Nukleoid. Sitoplazmada yadro vazifasini bajaruvchi nukleoid bo‘lib sitoplazma markazida joylashgan bo‘ladi. Nukleoidlar DNK saqlaydi, bu bakteriya xromosomi ham deb ataladi. Bakteriya nukleoidini hujayradagi asosiy funksiyasi, axborotlarni saqlab , avloddan — avlodga berishdir.
Tinch holatdagi bakteriya hujayrasida 1 ta nukleoid bo‘lsa, bakteriya hujayrasining bo‘linishi oldidan nukleoid ikkita bo‘ladi. Bakteriya ko‘payish fazasini logarifmik davrida esa u to‘rtta va undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
Bazan, bakteriya hujayralarining o‘sish davrida muhitda salbiy tasir etadigan moddalar bo‘lsa, bakteriya hujayrasida ko‘p yadroli ipsimon hujayra hosil bo‘lishi mumkin. Bunday hujayra hujayra o‘sishi va bo‘linish sinxronligi bo‘zilishidan paydo bo‘ladi.
Bakteriya nukleoidini hujayradagi asosiy funksiyasi, axborotlarni saqlab , avloddan — avlodga berishdir.
Nukleoiddan tashqari, hujayra sitoplazmasida undan yuzlab marta mayda DNK iplari ham mavjud. Ular irsiyat faktorlarini tutuvchi plazmidalardir.
Hamma hujayralarda ham plazmidalar bo‘lishi shart emas. Ammo ular tufayli hujayra qo‘shimcha, xususan, ko‘payishda, dori moddalarga turg‘unlik sifatni belgilashda, kasallik yuqtirishda va hokazo xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Ribosomalarning submikroskopik tuzilishiga ega bo‘lgan, ularning soni 5000-9000 bo‘ladi. Oqsil sintezi ribosoma, informatsion va transport RNKdan tashqil topgan agregatlarda amalga oshiriladi. Ular poliribosamalar yoki membrana strukturalari bilan birikib joylashadi. Sitoplazmada moddalar almashinuvi yuz berib turadi, natijada uning ichki tuzilishi tuxtovsiz yangilanadi. Undan tuxtovsiz ximyaviy reaksiyalar yordamida oqsil, shakar, moy va boshqa murakkab moddalar xosil bo‘ladi. Moddalar ba’zi vaqtlarda oddiy birikmalarga parchalanadi. Turli bakteriyalar sitoplazmasining ximiyaviy tarkibi har hil. Bu esa bakteriyalarning bo‘yoqlarga moyilligi turlichaligini ko‘rsatadi.
Kiritmalar. Sitoplazmada har xil shaklga ega bo‘lgan granulalar uchraydi. Ularning hosil bo‘lishi. mikroorganizmlarning o‘sadigan muhtga, fizik - kimyoviy xususiyatlarga bog‘liq bo‘lib kiritmalar mikroorganizmlarning doimiy belgilari emas.
Ko‘pincha kiritmalar mikroorganizmlarga energiya va uglerod manbai bo‘lib xizmat qiladi Ular mikroorganizmlar yaxshi oziqa muhtida usgandagina hosil bo‘ladi. va yomon muhitga tushganda esa sarflanadi. Kiritmalar qatoriga glikogen (hayvon kraxmali), granulyoza, - oksimoy kislota, volyutin (polifosfatlar), oltingugurt tomchilarini kiritish mumkin. Kiritmalarning hosil bo‘lishi., ko‘p incha oziqa muhtini tarkibiga bog‘liq bo‘ladi.. Masalan, tajribalar yordamida glitserin va uglevodlarga boy oziqa muhtida usgan bakteriyalarda volyutin, vodorod sulfidga boy muhtda oltingugurt hosil bo‘lishi. aniqlangan. Bazi oltingugurt bakteriyalarida amorf holdagi SaSO3 uchraydi. Ulardan tashqari, bakteriya hujayrasida oqsillar, fermentlar, uglevodlar, aminokislotalar, RNK, nukleotidlar, pigmentlar uchraydi. Hujayrada mayda molekulyar birikmalar borligi hujayra osmotik bosimini saqlab turadi
Do'stlaringiz bilan baham: |