Mexanik; gidromexanizatsiya; portlatish; qo’l kuchi yordamida
.
Bulardan tashqari bu usullar bir vaqtning o’zida birgalikda ham qo’llanilishi
mumkin.
Misol
uchun:
mexanik
portlatish,
qo’l
kuchi;
mexanik-
gidromexanizatsiya va h. k.
Mexanik usulda
— gruntga ishlov berilganda, qazish, to’kish, tashish va
joylashtirish ishlari qurilish va melioratsiya mashina — mexanizmlari yordamida
amalga oshiriladi. Mexanik usulda yer ishlari umumiy hajmlarining 95 % dan ortiq
qismi bajariladi va suv xo’jaligi va melioratsiya ishlarini bajarishda va boshqa
sohalarda ham eng universal usul hisoblanadi.
Gidromexanizatsiya usulida
— gruntga ishlov berilganda, qazish, tashish,
to’kish va joylashtirish ishlari, gidravlik qonunlarga asoslangan holda, suv
yordamida bajariladi. Gidromexanizatsiya usulida yer ishlari umumiy hajmlarining
4 % dan ortiq qismi bajariladi. Bu usul suv xo’jaligi va melioratsiya ishlarida,
asosan, birikmaydigan va kam birikuvchan gruntlar mavjud hududlarda qurilish
ishlarida, ichki zax qochirish va sug’orish tarmoqlarini cho’kindilardan tozalashda,
yirik kanallar boshlanishidagi tindirgichlarni tozalashda yakka-yu yagona usul
sifatida qo’llaniladi.
Portlatish usulida
— gruntlarni qazish, tashish, yotqizish va yumshatish
ishlari portlovchi moddalarni qo’llash orqali bajariladi.
Mexanik va gidromexanizatsiya usullari
ni gruntga qo’llab bo’lmagan
taqdirda yoki qisqa vaqtda katta hajmda yer ishlarini bajarish lozim bo’lsa,
portlatish usuli qo’llaniladi. Misol uchun tog’ jinslarini, muzlagan va qattiq
gruntlarni yumshatish va boshqa hollarda.
Portlatish ishlarini tashkil qilishda
har xil mashina va mexanizmlar
yordamida zaryadlarni joylashtirish uchun quduqchalar qaziladi. Qazilgan
quduqchalarga zaryadlar joylashtirilib portlatiladi. Zaryad portlashi natijasida
yuzaga keladigan energiya hisobiga yer ishlari bajariladi. Portlatish usulida yer
ishlari umumiy hajmining 1 % gacha qismigina bajariladi.
Portlatish usulida yer ishlarini bajarishning qulayligi:
— yer ishlarini qisqa vaqt ichida bajaradi;
— har qanday grunt turiga ham qo’llash mumkinligi;
— portlash doirasida bo’lgan gruntlarning xususiyatlariga faol ta’siri
(zichlash, yumshatish, yoriqlar hosil qilish va boshqalar);
Portlatish usulida yer ishlarini bajarishning kamchiliklari:
— sun’iy inshootlar, tik va qiya holatda mustahkam joylashmagan tog’
jinslariga seysmik ta’siri (tebranish, to’lqin ta’siri);
— portlash vaqtidagi xavf-xatar;
— nisbatan yuqori darajadagi tannarx.
Suv xo’jaligi va melioratsiya qurilishida portlatish usuli quyidagi yer ishlarini
bajarishda qo’llaniladi:
1) tosh konlarida tog’ jinslarini maydalashda; qattiq grunlarda inshoot
kotlovani va kanallar qazishda, tonnel, shaxta va boshqa yer osti inshootlarini
qazishda;
2) yer ishlarini bajaruvchi mashinalami yoki gidromexanizatsiya usulini
qo’llash uchun qattiq va muzlagan gruntlarni maydalashda;
3) tabiiy sharoiti qulay bo’lgan joylarda gruntni parchalash va inshoot
tanasiga joylashtirishda (damba, to’g’on va boshqalar);
4) qazilma kanal, transheya, suv havzasi, uncha katta bo’lmagan kotlovanlarni
qazishda;
5) daryolarni chuqurlashtirish va kanallarni tozalashda;
6) vaqtinchalik grunt va beton inshootlarni buzishda;
7) muz oqimi davrida gidrotexnik inshootlarni muzdan himoya qilishda.
Portlatish ishlarini tashkil qilish
Portlovchi moddalar portlaganda kimyoviy reaksiyalar ta’sirida, qisqa vaqt
ichida, kuchli gaz bosimi hosil bo’ladi va gruntlar parchalanadi yoki irg’itilib
tashlanadi. Portlovchi moddalar, asosan, quyidagi talablarga javob berishi zarur:
— uncha katta bo’lmagan mablag’ bilan ish bajarish mumkinligi;
— yaxshi saqlanishi, tashib kelish vaqtida bexavotirligi;
— uzoq vaqt saqlash mumkinligi va yetarli darajada quvvatga egaligi.
Portlovchi moddalarning, asosan, uch guruhi yer ishlarini bajarishda qo’llaniladi:
1) ammiakli-selitrali (NH
4
NO
3
);
2) trotil (nitratli birikmalar) C
6
H
2
(NO
2
)
3
CH
3
;
3) ular aralashtirilgan va portlash kuchini oshiradigan qo’shimchalar bilan.
Portlovchi moddalar portlaganda hosil bo’ladigan kimyoviy reaksiyaga qarab,
hosil bo’lgan gazlar tezligi quyidagicha bo’ladi:
— yuqori detonatsiya tezlikli (5000—7000 m/sek) brizant portlovchi
moddalar qattiq jinslarni va qoyatoshlarni parchalashda qo’llaniladi;
— gruntni irg’itish yo’li bilan qazilma hosil qilishda irg’ituvchi portlovchi
moddalar qo’llaniladi, ular hosil qiladigan detonatsiya tezligi 3000-3500 m/sek.
Portlovchi moddalar olovli yoki elektr usuli bilan portlatiladi.
Olovli usulida kapsula-detonatorlar, olovlantirgich shnurlar (yonish tezligi
5—10 mm/sek) va detonatsiyalovchi shnurlar (detonatsiya tezligi 7000 m/sek)
portlatgich vazifasini bajaradi (4.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |