qo‘yishlari lozim. Tarbiyaviy ishda bunday izchillikka rioya etish juda ham muhimdir.
Afsuski. amalda ba'zan oila maktabning talablarini qoMlabquvvatlamaydigina emas, balki teskari ta’sir ko‘rsatadi. 0 ‘qituvchilar orasida ham talablarning uyg4mligi hamisha ham ta’minlanavermaydi. Tarbiya uzoq muddatli, murakkab jarayon, unda ota-ona, o ‘qituvchi, jamoatchilik va boshqalar qatnashadilar. Shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo'lishiga rioya etish, o ‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini, tarbiya metodlari va shakllarini o‘z vaqtida aniqlab olish juda muhimdir. Bu qoida
tarbiya ishida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo‘g ‘inlarning oila va maktab o ‘quvchilar va yoshlar tashkilotlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari va ishlab chiqarish jamoalarining, keng jamoatchilikning hamjihatlik va bamaslahat ish ko‘rishini ko'zda tutadi. Chunki, tarbiyaviy ta'sirdagi tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamini qamrab olishi kerak. Aholi qatlamlarining tarbiya tizimiga jalb qilishdagi rang-barang shakl va metodlar ham ijtimoiy-iqtisodiy ham pedagogik jihatdan, nafaqat tub aholi, balki Respublikada istiqomat qilayotgan boshqa millatlar va elatlarning ham maqsadlariga yo‘naltirilgan boiishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |