Mavzu: prokariotlar va tuban eukariotlar
Reja:
Prokariotlar belgilari, xilma-xilligi
Bakteriya hujayrasining tuzilishi, morfologiyasi va ko‘payishi.
Kapsula va sporaning tuzilishi va ahamiyati. Spora hosil qilishi.
Odamning bakteriyali kasalliklar.
Sianobakteriyalar, tuzilishi ahamiyati
Zamburug‘lar haqida umumiy tushuncha klassifikatsiyasi.
Lishayniklar haqida umumiy tushuncha;
Zamburug‘lar va lishayniklarning ahamiyati
Suvo‘tlari haqida umumiy tushuncha.
Tayanch so`z va iboralar: Prokariot, spora, sianobakteriya, bakteriya, mikroorganizm, amitoz, xromosoma.Zamburug‘lar, lishayniklar va suvo`tlar haqida umumiy tushuncha, ularning tuzilishi, xillari, ko‘payishi, tarqalishi; zamburug‘ning qishloq xo‘jalik o‘simliklariga keltiradigan zarar va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati; zamburug‘ va suvo‘tlarning birgaligidan iborat organizm lishayniklar bo‘lib, bu yangi o‘simliklar,ya’ni simbioz organizmlar
1. Prokariotlar — yadrosi to'liq shakllanmagan organizmlar ya'ni, haqiqiy yadroga ega emas. Irsiy belgilar nukleotidlarda joylashgan. DNK— dezoksiribo- nuklein kislota halqasimon shaklda bo'ladi. Jinsiy ko'payish kuzatilmaydi. Hujayra markazi va mitotik ip bo'lmaydi. Hujayra amitoz yo'l bilan bo'linadi. Hujayrada plastida va mitoxondriyalar uchramaydi. Hujayra qobig'i murein degan moddadan tashkil topgan.Odatda xivchinli organizmlar ba'zi vakillaridagi xipchin oddiy tuzilgan. Prokariotlarning ko'pchiligi erkin azotni o'zlashtirish xususiyatiga ega. Oziqlanish oziq moddalarning hujayra qobig'i orqali shimib olinishi bilan kechadi. Hazm qiluvchi vakuolalar bo'lmaydi, ba'zan gazli vakuolalar uchraydi. Bakteriyalar va ko'k-yashil suv o'tlari prokariotlar hisoblanadi.
Mikroorganizmlar yer yuzida juda keng tarqalgan. Mikroorganizmlarning ko‘pchiligi bir hujayralidir. Bakteriya hujayrasi tashqi muhtdan hujayra po‘sti, bazan esa faqat sitoplazmatik membrana bilan ajralib turadi. Hujayra ichida har xil strukturalar mavjud. Hujayra tuzilishiga qarab organizmlarning ikki tipi mavjud. Bular eukariot va prokariot hujayrali organizmlar. Agar mikroorganizm haqiqiy (chin) yadroga ega bo‘lsa unday hujayralarga eukariot hujayralar deyiladi. (Grekcha eu – haqiqiy, chin, kario – yadro demakdir).
Prokariot hujayralarda yadro bilan sitoplazma orasida aniq chegara yo‘q yadro membranasi bo‘lmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. SHuning uchun prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas.
Mikroorganizmlar bizning planetamizda birinchi tirik mavjudodlar bo‘lishgan. Uch milliard yilga yaqin davr oldin ular yerning qadimiy qobig‘i – mikroorganizm biosferani tashkil qilishgan. Bularning biomasasi o‘simlik va hayvonlarning summar biomassasidan ortiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |