Mavzu: Seminar va laboratoriya mashg`ulotlarini tashkil etish va o`tkazish uslubiyoti



Download 65,01 Kb.
bet1/8
Sana27.03.2022
Hajmi65,01 Kb.
#512784
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
seminar va laboratoriya mashg`ulotini tashkil etish uslubiyoti


Mavzu: Seminar va laboratoriya mashg`ulotlarini tashkil etish va o`tkazish uslubiyoti
Reja:

  1. Seminar mashg`ulotining mohiyati. Seminar turlari.

  2. Seminar mash`ulotini tashkil etish va o`tkazish.

  3. Seminar mashg`ulotiga tayyorlanish: O`qituvchining seminar mashg`ulotiga tayyorlanishi, talabaning seminar mashg`ulotiga tayyorlanishi

  4. Laboratoriya mashg`ulotining mohiyati. Laboratoriya mashg`ulotining turlari.

  5. Laboratoriya mash`ulotini tashkil etish va o`tkazish tartibi.

Tayanch tushunchalar: Seminar, klassik (an’anaviy) seminar, muammoli, ijodiy, evrestik, maxsus, refleksiv, jamoaviy, guruhli seminar, seminar oldi seminar, talaba faoliyati, o`qituvchi faoliyati, frontal, aralash, sikilli laboratoriya mashg`uloti.



  1. Seminar mashg`ulotining mohiyati. Seminar turlari.

Seminar (lotinchadan tarjimada-“ko’chatzor”) mashg’uloti – talabalar faol ishtirok etadigan ta’limni guruhli tashkil etish shakli bo’lib, o’tilganlarni mustahkamlashga yo’naltirilgan ta’limning diolog ko’rinishdagi turi. Seminar – bu o‘qituvchini ta’lim oluvchilar bilan faol muloqotga kirishishiga yo‘naltirilgan, nazariy bilimlarni amaliy faoliyatda amalga oshirish uchun zaruriy shart-sharoitni ta’minlovchi ta’limni tashkil etish shaklidir.
Seminar quyidagi maqsadlarga erishish uchun qo‘llaniladi:
1) nazariy materialni tartibga solish;
2) bilimlarni mustahkamlash;
3) ko‘nikma va malakalarni hosil qilish;
3) bilimlarni nazorat qilish.
Seminar mashg‘ulotlarining vazifasi – darslarda bayon qilingan nazariy fikrlarni konkretlashtirish, chuqurlashtirishdan, talabalar bilimini tekshirish va mustahkamlashdan, fan bo‘yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, talabalarning ilmiy-tadqiqot, bilish qobiliyatlarini o‘stirish, adabiyotni o‘rganish ko‘nikmasini hosil qilish, uni konspekt qilish, suhbatlar, dokladlar, ota-onalar uchun konsultatsiyalarning plan va konspektlarini tuzishdan, kursning konkret temasini og‘zaki bayon qilish qobiliyatiga ega bo‘lishdan iboratdir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, seminar mashg’ulotining asosiy vazifalari quyidagilar:
1. Ilgari olingan bilimlarni mustahkamlash vazifasi - mustaqil tayyorgarlik, muhokama qilishda va axborotlarni mashg’ulotda og’zaki suhbatlashish jarayonida.
2. Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish vazifasi - birinchi manbalar bilan mustaqil ishlash, referat va xabarlar tayyorlash.
3. Mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish vazifasi – mustaqil izlanish, axborotlarni tanlash va qayta ishlash tufayli.
4. Intelektual faolyatni stimullashtirish (rag’batlantirish) vazifasi – aqliy va esda saqlash faoliyati tufayli.
Seminar - o’qituvchi va talaba pedagogik muloqotining mahsulidir. Seminar mashg’ulotida do’stona yaqinlik, ilmiy ijodiy muhit, o’zaro bir birini tushunish bo’lganligi uchun u bir umr talabaning yodida qolishi mumkin. Bundany seminarlar ko’pincha axil jamoaning tizimli ilmiy ijodiy ishi darajasiga ko’tarilad
Seminar mashg‘ulotlari uchun kursning eng muhim va murakkab masalalari shuningdek, adabiyotlarda etarli darajada to‘liq yoritilgan va o‘kuvchilarning o‘zlari mustaqil ravishda o‘rgana olishlari mumkin bo‘lgan masalalar tanlab olinadi.
Seminarning har bir temasi bo‘yicha talabalarga adabiyotlar ro‘yxatini berish, topshiriqning xarakterini belgilash, uni bajarish plani va hisobot formasini ko‘rsatish kerak. Adabiyotlarni o‘rganayotganda talabalar konspekt yoki ota-onalar uchun konsultatsiyalarning tekstlarini tuzadilar.
Pedagogika nazariyasi va amaliyotida seminar mashg‘ulotlarining talabalar faolligi va ko’rilayotgan muammo mazmunining xususiyatlaridan kelib chiqib seminar mashg’ulotining quyidagi turlari farqlanadi:
Klassik (an’anaviy) seminar – muammoning muhokamasida turli nuqtai nazar ko’rib chiqilib, tayinlangan qahramonlar (6-8 kishi) o’z fikrlarini bayon qiladilar. Odatda seminarlarning ishtirokchilari quyidagilardir: ma’ruzachi (asosiy qoida, nizom, hodisalarni, asosiy fikr bayonotini), ma’ruzachiga qo’shimsa qiluvchi (ma’ruzachining aytgan fikrlarni, qoidalarni, quvvatlaydi, ko’rsatib beradi), muxolif (boshqacha nuqtai nazar bilan yondashib, qarama-qarshi fikrlarni keltiradi), ekspert (fikr va qarama qarshi fikrlarni qiyosiy tahlil qiladi), sun’iy yo’ldan ozdiruvchi (kutilmagan misollar, “ilmoqli” savollar beradi), assisent (moddiy-texnik ta’minotni amalga oshiradi).
Muammoli seminar – muammoni jamoa bo’lib hal qilish, ijodiy munozara. Muammoni bir necha bosqichda ko’rib chiqiladi. 1- bosqich muammoning qo’yilishi va anglanishi, 2-bosqich muammoga echim topish uchun variantlarning yuzaga kelishi, 3- bosqich tavsiya qilingan echimni quvvatlab unga dalillar izlash, 4-echim variantlarining ko’proq ishonarlilarini tanlab olish, 5-bosqich tanlab olingan echimni tanqid qilish, 6-bosqich tanqidga dosh beradigan echimlarni tanlab olish,7-bosqich tanlab olingan echimlarni amalda qo’llanilish yo’llarini o’ylab ko’rish, 8-bosqich muammoni hal qilish yo’llari muxokamasi 9-bosqich umumlashtirish va xulosa chiqarish.
Reproduktiv seminar - mashg’ulotni o’tkazish talabalarning esda saqlash qobiliyatlarini faollashtirishga, ma’ruza jarayonida o’zlashtirilganlarni eslab va qayta gapirib berish, birinchi manbalar va o’quv materiallari bilan mustaqil ishga yo’naltirilgan.
Ijodiy seminar - mashg’ulot talabalarning tafakkur faoliyatini faollashtirishga yo’naltirilgan, shuning uchun egallangan axborotni qayta xotirada tiklash emas balki, uni tahlil qilish, umumlashtirish, tanqidiy baholash, taqqoslash muhim hisoblanadi.
Analitik seminar - mashg’ulot o’tkazish darslikdagi matnni, birinchi manbalarni mustaqil o’rganishga va tahlil qilishga yo’naltirilgan.
Evristik seminar - mashg’ulot o’tkazish talabalarning bilimlarini vaziyatni o’zgartirishga yo’naltirilgan. Bunday seminarga tayyorgarlik ko’rishda talabalar bo’sh vaqtlarida yoki tajriba mashg’ulotlaridagi nazariy anglangan tadqiqot 6 natijalari asosida kichik ma’ruza va chiqish nutqi tayyorlaydilar.
Nazoratli-umumlashtiruvchi seminar-mashg’ulot katta mavzuning oxirida, o’quv fanining biror bo’limini o’zlashtirishga yo’naltirilgan bo’lib, bilimlarni tizimlashtirishga va yakuniy nazoratlarga tayyogarlikni shakllantirishni nazarda tutadi

Download 65,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish