Kapsula, shilimshiq qavat va g‘ilof tuzilishi.Prokariotlarning hujayra qobig‘i tashqi tomondan asosan shilimshiq qavat bilan o‘rab turiladi. Ular strukturaviy tuzilishiga qarab kapsula, shilimshiq qavat yoki g‘ilof nomini olgan.
Agar bu qavat 0,2 nmk dan ko‘p bo‘lsa va hujayra qobig‘iga mustahkam birikkan bo‘lsa, kapsula deyiladi.Agar bu qavat strukturasiz amorf tabiatga ega bo‘lsa, hujayradan oson ajralsa shilimshiq qavat bo‘ladi. G‘ilof kapsuladan yupqa strukturasi bilan faqlanadi. Ular muhim ahamiyatga ega, parazit turlarda viruentlik xususiyatini oshiradi, mexanik ta’surotdan, qurib qolishdan asraydi, faglarning kirib qolishiga to‘sqinlik qiladi. Ba’zan shilimshiq qavat oziq modda manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |