Xotira haqida umumiy tushuncha



Download 52,5 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2022
Hajmi52,5 Kb.
#676134
  1   2   3   4
Bog'liq
1545057399 73351


Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalar mnestik faoliyatining xususiyatlari


Reja:
1.Xotira haqida umumiy tushuncha.
2.Nutq buzilishlarida xotira xususiyatlari.
3.Nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarning xotirasini o‘rganish uslubiyatlari.
Xotira haqida umumiy tushuncha
Xotira – bu individ orqali tajribasining eslab qolinishini saqlanishi va kelgusida qayta tiklanishi. Xotiraga, shuningdek, unutish ham kiradi. Bu jarayonlar faoliyatda shakllanadi. Materialni eslab qolish, hayot faoliyati jarayonida individual tajribaning to‘planishi bilan bog‘liq. Eslab qolinganni kelgusida qo‘llash uchun qayta tiklashi zarurdir. Xotirada materialni saqlash, uning shaxs sifatida ishtirok qilishiga bog‘liq.
Faoliyatdan ma’lum bir materialni tushib qolishi uni unutishga olib keladi. Muayyan belgilariga ko‘ra, birlashadigan ko‘pgina xotira turlari mavjud:
1. Yetakchi analizatorlarga ko‘ra:

    • ko‘rish;

    • eshitish;

    • sezish;

    • hid bilish;

    • ta’m bilish.

2. Predmet, faoliyat materialiga ko‘ra:

    • harakatlantiruvchi;

    • hissiy;

    • tasavvurli;

    • og‘zaki.

3. Eslab qolish davomiyligiga ko‘ra:

    • qisqa muddatli;

    • uzoq muddatli;

    • tezkor.

4. Ruhiy faollik shakliga ko‘ra:

    • ixtiyoriy;

    • ixtiyorsiz;

    • ixtiyoriydan so‘nggi.

Shunday qilib, xotira – shaxs ruhiy hayoti birligi va butunligini ta’minlovchi muhim tavsiflardan biridir. Uning o‘tmishdagi tajribasi saqlanib qolinishi deb hisoblash mumkin emas.
Xotiraning individual farqlari uning jarayonlari xususiyatida namoyon bo‘ladi, ya’ni turli xil insonlarda eslab qolish va qayta tiklash qanday qilib amalga oshirilishida va aynan nima eslab qolinishida namoyon bo‘ladi. Bu belgilar turli xil jihatdan har bir inson xotirasi unumdorligini tavsiflaydi.
Individual bo‘lib eslab qolish tezligi, aniqligi mustahkamligi va qayta tiklashga tayyorgarlik hisoblanadi. Bu tavsiflar, shuningdek, yuqori nerv faoliyati turlari xususiyati, qo‘zg‘alishi va tormozlanish jarayonlari harakatchanligi bilan bog‘liq.
Turli xil xotira turlari mavjud: ko‘rgazmali – tasavvurli, so‘zli – mavhum va oraliq. Bu turlar inson yuqori nerv faoliyati signal tizimlarining birinchi va ikkinchi turlari o‘zaro nisbatiga bog‘liq. Xotira u yoki bu turining ustunligi, xususan, inson hayoti va faoliyati shart – sharoitlariga bog‘liq. Masalan: ko‘rgazmali – tasavvurli xotira turi ko‘pincha rassomlarda uchraydi.
Ko‘rgazmali – tasavvurli xotira turi turli xil taassurotlarni eslab qolishda qanday analizator unumdorli bo‘lishiga qarab farqlanadi. Shunga muvofiq harakatlantiruvchi, ko‘rish va eshitish xotirasini farqlaydilar. Bu turlar alohida juda kam uchraydi. Ko‘p holda aralash turini uchratish mumkin: ko‘rish – harakatlantiruvchi, ko‘rish – eshitish, eshitish – harakatlantiruvchi.
Xotira tuzilishining tartibsizligi hukmron turga bog‘liq. Shunday qilib, xotira hajmining buzilshi bosh miya yarim sharining disfunksiyasiga, taqdim etilgan ma’lumotlarni tiklash tartibidagi qiyinchiliklar esa – o‘ng yarim sharning disfunksiyasi bilan bog‘liq.
Inson o‘z xotirasining muvofiq xususiyatlarini, uning unumdorligini oshirish uchun ishlatadi.

Download 52,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish