Zamburug‘lar va lishayniklar.
Ma’ruzaning maqsadi: Zamburug‘larning tuzilishi, oziqlanishi, klassifikatsiyasi, ko‘payishi, zarari va ahamiyati. Lishayniklarning tuzilishi, xillari, ko‘payishi va ahamiyati haqida tushuncha berish.
Reja
1.Zamburug‘lar tuzilishi
2..Zamburug‘larning oziqlanishi
3.Zamburug‘larning klassifikatsiyasi
4.Zamburug‘larning ko‘payishi
5.Zamburug‘larning kelib chiqishi
6.Zamburug‘larning zarari va ahamiyati
7 Lishayniklarning tuzilishi va xillari
8 Lishayniklarning ko‘payishi
9 Lishayniklarning ahamiyati
Tayanch iboralar: Tuban o‘simliklar: zamburug‘lar va lishayniklar. Zamburug‘lar mitselliysi, oziqlanishi, ko‘payishi. Tuban va yuksak zamburug‘lar. Zamburug‘larning asosiy sinflari: xitridomitsetlar, oomitsetlar, zigomitsetlar, askomitsetlar, bazidiomitsetlar, takomillashmagan zamburug‘lar vakillari.
Z AMBURUG‘LAR-Fungi Rasm .
Zamburug‘lar er yuzida juda ko‘p tarqalgan o‘simlik bo‘lib, hozirgi kunda 100000 xil turi ma`lum. Zamburug‘lar asosan quruqlikda, ba`zilari esa suvda yashaydi. Zamburug‘lar oziqlanishi jixatidan geteratrof organizimdir. Geteratrof oziqlanish o‘z galida ikkiga bo‘linadi.
Parazit holda ovqatlanish
Saprofit holda ovqatlanish
Parazit holda ovqatlanish tirik organizm hisobiga, saprofit holda oziqlanish o‘lik organizm hisobigabo‘ladi. Zamburug‘larda xlorofill donachasi bo‘lmaydi. Shuning uchun ham o‘zlariga o‘zi ovqat tayyorlay olmaydi. Zamburug‘larning tanasi GIF deb ataladi. Giflar bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali tarmoqlangan yoki tamoqlanmagan bo‘ladi.
Giflarning eni 1-1,5 mm, bo‘yi esa bir necha metrgacha bo‘lishi mumkin. Giflar asosan monopodial, qisman simpodial o‘sadi. Giflarning hujayra po‘sti xitin moddasidan tuzilgan. Hujayralari 1ta yadroli yoki ko‘p yadroli bo‘ladi. Hujayrada oziqli modda sifatida glikogen va yog‘ tomchilari to‘planadi. Giflarni yig‘indisi mitseli deb yuritiladi. Zamburug‘larning tanasi yoki mitseliyasi ochiq yoki yopiq erda taraqqiy etadi. Ochiq erda taraqqiy etsa, ekzogen, yopiq joylarda taraqqiy etsa endogen deyiladi. Zamburug‘larda qoplovchi, o‘tkazuvchi to‘qimalari bo‘lmaydi. Ularda faqat chiqaruvchi to‘qima, ba’zilarida sutli naylar bo‘ladi. Chiqaruvchi to‘qimada oshlovchi modda-dubil hamda smolaga o‘xshash modda chiqarilib turadi. Sutli naylarida zaxarli modda alkaloidlar va boshqa moddalarni uchratish mumkin. Zamburug‘lar 1 yillik, 2 yillik, hamda ko‘p yillik bo‘ladi. Zamburug‘larning ko‘pchiliga 2 yillikdir.
Zamburug‘lar 3 xil yo‘lda ko‘payadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |