O`rta Osiyo allomalarining tabiatshunoslikni òqitish fanining shakllanishi va rivojlanishiga qòshgan hissalari(Amir Temur,Mirzo Uluģbek,Z.M.Bobur)
14-asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda ogʻir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni taqozo qilmoqda edi. Amir Husayndan koʻra Amir Temur zamonining bunday talabini yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham oʻz faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnaxrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur tarqoq mamlakatni birlashtirishga kirishar ekan, kurashni avvalo ichki gʻanimlaridan boshlaydi. 1370-yil bahorida Amir Temur amir Husaynga qarshi yoʻlga chiqadi. Qoʻshin Termiz yaqinidagi Biyo qishlogʻiga yetganda makkalik shariflardan Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) — 1405-yil, 18-fevral, Oʻtror sh., Samarqandda (dafn etilgan) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-an va madaniyat homiysi,uning zakovati juda ham kuchli edi. U o'ng qo'lda ham chap qo'lda ham bir xil qilichini o'ynatar edi.
Mirzo Ulugʻbek davrida Samarqand gullab-yashnadi. Uning farmoyishibilan 1417-yilda Buxoroda, 1420yilda Samarqandda va 1433-yilda Gʻijduvonda madrasalar barpo etildi. Marv shahrida xayriya muassasalari qurildi. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli qurilishlari nihoyasiga yetkazildi. Shuningdek, Ulugʻbek karvonsaroy, tim, chorsu, hammom kabi talay jamoat binolari ham barpo ettirgan. Samarqanddagi XV asr meʼmorchiligining nodir namunalaridan biri Ulugʻbek rasadxonasidir. Bu inshoot Ulugʻbek farmoyishi bilan 1428-1429-yillarda Koʻhak tepaligida bunyod etilgan.
Bobur 18—19 yoshlarida ruboiy va gʻazallar yoza boshlagan. Uning „Topmadim“ radifli gʻazali va „Yod etmas emish kishini gʻurbatda kishi“ misrasi bilan boshlanuvchi ruboiysi oʻsha yillardagi hayoti bilan bogʻliq.
Boburning ulkan sanʼatkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini jiddiy umumlashma darajasiga koʻtara oladi va natijada asarlarida olgʻa surilgan gʻoyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga koʻtariladi. Bobur ijodida, xususan, sheʼriyatida kindik qoni toʻkilgan ona yurtini dildildan qoʻmsash, uning tuprogʻiga talpinish, gʻariblik azoblaridan oʻtli hasrat, yoru diyor soginchi va visol ilinji, takdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona nosoʻzliklaridan nola badiiy tahlil etiladi.
Bobur ijodida ishq-muhabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzusi ham salmoqli oʻrin tutadi. Uning gʻazal va ruboiylarida, tuyuq va masnaviylarida maʼshuqaning maftunkor goʻzalligi, beqiyos husnu latofati, sharqona odobu axloqi, nozu karashmasi yengil va oʻynoqi, musiqiy va ravon misralarda katta mahorat bilan tarannum etiladi.
Boburning uz sheʼriy asarlarini toʻplab, devon holiga keltirgan sanani koʻrsatuvchi aniq tarixiy maʼlumotlar maʼlum emas. Ammo „Boburnoma“ning 1518—19-yillar voqealari bayoniga bagʻishlangan faslida Bobur devonini Kobuldan Samarqandga yuborganligi toʻgʻrisida soʻz boradi. Demak, shu yillarda uning devoniga tartib berilgan va mazkur devon Movarounnahrda ham tarqalgan.
Hozirda uning 119 gʻazali, bir masnu sheʼri, 209 ruboiysi, 10 dan optiq tuyuq va qitʼalari, 50 dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan. Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham oʻrin olgan.
O'rta Osiyo mutafakkirlarining ilg'or g'oyalari. Uyg'onish davridagi tabiiyot ilmining, shuningdek, G'arbiy Yevropadagi tabiiyot ilmining yutuqlari umumiy biologiya, anatomiya, fiziologiya va psixologiyaning rivojlanishi uchun asos bo'ldi. Tabiatning evolutsion rivojlanish nazariyasi, soddadan murakkabga o'sib borish, o'zgaruvchanlik, birlamchi va ikkilamchi signal sistemalari, tabiiy va sun'iy tanlash masalalari O'rta Osiyo olimlari tomonidan G'arbiy Yevropa olimlaridan 800—900 yillar oldin asoslanib berilganligi fikrimizning dalilidir.
O'rta Osiyoda yashab o'z asarlari bilan tabiiy fanlar rivojiga barakali hissa qo'shgan olimlar Ibn Sinoning ustozi tabiatshunos Abu Abdullo Natiliy (X—XI asr), botanik (hashshob) Abu Hanifa Dinavariy (815—896), Xotam Roziy, Abu Bakr ar- Roziy, Naabulisiy, Mirzo Ulug'bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqalardir.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ular hadida shunday degan edilar: «Yurtimizni azaldan daholar yurti deb, haqli ravishda hamisha faxrlanib kelamiz. Imom Buxoriy, Ibn Sino, Beruniy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Mirzo Bobur kabi buyuk allomalarimiz o'zlarining yorqin iste'dodlari bilan butun jahonga dong taratganJar, bularni biz kelajak avlod ongiga singdirib borishimiz kerak».
Dong'i dunyoni tutgan mutafakkirlarimizning insonni o'rab turgan tabiat bilan aloqalari haqidagi qarashlari bilan qisqacha tanishib o'tamiz.
Al Xorazmiy. Abu Abdullo Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyjahon matematika fanining asoschilaridan bo'lgan O'rta Osiyo olimlaridan hisoblanadi.
Al Xorazmiy IX asr boshlarida Bag'dodda O'rta osiyolik olimlar Al Ahmad Ibn Kasir al-Farg'oniy, Abbos ibn Javhariy bilan «Ma'mun akademiyasi» (Bayt ul hikmat)ni boshqara boshlaydi.
Bag'dod xalifasi Ma'mun al-Xorazmiyga «Yer va Osmon xaritasi»ni tuzish ishini boshqarishni topshirdi. Xarita ustida olimlar
84 yil davomida tadqiqot ishlarini olib borishdi. Xorazmiy bu tadqiqotlarni umumlashtirib «Yerning tasviri» nomli asarini yozib, geografiya faniga asos soldi. Bu asar butun dunyo, qit'alar, okeanlar, qutblar, ekvator, sahrolar, ko'llar, o'rmonu barcha mamlakatlar, o'lkalar, u yerdagi hayvonot va o'simliklar dunyosi, boshqa tabiiy xom ashyolar, aholi, ularning tarqalish xususiyatlari, urf-odatlari, hunarlari, zichligi haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga ofgan.
Xorazmiy dunyodagi birinchi geografik atlas (xaritalar majmuasi)ni tuzishga katta hissa qo'shgan.
Xorazmiy astronomiya sohasida ham anchagina ishlar qilgan. U kuzatishlar asosida hindlarning astronomiya jadvallarini har tomonlama tahlil qilib, yangi astronomik jadvallar tuzdi. Uning rahbarligida Yer kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida Yer meridianining bir gradusi o'lchab chiqilgan. Xorazmiyning astronomiyaga oid asari, Yerning o'lchami haqidagi fikrlari, O'rta Sharq, Yevropada astronomiya fanining rivojiga ulkan hissa bo'lib qo'shilgan.
Mashhur o'zbek matematigi Muso al-Xorazmiy hozirgi zamon algebra fani va «Algoritm» sohasining «otasi» hisoblanadi. «Algebra» «Al jabr» asaridan, «Algoritm» esa uning nomi al-Xorazmiydan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |