Mavzu: prokariotlar va tuban eukariotlar Reja


Suvo‘tlari haqida umumiy tushuncha



Download 54,09 Kb.
bet12/12
Sana30.06.2021
Hajmi54,09 Kb.
#105896
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
4-l.Prokariotlarning tuzilishi

4. Suvo‘tlari haqida umumiy tushuncha -Tuban o‘simliklarning suvda, nam joylarda va tuproqda yashaydigan katta guruhi suvo‘tlari deyiladi. Ma’lumotlariga ko‘ra, katta maydonni egallagan Atlanika okeanini Afrika - Hindiston oralig‘idagida 20 va 35 shimoliy kengliklarida mashhur Sargas orollarining okeanga quyilish joylaridagi issiq suvlarida dengiz suv o‘tlari o‘sadi. SHimoliy Atlantikada bu suv o‘tlar o‘smaydi. Qadimgi yevropalik sayoxlar Sargas dengizida suzganda ularning kemalari kuchsiz chayqalganligini yozishgan. Kemani bunday chayqalishi kunlab, haftalab davom etgan. Buning sababi suv o‘tlarning har xil turdagi vakillarini (dengiz karami va boshqa) suv yuzasini qoplab o‘sganligi bo‘lgan. Bu dengiz suv o‘tlarning nomidan Sargas dengizi deb nom olgan, chunki juda katta hududlarda suzib yuradi dengiz karami (turkumi) Sargassumis nomi bilan ataladi. Bu atama Sargasso, ispan tilida “suv o‘ti” degan ma’noni anglatadi. Juda ko‘p turdagi suv o‘tlari tik qoyalar bilan chegaralangan okeanning uncha chuqur bo‘lmagan suvlarida, Sargass dengizi bilan tutash joylarda o‘sadi. 1 metrdan oshiq bo‘lgan uzunlikdagi tanasi va bargsimon qismlari havo bilan to‘lgan yumaloq sharchalarni hosil qiladi va ular suvda suvo‘tlarini mualloq suzib yurishini ta’minlaydi. Atlantika okeanining o‘rtalarida suzuvchi sargaslar ochiq okanda boshqa jonzotlarga oziqa bo‘ladi va ulardan xavfdan yashirinishga imkon yaratib beradi. Ko‘pchillik baliqlar va hayvonlar butun haѐti davomida haѐtini sargaslarning chirmashgan tanalari orasida o‘tkazadi, yirtqichlardan saqlanadi va o‘zlarini ov qilishi uchun makon sifatida foydalanadi. Baliqlar va umurtqasizlar suv o‘tlari bilan oziqlanadi. SHu jumladan baliqning korefen turlari, uchar baliqlar, ugorlar sargas dengiziga tuxum qo‘yishga boradi. Ugorlar faol migratsiya qiladi. Sargas dengizida ko‘paygan yosh baliqlar Yevropa va Amerika daryo oralig‘ida daryoga qaytib o‘zini katta hayotini boshlaydi. Suv o‘tlar bular plankton (plantilike) organizmlar bo‘lib eukariotlar olamiga mansubdir.

Suvo‘tlar hujayrasida xlorofill bo‘lishi bilan bakteriyalardan farq qiladi. Lekin ular tarkibida boshqa pigmentlar borligi tufayli rangi qo‘ng‘ir qizil va ko‘k-yashil bo‘ladi. Xlorofill borligi uchun suvo‘tlar avtotrof o‘simliklar hisoblanadi. Suvo‘tlar tashqi ko‘rinishidan juda xilma-xil bo‘ladi. Ular orasida mikroskopik mayda bir hujayralilar bilan bir qatorda bir necha o‘n metrga etadigan juda yirik vakillari ham bor. Koloniya bo‘lib yashaydigan suvo‘tlar bir hujayralilar bilan ko‘p hujayralilar orasidagi bir to‘dadir. Ularning tanasi o‘zaro bo‘sh birikkan hujayralar to‘dasidan iborat. Suvo‘tlarining tanasi poya, barg, ildiz kabi organlarga bo‘linmagan tallomdir. Biroq ba’zi vakillarining tallomi birmuncha murakkab tuzilgan bo‘lib, funksiyasiga muvofiq ravishda tanasi ayrim qismlarga ajralgan bo‘ladi. Suvo‘tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinsiy yo‘l bilan ko‘payish oogamiya, izogomiya, geterogamiya tipida ro‘y beradi (59-rasm). Suvo‘tlar dengizlarda va chuchuk suvlarda suvning tiniqligiga qarab har xil chuqurlikda (tiniq dengizda 100-150m) yashaydi. Ularning ba’zilari, asosan, mikroskopik shakllarining juda ko‘p to‘dasi erkin suzib yurib fitoplonkton hosil qiladi. Boshqalari esa suv havzalari ostiga yopishib yashab, bentos (suv havzasi ostidagi o‘simlik va hayvon organizmlar to‘dasi) tarkibiga kiradi. Tuproq suvo‘tlari yer yuzasida va uning ustki qatlamlarida yashaydi. Ularning ko‘pi tuproqda organik moddalarni to‘planishiga yordam beradi va unumdorlikning muhim omili hisoblanadi.



Nazorat savollari

  1. Bakteriyalarning tuzilishida qanday o'ziga xos xususiyatlar mavjud? Bakteriyalar qanday yo'l bilan ko'payadi?

  2. Noqulay sharoitda bakteriyalarda qanday o'zgarishlar kuzatiladi?

  3. Bakteriyalarning inson hayot faoliyatidagi ahamiyati qanday?

  4. Ko'k-yashil suv o'tlar hujayrasi qanday tuzilishga ega?

  5. Ko'k-yashil suv o'tlaming tabiatda va inson hayotidagi ahamiyati qanday?

  6. Oziq-ovqat mahsulotlarini bakteriyalar ta'siridan qanday saqlash mumkin ekanligini aniqlang.


Download 54,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish