Mavzu: Pedagog tarbiyachining nutq madaniyati



Download 48,25 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi48,25 Kb.
#473213
Bog'liq
1 topshiriq maktabgacha ped

Mavzu: Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati

Talaba: Karomova Dilchiroy

Reja:

  • 1. Nutqning asosiy xususiyatlari. Til va nutq
  • 2. Tarbiyachining nutq madaniyati va notiqlik san’ati
  • 3.Nutq texnikasini egallash

Tarbiyachining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mukammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida tarbiyachi bolaning his-tuyg'ularini uyg'otadi, bolalar bilan ongli muloqotni ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlami tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo'lajak tarbiyachi avvalo nutq sirlarini, uning bolalar bilan bo'ladigan muloqotda ta’sir kuchini puxta bilishi kerak. Nutqning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish uchun, nutq texnikasiga oid talablami bilish lozim. Bu talablar nutqning mantiq jihatdan to'g'ri, aniq, chiroyli, yorqin va maqsadga muvofiq bo'lishidir.

Nutqning asosiy xususiyatlari :

  • Nutqning to`g‘riligi va ravonligi
  • Nutqning aniqligi va ta’sirchanligi.
  • Nutqning mantiqiyligi.
  • Nutqning tozaligi va ifodaliligi
  • Tarbiyachi so‘z va tilning ravonligi, notiqlik qobiliyati bilan aniq faktlar asosida bolalarga bilim beradi, ularning ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi. Tarbiyachi nutqining aniq bo`lishi, o‘z mas’uliyatini chuqur his etish shartidir. Aniqlik, o'rganilayotgan mavzuning tarbiyachi tomonidan ifodalanayotgan voqelikka faktlarga muvofiq kelishidir. Aniqlikning chegarasini belgilashda tarbiyachi so‘zlarni to‘g‘ri qo`llay olishi, o‘zbek tili grammatikasini mukammal bilishi, to'g'ri talaffuz eta olishi talab qilinadi. Nutqning mantiqiyligi - nutqning mantiqiy bo`lishi, eng avvalo tarbiyachining so'z boyligi, tafakkur yuritish qobiliyati, idrok etish mahoratiga bog`liq. Tarbiyachi tilni juda yaxshi bilishi, so‘z boyligi keng bo`lishi mumkin.

Dunyoda so‘z mulkidan ham ortiq va qimmatli xazina yo‘qligini Sharq mutafakkirlari o‘zlarining adabiy meroslarida bayon etganlar:

  • So‘z ichra mudom aql yashirindur,
  • So‘z chimildig‘u, aql kelindur.

    (Nosir Xisrav)

  • So‘zni bilgan zarga boimaydi muhtoj,
  • Zar qimmati so‘z bilan topar rivoj.

    (Abdurahmon Jomiy)

Nutq madaniyati - til normalarini egallamoq, talaffuzi urg'u, so‘z ishlatish, gap tuzish qonuniyatlarini chuqur bilmoqdir. Shuningdek, tilning tasviriy vositalari har xil sharoitlarga mos, maqsadga muvofiq bo'lishi kerak. Nutqda til - fikr almashish quroli, pedagog qalbining oyinasi, pedagogik maharatini to'liq namoyon qiluvchi vosita. Nutq - tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan fikr bo'lib ikki xilda namoyon bo'ladi:

  • ichki nutq;
  • tashqi nutq.

Pedagogning pedagogik faoliyatida nutq texnikasi eng murakkab va doimiy munozaralarga sabab bo'lib kelayotgan jarayon. Psixologik til bilan aytganda nutq texnikasi, notiq nutqining o'rinli yoki o'rinsiz ekanligini belgilashda namoyon bo'ladi. Pedagog har xil vaziyatlarda, turli xarakterdagi bolalar bilan muloqotda bo'ladi. Demak u o'z nutqini ana shu vaziyatlar asosida, bolalar holatiga qarab tuzishi, o'zgartirishi, doimo nutqining ta’sirchan chiqishiga e’tibor berishi, bolalarni zeriktirib qo'ymasligi uchun tilning tasviriy vositalari bo'lmish metonimiya, metafora kabilardan foydalanishi lozim. Bolalar diqqatini jalb etish, o'rganilayotgan mavzuga ulami qiziqtira olish pedagog nutq texnikasining asosiy xususiyatlaridandir.

Pedagoglar og'zaki nutqi asosida zarur bo'lganda o'z kamchiliklarini tuzatib, korreksiyalab boradi. Texnik jihatdan nutqiy tajribaga ega bo‘lgan pedagogning nutqi quyidagilarni ta’minlashi kerak:

• tarbiyachi va uning tarbiyalanuvchilari o‘rtasidagi o'zaro munosabati va mahsuldor muloqotini;

• ta’lim jarayonida bilimni to'la qabul qilinishi, anglanishi va mustahkamlanishi;

• bolailar faoliyatiga, ulardagi qobiliyat va iqtidor instinktini shakllantirish maqsadida ongi va hissiyotiga ijobiy ta’sir ko'rsatish;

• bolalarning o'quv va amaliy faoliyatini maqsadga muvofiq tashkil etish.


"Pedagogik nutq texnikasi" tushunchasi pedagoglarning kommunikativ xulqi tushunchasi bilan uzviy bog'liq. Pedagogning kommunikativ xulqi deyilganda, faqat uning gapirish va axborot berish jarayonigina emas, balki, pedagog va bola muloqoti uchun emotsional psixologik muhit yaratishga, ular o‘rtasidagi munosabat va ish uslubiga ta’sir ko'rsatuvchi nutqni tashkil etish va unga mos pedagogning nutqiy nazokati ham ko'zda tutiladi.
Download 48,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish