Seminar turlari va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Seminar turlari
|
O‘ziga xos xususiyatlari
|
Seminaroldi
|
Seminaroldi mashg‘ulotlari, asosan, talabalarni mustaqil ishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida o‘tkaziladi. Unda adabiyotlar, ma’lumotnoma-adabiyotlar va boshqa manbalar bilan ishlash usullari o‘rgatiladi, talabalarni boshlang‘ich shaklda ilmiy-tadqiqot ishlariga o‘tishga hozirlaydi. Seminaroldi mashg‘ulotlari seminar mashg‘ulotlarining tayyorgarlik shakli hisoblanadi va odatda birinchi kurslarda o‘tkaziladi.
Seminaroldi mashg‘ulotlarida o‘qituvchi etakchilik qiladi, chunki talabalar muayyan ixtisoslik bo‘yicha o‘quv ishlariga kam e’tibor beradilar, shuning uchun ham etarli darajada tashabbus ko‘rsata olmaydilar.
|
Maxsus seminarlar
|
Maxsus seminarlar leksiya mavzulariga aloqador bo‘lmaydi va biror fanning dasturi mazmuniga kirmaydi. Odatda fanning xususiy masalalarini chuqur o‘rganish maqsadida ko‘zlaydi
|
Ma’ruza(doklad)li seminar
|
Seminar mashg‘uloti talabalarning ma’ruzalarini tinglash va munozara shaklida o‘tkaziladi.
|
Dialogli seminar
|
Seminar mashg‘uloti ommaviy va indiviudal savol-javoblar tariqasida tashkil etiladi
|
Refleksiv seminar
|
Seminar mashg‘uloti mavzuga doir ma’lumotlarni muhokama qilish va aniq xulosalarga kelish tarzida o‘tkaziladi.
|
Seminar-fikrlar almashuvi
|
Seminar mashg‘ulotini tashkil etishda manbalardan foydalaniladi va turli fikrlarni shakllantirishga erishiladi
|
Seminar-illyustratsiya
|
Seminar mashg‘uloti manbalar bilan ishlash tarzida tashkil etiladi va materiallar illyustratsiya tarzida namoyish etiladi.
|
Evristik seminar
|
Seminar izlanishli-topshiriqli tarzda tashkil etiladi.
|
Bundan tashqari seminarning yana uch xil turi mavjud:
1) Seminar haqida seminar
2) Seminar
3) Maxsus seminar-fanning biror-bir bo’limidan masalani tadqiq etish masadida chuqur o’rganish maqsadida o’tuaziladi.
Seminar haqida sesminar-seminarga tayyorlash to’g’risida bo’lib, u birinchi bosqich talabalari bilan o’tkaziladi. Bunday seminarni o’tkazishdan maqsad: talabalarni mustaqil ishlar, kerakli adabiyotlar, birinchi manbalar, ular bilan ishlash metodikasi bilan tanishtirish. Tajriba shuni ko’rsatadiki, birinchi bosqich talabalari bir qator adabiyotlar bilan ishlashni bilmaydilar va tavsiya etilgan adabiyotlarni ko’rib, qaysi biri asosiyligini ajratolmaydilar, mavzuning mohiyatidan kelib chiqib uning mazmunini chuqur sintezlash malakasiga ega bo’lmaydilar. SHuning uchun asosiy e’tiborni adabiyotlar bilan ishlash malakalarini rivojlantirishga, materialni chuqur qayta ishlashga, ilmiy masalalarni hal etishda quramakashlikdan va quramakashlarcha yondashuvdan ehtiyot bo’lishga qaratish zarur. Seminar haqidagi seminarning yana bir xususiyati shundaki, rahbarning kuzatuvi ostida ajratilgan mavzular bo’yicha referatlar tayyorlanadi, o’qiladi va muhokama qilinadi.
Oliy ta’limda 3 tipdagi seminar turi amaliyotda qo’llaniladi:
1. Ayrim fanni va u bilan chambarchas aloqador mavzuni tizimli ravishda chuqur o’rganish seminarning asosiy maqsadi hisoblanadi.
2. Fanning metodologik jihatdan qayta ishlash zarur bo’lgan muhim bir qismini yoki tadqiqotchilik ishlariga moyil qismini o’rganishga yo’naltrilgan seminar.
3. Fanning biror bo’limidagi mavzuni chuqur qayta ishlash uchun tadqiqotchilik tipidagi seminar.
Do'stlaringiz bilan baham: |