1.Biologiya oqitish metodikas fanining pedagogik fanlar qatoriga kirishini mohiyatan izohlab bering.
Biologiya oqitish uslubiyati pedagogik fanlar tarkibiga kiradi. Shu sababli uning oldida turgan maqsad va vazifalar ham umumpedagogik maqsad va vazifalardan kelib chiqadi.
Biologiya oqitish metodikasi barcha oquv fanlariga taalluqli bolgan pedagogik qoidalarni, biologik oquv materialiga tatbiq etishga yonalgan. Shu bilan bir qatorda, biologiya oqitish uslubiyati tabiiy, ilmiy, biologik, psixologik, pedagogik bilimlarni ozida mujassamlashtiradi.
Biologiya oqitish metodikasi biologiya oquv fanining oqitish maqsadini, mazmunini, biologik bilimlarning tanlash prinsipini belgilab beradi.
Biologiya oqitishning hozirgi davrda samarali bolishi oquvchilarning oquv, mehnat va jamoat faoliyatlarida qatnashishi uchun zarur bolgan biologik bilimlar, konikmalar, malakalarni egallaganliklari bilan belgilanadi. Ular esa, oz navbatida, oquvchilarning tarbiyalanganlik natijasida, dunyoqarashi, etiqodi, tabiat, jamiyat va shaxsga bolgan munosabatida namoyon boladi. Oquvchilarning rivojlanish darajasi, qobiliyati, jismoniy va aqliy jihatdan takomillashtirishga bolgan ehtiyoji bilan ifodalanadi.
2.Biologiya oqitish uslubiyatining vazifalariga nimalar kiradi va nima uchun?
Fan sifatida biologiya oqitish uslubiyatining vazifalari tubandagilardan iborat:
Oquvchilarni oqitish va tarbiyalash, kamolga yetkazishda oquv fanining ornini aniqlash.
Maktab oquv dasturlari, darsliklarini takomillashtirish boyicha tavsiyalar ishlab chiqish va uni maktab amaliyotiga tatbiq etish.
Oquvchilarning yoshiga mos ravishda oquv fanlarining mazmuni, undagi mavzularning organish izchilligini belgilash.
Biologiya oquv fanlarining oziga xos tomonlarini etiborga olgan holda oqitish usullarini, tashkiliy shakllarini ishlab chiqish.
Oqitish jarayonida qollash uchun zarur jihozlarni aniqlash. Biologiya xonasi tirik burchak, tajriba yer maydonini tashkil etish, tabiiy, tasviriy, dinamik, audio va video vositalarni belgilash.
3.Biologiyaning konkret obektlarini yoritib bering?
Biologiya oqitish uslubiyatining obyekti mazkur oquv fani bilan aloqador bolgan oquv tarbiyaviy jarayon hisoblanadi.
Biologiya fanlari tabiatshunoslik fanining bir bolagi bolib, uning obyekti odam, osimliklar va hayvonlar hisoblanadi. Bunda korgazmalilik va amaliy ishlarni qollash juda samaralidir.
4.Biologiya oqitish metodikasi usulublari va uning kuzatilish obektlari haqida malumot bering?
Biologiya oqitish metodikasi ham umumiy talim qoidalariga boysingan holda ozining xususiy uslublariga ham ega, yani botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va umumbiologiya oqitish uslublariga bolinadi.Biologiya bolimlari boyicha dars otishdagi xususiy uslublar oquv materialining mazmuni hamda oquvchilarning yosh xususiyatlariga bogliq holda bir kurs uchun oqitishning maxsus masalalarini bayon qilishga yordam beradi.
Biologiya oqitish uslubiyati boshqa tabiatshunoslik fanlari bilan chambarchas bogliq. Biologiya fanlarini oqitish chuqur bilim va tajriba talab qiladi. Biologiya fanida kuzatish, tajriba otkazish va toplangan faktlarni nazariy jihatdan umumlashtirish, tadqiq qilishning asosiy uslublari hisoblanadi.
5.Eksperimentning otkazilish maqsadini yoritib bering?
Uzoq muddatli eksperimentlar odatda o‘simlik, hayvonlarning tuzilishi va hayot jarayonini boshqarish, unga turli ta’sirotlar o‘tkazish natijalarini o‘rganishga mo‘jallanadi.
Biologiyadan eksperimentlar tashkil etishning talablari quyidagilardan iborat:
Eksperimentning mavzusi, uning maqsadi va vazifalari aniqlanadi.
Eksperimentning o‘tkazish joyi belgilanadi.
Eksperiment o‘tkazishning rejasi tuzilib unda bajariladigan ishlarning mazmuni, o‘tkazish muddatlariga belgilanadi.
Eksperiment o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qurilmalar, jihozlar tayyorlanadi. Eksperment obyektini kuzatish, turli hisob ishlari olib borish uslubiyati ishlanadi.
Eksperment o‘tkazayotgan o‘quvchi uchun ish jadvallari, kuzatilayotgan obyektlar ustida tajribalarni tashkil etishga oid yo‘riqnoma va materiallar beriladi.
O‘quvchilarning eksperiment o‘tkazish bo‘yicha bajarayotgan ishlarini o‘qituvchi doimo tekshirib, zarur maslahatlar berib boradi.
Eksperiment natijalari tahlil etiladi. Undan xulosalar chiqariladi.
Eksperiment natijalaridan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari qidiriladi.
Uzoq muddatli eksperimentlar ko‘pincha darsdan, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar paytida tashkil etiladi. Eksperiment o‘tkazish uchun o‘quvchilar orasidan alohida guruhlar tanlab olinadi. Guruhlar eksperiment o‘tkazish rejasi bo‘yicha ish olib boradi.
Amaliy usul tarkibiga kuzatish va eksperimentlar otkazish kiradi.Kuzatish osimlik va hayvonlarning tabiiy sharoitda tarqalishi, hayot tarzini shu jarayonlarga aralashmasdan sezgilar orqali organishdir. Kuzatish qisqa va uzoq muddatli bolib, u dars tarkibiga kiritiladi. Bazi hollarda qisqa kuzatishlar oquvchining oz gavdasidagi omrov, yelka, bilak, panja, barmoq, oyoqlarini ushlab korish, topish shaklida ham boladi. Qisqa muddatli kuzatishlar darsda hasharotlar yoki shilliqqurtlarning harakatini, qushlarning polaponlarini boqayotganini kuzatish kabilarni oz ichiga oladi. Uzoq muddatli kuzatishlarga fiziologik kuzatishlar misol boladi. Eksperiment kopincha fiziologik jarayonlarni organishda otkaziladi. Solak bezining kraxmalga, oshqozon shirasining ozuqa mahsulotlariga tasiri kabi ishlar bunga misol boladi. Amaliy usuldan foydalanilganda oquv materialining mazmuni oquvchilar turli amaliy, mustaqil bajariladigan ishlar yordamida organib ozlashtiradilar. Amaliy usullardan foydalanilganda oqituvchi oquvchilarga mavzuni organish boyicha yollanma berib, oquvchilarning topshirigini bajarishlarini kuzatib turadi. Unga kora amaliy ish boshlanishida qoyilgan maqsadning yechimi oquvchilar bajargan ish natijalari bilan hal etiladi.
6. Insonlar tomonidan tabiatni organilish sabablarini biologik jihatdan yoriting?
Biologik talim insonning qalbi va aqliga ijobiy tasir qilish uchun hamma imkoniyatlarga egadir. Tabiatni idrok qilish u bilan yaqinroq tanishayotgan kishiga juda katta huzur baxsh etadi. Tabiat vositalari bilan estetik tarbiya berish yosh avlodning umumiy estetik tarbiyasiga komaklashadi.
Tabiatni sevish katta va murakkab tuygudir. U yuksak qalb va aql doiralarini qamrab oladi, odamning ongli manaviy hayotining asosiy tomonini tashkil etadi. Bu tuygu kop jihatdan vatanparvarlik hislariga mos keladi. Jonajon tabiatga bolgan muhabbat bilan birga yosh avlodga jonajon olkaga, jonajon mamlakatga qoyilgan mehr osadi. U bevosita bolalikda, maktab yillarida tugiladi. Ulgayish va yetuklik mehr-u muhabbatni his etib olishga olib keladi va uni mustahkamlaydi. Biologik talim butun yosh avlodni tabiatga togri munosabatda bolishga olib keladi: unga nisbatan tasirchan muhabbatni tarbiyalaydi, tabiatning chiroyini idrok etishdan tashqari, uni muhofaza qilish, asrash, tabiat boyliklarini oz qollari bilan yaratish va kopaytirishga orgatadi. Bularning barchasiga biologik qonuniyatlarni chuqur va ongli ravishda ozlashtirgandagina erishish mumkin.
7.XXI asr biologiya fanining yangi sohalari haqida malumot bering?
Biologiya fanining yangi sohasi - kosmik biologiya hozirgi vaqtda vujudga kelgan. Undan koinotdagi hayotning shakllari, tarqalishi va uning xususiyatlari qanday, o‘zga sayyoralarda hayot nishonalari bor yoki yo‘qligi haqidagi olamshumul savollarga javob kutilmoqda. Biologiya fani erishgan yutuqlarni ishlab chiqarishga joriy qilingani sari odamlar uchun biologik ta’lim professional tayyorgarlik elementi bo‘lib qoladi. Umumiy texnika taraqqiyoti bilan birga ularning tor ixtisosliklariga bo‘lgan talablar ham oshmoqda. Ular agronomiya va zootexnika bilimlarini egallash g‘oyat zarurligini sezmoqdalar va egallamoqdalar.
8.Politexnik ta’limning asosini tashkil etuvchilar haqida malumot bering?
Shundan ko‘rinib turibdiki, o‘rta maktabda biologiya ta’limi politexnik xarakterga ega bo‘lmog‘i va u yosh avlodning ijtimoiy foydali hamda unumli mehnatdagi ishtiroki bilan bog‘lanishi lozim. Bu aloqa fermer xo‘jaliklarida, ko‘kalamzorlashtirishda, yangi foydali qazilmalarni, o‘simliklarni qidirib topishda, dorivor o‘simliklarni to‘plashda va boshqa ijtimoiy foydali ishlarda amalga oshiriladi. Bu maktab o‘quvchilariga nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga yordam qiladi va tabiat, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq kasb tanlashlariga imkon beradi.
Biologiyani o‘rganish mehnatga muhabbat va insonga hurmatni, mehnatni insoniyatning barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning manbayi sifatida e’tirof etishni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar beradi. Maktabda biologiya kursini o‘rganish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganda u maktabni tamomlab chiqqandan keyin ham mustaqil ravishda ma’lumot olish yo‘li bilan bilimlarni tinmay yangilab borish ehtiyojini tug‘diradi va rivojlantiradi.
9.Biologiya fanini fizika va texnika bilan boglaydigan fan tarmogi haqida bilimlaringizni yoriting?
Hozirgi vaqtda tirik organizmlarning tuzilishi va unda kechadigan jarayonlarga asoslangan texnika fani – kibernetika asosida tabiiyot fanlarida yangi yo‘nalish – botanika vujudga keldi, bu biologiyani fizika va texnika bilan bog‘laydigan fandir.
Bionika organizmlarning morfologik va funksional moslanishlarini muhandislik masalalarini yechish doirasida aniqlaydi va tahlil qiladi. Masalan, sezgi organlari juda kichik bo‘lgan hasharotlar, tez va ko‘p harakatlanib energiyani kam sarflashi, tez ta’sirlanishi, tanlovchanligi va o‘z-o‘zini boshqara olishi kabilar olimlar fikrini jalb etadi va ularni texnikaga qo‘llash usullari haqidagi fikrlarni tug‘diradi. Hozirgi vaqtda juda ko‘p qurilmalar hayvonot va o‘simlik olamining tuzilishiga asoslangan holda ishlab chiqilgan.
Hayotiy jarayonlarni boshqarishda fiziologik faol moddalarning roli nihoyatda ortib bormoqda. Shuning uchun biologlar biologik faol moddalar vitaminlar, antibiotiklar, oqsillar hosil qiladigan mikroorganizm shtammlarini yaratib, gen va hujayra muhandisligi usullarini qo‘llab insoniyat uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez qilib olmoqda. Bunga misol qilib hozirgi vaqtda ichak tayoqchasi bakteriyasi genotipiga insulin sintezini boshqaruvchi gen kiritish orqali insulinni sintez qilish yo‘lga qo‘yilgan. Bu jarayonlar biotexnologiyada keng qo‘llanilmoqda.
10.“Biologiya oqitish uslubiyati” fanining rivojlanish tarixi bosqichlari va unda sodir boluvchi jarayonlar haqida malumot bering?
Табииётшунослик мактабларга ўқув фани сифатида XVIII аср охирида киритилган. Бу сохада дастлабки дарсликни В.Ф.Зуев ёзган. Унинг дарслиги “Анорганик табииёт”, “Ўсимликлар дунёси”, «Хайвонлар дунёси» кабибўлимлардан ташкил топган. Биринчи бўлим тупроқ, тошлар, тузлар, ёнилғи моддалар, тошга айланган организмлар ҳақидадир. Ўсимликлар дунёси бўлимида эса ўсимликларнинг ҳужайравий тузилиши, ҳар хил ўсимликларнинг таснифига оид билимлар берилган. Зоология бўлимида айрим хайвонларнинг ташқи қиёфаси, ҳаёт кечириши ҳикоя қилинади. В.Ф.Зуев дарслигида ўсимликлар, хайвонлар морфологияси, системасидан ташқари экологияга оид маълумотлар бор. Дарсликда табиий, тасвирий кўргазмали қуроллардан фойдаланиш ҳақида ҳам фикр билдирилган. XIX асрда нашр қилинган А.Ш.Теряев ботаника дарслиги систематика фанининг асосчиси Карл Линнейнинг “Ботаника фалсафаси” асаридан тўлиқ кўчирилганлиги сабабли ўқувчилар учун тушунарли бўлмади.Россияда 1828-1852 йиллар мобайнида ҳалқ таълими соҳасида ислоҳ ўтказилиб табииётшунослик ўқув фани мактаб режасидан олиб ташланди.Лекин кейинчалик 1853 йилдан бошлаб мактабларда қайта «табиат ҳақида умумий тушунча», «зоология», «ботаника», «минералогия», «одам анатомияси ва физиологияси» каби фанлар ўқитила бошланди. Мазкур ўқув фанлар бўйича ёзилган дарсликлар хажми ниҳоятда катта бўлиб, ундаги ўқув материаллар жуда мураккаб бўлгани сабабли ўқувчиларда ҳеч қандай қизиқиш уйғотмади. Фақат В.И.Даль томонидан ёзилган ботаника дарслиги экология ва табиатни муҳофаза қилиш бўйича бой маълумотга эга бўлгани учун у тушунарли бўлиб ўқувчиларда шу фанга нисбатан қизиқиш уйғота олди.2.Табииётшуносликни мактабларда ўқитилиши ва унинг методикаси.XIX асрнинг иккичи ярмига келиб Ч.Дарвиннинг органик олам эволюцияси тўғрисидаги таълимоти эълон қилингандан кейин олимлардан А.Н.Бекетов, К.А.Тимирязев мактаб табииётшунослик ўқув фанини асосий вазифаси ўқувчиларнинг мантиқий тафаккурни ривожлантириш ва тарбиялашдан иборат эканлигини эътироф этдилар. А.Н.Бекетов ўқувчиларнинг мустақил равишда мантиқий тафаккурини ривожланишида табииётшунослик муҳим аҳамиятга эга эканлигини қайд қилади. У табииётшуносликни ўқитишда қўргазма қуроллардан кенг фойдаланиш, тажрибалар олиб бориш ниҳоятда муҳим эканлигини таъқидлайди. А.Н.Бекетовнинг ўқитиш соҳасидаги фикрлари кўп жиҳатдан немис табииётшунос педагоги Август Любен (1804-1873) қарашларини эслатади. Табииётшуносликга бағишланган унинг дарслигида бу фаннинг тарбиявий аҳамияти, хусусан, ўқувчилар олиб борадиган мустақил ишларда, экскурсияларда уларни тадқиқот ишлар ўтказиш кўникмаларини ҳосил этиш лозимлиги таъкидланади. А.Любен методи бўйича ўқувчилар аввало органик оламнинг алоҳида вакиллари билан маҳаллий объектлар мисолида танишишлари керак. Бунда иложи борича табиий ўсимликлар, хайвонлар билан бошқа ҳолатларда эса уларнинг яхши ишланган тасвирлари билан машғулот олиб бориш лозимлиги уқтирилади. Ўқувчилар ўқитувчи таклиф этган режа асосида мустақил ўқув материалларини ўрганишлари бунда оддийдан мураккаб, маълумдан номалум томон йўналиш яъни индуктив метод асосий ўрин эгаллаши керак. Бироқ мактабларда кўргазмали воситаларнинг камлиги А.Любеннинг илғор методик кўрсатмаларини жорий этишга тўсқинлик қилди.Бундан ташқари А.Любен дарслигида диққат эътибор фақат ўсимликлар морфологияси ва систематикасига қаратилганлиги табиийки педагогик жамоатчиликни қаноатлантирмас эди. Бу эса ўз навбатида табииётшуносликнинг
мазмунига мос бўлган янги педагогик муаммоларни ҳал этиш зарурлигини кўрсатарди.Табииётшунос педагог А.Я.Герднинг (1841-1888) фаолияти ана шу муаммоларни ҳал этишга қаратилди.А.Я.Герд фикрича Любен табииётшунослигининг энг катта камчилиги унинг мазмунини замон талабларига мос эмаслигидир.А.Я.Герд ХIХ асрнинг табииётшуносликнинг йирик методисти саналади. Унинг қайд этишича мактаб табииётшуносликининг асосий мақсади ўқувчиларга ривожлантирувчи билим беришдан ҳамда билим олишдаги уларнинг мустақиллигини тараққий этдиришдан иборатдир.А.Я.Герд фаолиятида дарсларда тажрибаларни намойиш қилиш, экскурсиялар ўтказиш, амалий машғулотлар олиб бориш муҳим ўрин тутади. Олимнинг қайд этишича, табииётшуносликни ўқитишдан қўзланган вазифа организмларнинг хилма-хиллиги билан таништириш, уларнинг ҳаёти ёруғлик, харорат, намлик, хаво тупроққа ва бошқа организмларга боғлиқлигини тушунтириш, табиатдаги сабаб билан оқибатнинг ўзаро боғлиқлигини идрок этишдан иборат бўлмоғи керак.А.Я.Герд Дарвин томонидан асосланган эволюцион назария таъсирида бўлган ва ўз дарсликларига эволюцион принципни жорий этган. У мактаб табииётшунослик курси: 1. Анорганик дунё; 2.Ўсимликлар дунёси; 3. «Хайвонот дунёси», «Одам», «Ер тарихи» каби ўқув фанларидан тузилган бўлиши керак деб таъкидлайди.А.Я.Герд фаолияти туфайли табииётшуносликни ўқитиш методикаси педагогика фанининг алоҳида илмий шахобчаси сифатида эътироф этила бошланди.3.ХХ асрда биология ўқитиш методикасининг холати.ХХ асрдаги биология ўқитиш методикасига В.В.Половцов катта хисса қўшди. У 1907 йили “Табииётшуносликнинг умумий методика асослари” китобини нашр қилиб, унда методикага оид билимлар системасини ёритди. Половцов дарсликга киритилган ўқув материал мазмуни биринчидан шакл билан функциянинг бирлигига, иккинчидан ўсимлик ва ҳайвонлар ҳаёти уларнинг яшаётган муҳити билан боғлиқ ҳолда ўрганилишига, учинчидан бой биологик маълумот берадиган организмларни ўрганишга асосланиши кераклигини таъкидлайди. Бу жараёнда олим амалий машғулотлар, экскурсиялар нихоятда мухим ахамиятга эга эканлигини кўрсатиб ўтади. В.В.Половцов биринчи маротаба фан билан ўқув фани орасидаги ўхшашлик ва тафовутни очиб беради ва бу соҳада тадқиқот ишлар олиб бориш лозимлигини таъкидлайди. Табииётшунослик методикаси тарихида В.В.Половцов экологик билимларни тарғиб қилган олим сифатида юқори баҳоланади. 1917 йилдан бошлаб табииётшунослик фани биология фани деб атала бошланди.Бу даврда Москва ва Петербург методистлари биология ўқитиш савиясини ошириш, унинг таълим ва тарбиявий аҳамиятини очиб беришга харакат қилдилар. 1920-1930 йиллар мобайнида биология ўқитишнинг асосий муаммоси бўлиб назария ва амалиётнинг бирлигини жорий этиш ҳисобланади. Буни амалга ошириш учун билимлар ва кўникмалар яъни ўқув материали ўқув фанларга тақсимланмай, балки йил фаслларини эътиборга олиб долзарб мавзуларгамасалан «Табиат», «Қишлоқ билан шаҳарнинг боғлиқлиги», «Ердаги ҳаёт ва ҳаётий жараёнларнинг физик-химик асослари», «Экиш ва ўсимликларни парваришлаш» каби мавзуларга тақсимланган эди. Бундай комплекс дастурлар табиий равишда ўқувчиларга системали билим бера олмас эди, шунга кўра ўқув материалини лаборатория методи асосида ўрганиш тарғиб қилина бошланди. Натижада ўқувчилар синф дарслари ўрнига табиатни кузатиш, тажриба ўтказиш билан шуғуллана бошладилар. Лаборатория методи ўқув дастурининг асосий мақсади меҳнат, табиат ва жамият комплексни ўрганишдан иборат бўлган. Букомплекс ўқув дастурлари мактабларда ўқитиладиган ўқув фанлари орасидаги тўсиқни бартараф қилишга қаратилган эди. Лекин бундай комплекс ўқув дастурлари ўқувчиларга системали билимлар бера олмаслиги тезда маълум бўлиб қолди. Шунинг учун 1931 йилдан бошлаб хукумат қарори билан бошланғич ва ўрта мактаб ислоҳ қилинди ва таълим беришнинг асосий ташкилий шакли дарс бўлиши лозимлиги ўқтирилди. Шу пайтдан бошлаб мактабларда ботаника, зоология, одам анатомияси, физиологияси, дарвинизм ўқув фанлари мактаб режасига киритилди ва ана шу ўқув фанлар бўйича ўқув дастурлари ва дарсликлари яратилди, ҳамда мактаб ҳаётига жорий этилди.Бироқ 1964 йилга қадар мактаб дарсликларидаги билимлар биология фанининг 1930-40 йилларидаги ривожланиш холатини ёритиб келди. Ваҳоланки дидактиканинг илмийлик принципига кўра мактаб ўқув фанлари ўз мазмунига кўра фаннинг кейинги ютуқларини ўзида ифода қилиши лозим эди. Россия ва Ўзбекистонда чиқарилган биология дарсликларининг биология фани ютуқларидан орқада қолганлигига асосий сабаб шуки 1935-65 йиллар мобайнида биология фанида қаттиқ ғоявий кураш давом этди. Академик Т.Д.Лисенко бошлиқ бир гуруҳ олимлар чет мамлакатларда қўлга киритилган фан ютуқларини тан олмадилар ва уларни буржуа олимларининг кашфиётлари, улар ғоявий жиҳатдан бизнинг дунёқарашларимизга зид деган баҳона билан биология фанининг сўнгги ютуқларини дарслик сахифаларидан ўрин олишига тўсқинлик қилдилар. Фақат 1964 йил октябрь ойида академик Лисенко шахсияга сиғиниш барбод бўлганидан кейин мактабдаги барча биологик дастур ва ботаника, зоология, одам анатомияси, физиологияси, умумий биология дарсликлари мазмунига генетика, экология, цитология, биохимия, молекуляр биология ва шу каби фанларнинг сўнгги ютуқлари киритилди. Янги дарслик билан бирга уларнинг ўқитиш методикасига оид қўлланмалар ҳам нашр қилинди.
Булар қаторига проф. П.И.Боровицкий таҳрири остида чиққан “Биология
ўқитиш методикаси” М.1962, проф.Б.В.Всесвятскийнинг Биологиянинг умумий ўқитиш методикаси” М.1960, Н.М.Верзилин ва В.М.Корсунскаяларнинг
“Биология ўқитишнинг умумий методикаси” М.1983, проф. И.Н.Понамарёва тахрири остида нашр қилинган “Биология ўқитишнинг умумий методикаси” М.2003 кабиларни киритиш мумкин. 4.Ўзбекистонда биология ўқитиш методикаси.Республикамизда биология ўқитиш методикасига оид тадқиқотлар ХХ асрнинг иккинчи ярмидан бошланади. Ўзбекистонда собиқ Иттифоқ марказида нашр қилинган дарсликлар жорий этилгани ва ундаги кўпгина ўқув материаллар нотаниш бўлгани сабабли, ўқувчиларнинг билим даражаси паст эди. Шу сабабли республика методист олимларининг эътибори мактаб ботаника, зоология, умумий биология дарсларида маҳаллий материаллардан фойдаланиш муаммосини ечишга қаратилди. (Е.М.Бельская, А.Е.Сухарев, А.Т.Ғофуров). Шу билан бир вақтда ботаник, зоологик билимларни мактаб тажриба ер участкасида ва тирик бурчакгида олиб борилаётган амалий ишлар билан боғлаш масалалари тадқиқ қилинди (М.Жабборов, Т.Исхаков, Х.Шокиров).1961 йили Низомий номидаги Тошкент Давлат педагогика институти (ҳозирги пед. университет)да “Биология ўқитиш методикаси” кафедраси ташкил қилинди. Мазкур кафедрани ташкил этилганлиги бир томондан юқори малакали методист олимларни тайёрлашга, иккинчи томондан биологияни ўқитишдаги турли мавзулар бўйича илмий тадқиқот ишларни олиб боришга имкон яратди.Биология ўқитиш методикаси кафедраси фақат Ўзбекистон учун эмас, балки қардош Қозоғистон, Туркманистон, Тожикистон, Қирғизистон республикалари учун ҳам 15 дан ортиқ юқори малакага методист олимлар-фан номзодлари етиштириб берди. Методист олимлардан И.А.Норбеков, М.Махкамов, А.Т.Ғофуров ботаника, зоология фанидан ўтказиладиган экскурсияларнинг хиллари, уларни ўтказиш методикаси, унда ўқувчилар томонидан олиб бориладиган кузатишлар, тажрибаларни ҳал қилдилар.Мактаб ботаника курсини ўқитишга бўлган дидактик талаблар, ботаника дарсларида ўқувчиларнинг билиш фаолиятини фаоллаштириш масалалари Е.М.Бельскаянинг “Ботаника дидактикаси” қўлланмасида ўз ифодасини топди. М.Ортиқов эса ўзининг мактабларда ўтказган тажрибаларига асосланиб, биология дарсларида экран воситалари (ўқув фильмлари, диафильмлар, диапозитивлар)дан фойдаланиш ўкувчиларда биологик ўкув материалини ўзлаштиришга бўлган қизиқишини орттиришига, уларнинг билимини мустахкам бўлишида алохида ахамиятга эга эканлигини исботлаб берди. Ж.Толипова дарсларни хилма хиллаштириш, ноанъанавий дарслар (семинар, конференция, муаммоли мунозарали) ўтказиш ўқувчиларнинг билиш фаолиятини фаоллаштиришда, мустақиллигини ривожлантиришда, пухта билим эгаллашларида катта роль ўйнашини кўрсатиб берди. Мактабдаги билимлар тушунчалардан ташкил топган. 1950 йиллардан бошлаб Н.М.Верзилин бошлиқ бир гуруҳ рус методистлари хусусий биологик тушунчаларни тадқиқ қилдилар. Улардан фарқли равишда 1970 йилдан бошлаб А.Т.Ғофуров умумбиологик тушунчаларни, хусусан, “хужайра”,”моддалар ва энергия алмашинуви”, “ирсият ва ўзгарувчанлик”, “органик олам эволюцияси” каби тушунчаларни ўқувчилар қандай ўзлаштириши ҳақида кузатиш, тажриба ишларини олиб борди ва бу сохада “умумий биологик тушунчаларни шакллантириш” деган мавзуда ўқув методик қўлланма яратди. Одам анатомияси ва физиологияси ўқув фани бўйича лаборатория машғулотларини олиб бориш тўғрисида А.М.Қодировнинг ўқув қўлланмаси мактаблар ҳаётида кенг қўлланилмоқда. Маҳаллий материалларга асосланган ҳолда синфдан ташқари машғулотларни қандай шаклда мазмунда ўтказиш кераклиги А.Т.Ғофуров, С.К.Хабироваларнинг қўлланмасида ёритилган. Қўлланмада айрим ўқувчилар, ўқувчилар гурухи ҳамда оммавий равишда ташкил этиладиган синфдан ташқари машғулотларнинг хиллари, уларнинг мазмуни ва ўзаро боғлиқлиги мактабларда ўтказилган педагогик тажрибалар асосида очиб берилган. Кейинги пайтларда экологик мувозанатнинг бузилиши оқибатида сув, ҳаво, тупроқ турли чиқиндилар билан ифлосланиши ортиб бормоқда. Бу эса ўз навбатида ўсимликлар ва ҳайвонотлар, одамлар ҳаётига хавф солмоқда.
11.Orta Osiyoda tabiatshunoslikni oqitish uslubiyati faniga asos solgan faylasuf lar haqidagi malumotlarni korsating?
Abu Ali ibn Sino butun musulmon Sharqning ulkan qomusiy aqli, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyandalaridan biridir. Ibn Sino orta asr fanining turli sohalari - falsafa, tibbiyot tabiatshunoslik, badiiy adabiyot boyicha yozgan asarlari bilan ochmas iz qoldirgan,
12.Ibn Sinoning tabiatshunoslik sohalariga qoshgan hissasi ha
qida malumotlarni korsating?
Jahon tabobat ilmi rivojiga Buxorolik buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino kata xissa qo’shgan. Abu Ali Ibn Sino (980-1037) tabiatning obyektiv borligiga ishonch hosil qiladi.Toglar uning fikricha suv ta’sri yoki yerning ko’tarilishi natijasida paydo bo’lgan. Yerning ba’zi joylari bir vaqtlar dengiz tubi bo’lgan shuning uchun ba’zi joylarda suvda yashaydigan hayvonlaning qoldiqlari uchraydi. Masalan; chig’anoqlar uchraydi.Ibn Sino o’z asarlarida o’simliklar,hayvonlar va odam o’zaro o’xshash,chunki ularning barchasi oziqlanadi, ko’payadi va o’sadi deb o’qtirdi.O’simliklar rivojining quyi bosqichida hayvonlar o’rta bosqichida odam esa yuqori bosqichda turadi.
13.Oqitish metodi usulubi haqida bilimlaringizni yoriting?
O’qitish metodi esa — bu o’qituvchining bilimlar berish va ularni o’quvchilarning o’zlashtirib olish usulidir. Metodning bu ta‘rifi uning ikki bir-biriga bog’liq tomonlari:
beruvchi, ta‘sir qiluvchi – o’qituvchi;
qabul qiluvchi, o’zlashtiruvchi - o’quvchilarni ifodalaydi.
Bu o’zaro ta‘sir qilishning xarakteri bilim manbaiga bog’liqdir. Bilim manbai o’quv materialining mazmuni bilan belgilanadi, u ta‘lim jarayonida yetakchi hisoblanadi.
Tabiatshunoslikni o’qitish amaliyotida turli xil o’qitish metodlari qaror topgan. Biroq Ushbu ancha muhim belgilarga qarab ularni quyidagicha guruhlashtirsh mumkin:
a) o’quvchilar bilim oladigan manbalar;
b) o’quvchilar faoliyatining xarakteri;
v) o’qitish jarayonida o’quvchilar faoliyatining xarakteri.
Bu uch belgi o’rgatish va o’rganishni bir butun jarayon sifatida tushunishdan kelib chiqadi. Bunda o’qituvchining (o’rgatuvchining) va o’quvchining (o’rganuvchining) faoliyatlari o’zaro bog’langan va taqazo qilingan, bilim manbalari esa o’qituvchining faoliyati Bilan o’zaro chambarchas bog’lanishda bo’ladi
14.Oddiy va Murakkab tushunchalar deb nimaga aytiladi, fikringizni misollar bilan korsating?
15.Maxsus tushunchalar deb nimaga aytiladi fikringizni misollar bilan korsating?
16.Umumbiologik tushunchalar deb nimaga aytiladi fikringizni misollar bilan korsating?
17.Biologiya oqitish uslubiyati va boshqa fanlar bilan boglanishini nazariy jihatdan tushintirib bering?
Biologiya o‘qitish uslubiyati pedagogikaning bir qismi bo‘lgan didaktika bilan juda yaqin aloqadadir. Agar didaktika o‘quvchilar tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni o‘zlashtirish qonunlarini o‘rgansa, va u maktabdagi barcha o‘quv fanlari uchun o‘qitish nazariyalarini va prinsiplarini ishlab chiqsa, biologiya o‘qitish uslubiyati biologiya bilan bog‘liq o‘qitish va tarbiyalash mazmuni, shakllari va uslublari hamda vositalari bilan bog‘liq nazariy va amaliy masalalarni ishlab chiqadi.
Biologiya o‘qitish uslubiyati psixologiya bilan uzviy aloqadadir. Chunki biologiyani o‘qitish o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lgan taqdirdagina samara beradi. Masalan, o‘smirlarda, ya’ni V-VI sinf o‘quvchilarida diqqat beqaror bo‘lgani sababli biologiya o‘qituvchisi dars jarayonida bir necha uslublardan foydalanib, o‘quvchilar faoliyatini almashtirib turadi hamda ularning tafakkurini aniq ekanligini e’tiborga olib, ko‘rgazmali vositalardan ko‘proq foydalanadi. Yuqori sinflarda esa o‘quvchilar diqqati barqarorlashgani va ularda abstrakt tafakkur rivojlangani uchun darslar ko‘proq ma’ruza shaklida o‘tkazilishi va bir, ikki uslubdan foydalanish kifoya qiladi.
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fani bilan uzviy aloqador. U biologik fanlarning deyarli barcha sohalari: botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, sitologiya, biokimyo, embriologiya, sistematika, ekologiya, evolutsion ta’limot, antropologiya molekular biologiya fan asoslarini o‘zida ifoda qiladi. Tirik tabiat vakillarining tashqi, ichki tuzilishini hayot faoliyatini tashqi muhit bilan aloqasini to‘g‘ri tushuntirish o‘simlik, zamburug‘, hayvon, mikroorganizmlarni aniqlash, ulardan mikro va makropreparatlar tayyorlash, ular ustida kuzatish, tajribalar olib borish, o‘qituvchidan yaxshi nazariy bilim, amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Lekin maktab biologiya o‘quv fani bilan biologiya fani orasida muhim tafovutlar borligini o‘qituvchi yaxshi bilishi kerak. Biologiya fanining asosiy maqsadi tirik va o‘lik tabiat to‘g‘risida tadqiqot o‘tkazish orqali yangi bilimlarni hosil qilish bo‘lsa, maktab biologiya o‘quv fanining maqsadi, o‘quvchilarning yoshiga mos ravishda ularga biologik bilimlar, ya’ni biologik tushuncha, qonunlar, nazariyalar berishdan va ularni tushuntirishdan iborat. Maktab biologiya kursida fan emas, balki fan asoslari – o‘quvchilar uchun zarur asosiy ma’lumotlar mujassamlashgan. Shu bilan birga, maktab biologiya kursi “Kichik fan” emas, balki o‘quvchilarning rivojlanishi va tarbiyasiga ko‘mak beruvchi biologiyaning asosiy tushunchalar sistemasi sanaladi.
18.Botanikani organishda eng muhim narsalar deyilganda nimalar tushunaladi?
O‘simlik havoni kislorodga boyitadi, planetamizda tirik mavjudot uchun organik moddalarni vujudga keltiradi.
Mana shu kabi tushunchalardan iboratdir.
19.Usul ozining umumiy manosida:
Usul o‘zining umumiy ma’nosida maqsadga erishishdagi ma’lum tartibga solingan faoliyatdir.
Tartibga solingan faoliyatdir.
20.Oqitish usuli va mohiyati haqida bilimlaringizni bayon qiling?
O‘qitish usuli o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlari birligini aks ettiradi. Shu boisdan o‘qitish usuli o‘qituvchining bilim berish usuli va ayni paytda, ularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olish usulidir.
O‘qitish usulining yuqoridagi ta’rifidan ikki bir-biriga bog‘liq tomoni, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O‘qitish usulini tanlashda har ikkala tomonni hisobga olish zarur. Tanlangan usul o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan taqdirda kutilgan natijani beradi
21.Biologiya oqitish amaliyotida oqitish usullari muhim belgilariga qarab qaysi guruhlarga ajratish mumkin?
N.M.Verzilin va V.M.Korsunskayalar biologiya ta’limida 3 xil usuldan foydalanish haqida yozadilar. Fikrimizga ushbu mualliflarning biologiya ta’limida og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy usullardan foydalanish haqidagi ko‘rsatmalari ancha sodda va to‘g‘ridir. Chunki o‘quv materialini o‘rganishda o‘quvchilar uni eshitish, tinglash, ko‘rish yoki ularga ma’qul amaliy mashg‘ulotlarni boshqarishlari zarur bo‘ladi. Shu boisdan ham biz hozirgi davrda biologiya ta’limida yuqorida ko‘rsatilgan uch xil usulga asoslanamiz. Ma’lumki, biologiya ta’limida qo‘llaniladigan og‘zaki ko‘rgazmali va amaliy usullar o‘qituvchi va o‘quvchilardan dars materialini o‘rganishda turlicha faoliyatda bo‘lishligini taqozo etadi. Ushbu usullar qo‘llanilganda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini jadvaldan ko‘rish mumkin.
Jadvaldan ko‘rinib turganidek, bir xil usullar qo‘llanilganda bilim so‘z vositasida, boshqalarda esa o‘quvchiga bilim manbayi bo‘lib ko‘rgazmali qurollar yoki o‘zi bajargan ishi xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |