«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
ga
muvofiq qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng
muhimlari: ya’ni,
ijtimoiy-psixologik diagnostika; guruhlarda
o‘zaro shaxsiy munosabatlarni, rahbarlik munosabatlarini tahlil
qili
sh va tartibga solish; ishlab chiqarish va ijtimoiy ixtiloflarni
hamda stresslarni bartaraf etish; kadrlar boshqarish tizimini
axborot bilan ta’minlash; ish bilan bandlikni boshqarish; bo‘sh
lavozimlarga
nomzodlar tanlash va baholash; kadrlar potensiali
va xodimlarga bo‘lgan ehtiyojlarni tahlil qilish; kadrlar
marketingi; xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilish;
xodimlarning kasbiy va ijtimoiy-psixologik moslashuvi; mehnat
jarayonidagi motivlar va sabablarni boshqarish; mehnatning
huquqiy munosabatlari masalalari; mehnat psixofiziologiyasi,
ergonomikasi va mehnat etikasidan
iboratdir.
«Personalni boshqarish» fanining predmeti korxonalarning
samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va ishlovchilar
ehtiyojlarini qondirish maqsadida personalga maqsadga muvofiq
ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar tizimidir.
Ushbu kursni o‘rgatishdan maqsad-talabalarda personalni
boshqarish ilmini amaliyotda qo‘llay biladigan darajadagi
ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. U talabalarda ishlab
chiqarishdan ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlovchi
personalni boshqarish bo‘yicha nazariy va amaliy professional
bilimlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ya’ni, «Personalni
boshqarish» fanining mazmuni korxona xodimlarini boshqarish
usullari va tamoyillarini, bu boradagi nazariy va amaliy
masalalar tizimini; tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va tatbiq
etish jarayonlaridan iborat.
Ushbu «Personalni boshqarish» kursi bo‘yicha tuzilgan
namunaviy dasturda nazariy faoliyatda uchraydigan
9
muammolarning mazmun mohiyati ochib berilishiga asosiy
e’tibor qaratilgan.
Bu muammolar quyidagilar
dir:
—
fanning predmeti, mazmuni va asosiy vazifalari;
—
korxona va tashkilotlarni shakllantirishda inson omili;
—
inson resurslarini boshqarish funksiyasining
rivojlanishi;
—
korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish
strategiyasi;
—
xizmat martabasini boshqarish;
—
xodimlarning xizmat pog‘onasida ko‘tarilishini
boshqarish;
—
korxona va tashkilot ijtimoiy rivojlanishi — personal
boshqaruvi asosi;
—
personal xulq-atvorini boshqarish;
—
kadrlar tizimidagi yangiliklarni boshqarish;
—
personal boshqaruvida mehnat munosabatlari etikasi;
—
personalni boshqarishda ixtiloflar va stresslarni
yechish;
—
korxona va tashkilotlarda personal xavfsizligini
boshqarish;
—
boshqaruv personali mehnatini tashkil etish.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan muammolarni hal qilish
yuzasidan fan oldiga
quyidagi asosiy vazifalar qo‘yilgan:
—
inson resurslarini boshqarish asoslarini o‘rganish;
—
korxona va tashkilotlarda personalni boshqarish
strategiyasi va taktikasining mohiyati, mazmuni va
xususiyatlarini o‘rganish;
—
ishlovchilarni professional tanlash, malakasini oshirish,
o‘qitish va lavozimlarga tayinlash masalalarini o‘rganish;
—
ishga qabul qilish va undan bo‘shatish hamda personalni
boshqarishning huquqiy-normativ asoslari bo‘yicha nazariy
bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
10
—
personalni boshqarish bo‘yicha ish yuritish jarayoni va
uning asoslarini puxta egallash, zaruriy hujjatlarni to‘g‘ri va tez
rasmiylashtirish;
—
personalni boshqarish samaradorligini aniqlash va uni
yanada oshirish yo‘llarini belgilash;
—
korxona va tashkilotlarda kadrlar ish faoliyatining
mazmuni va mohiyatini o‘rganish;
—
mehnat salohiyatining shakllanishi va rivojlanishi, kadrlar
tarkibi va tuzilishi hamda ulardan foydalanishni ta’minlash
yo‘nalishlarini o‘rganish;
—
personalni boshqarish xizmatining shakllanishi va bu
xizmatni tashkil etish jarayonlarini o‘rganish;
—
personalni boshqarish sohasidagi xorijiy tajribalarni
o‘rganish, tahlil etish, ulardan mamlakatimiz xususiyatlarini
hisobga olgan holda foydalanish va hokazo.
«Personalni boshqarish» fani o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni
hal qilar ekan, bir qator ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy fanlar tajribasi
va nazariyasiga tayanadi. Shu jihatdan, u
«Falsafa», «Iqtisodiyot
nazariyasi», «Mehnat iqtisodiyoti», «Mehnat sotsiologiyasi»,
«Mehnat huquqi»
kabi fanlar bilan uzviy bog‘liqdir.
«Personalni boshqarish» fani, jumladan, «Falsafa» fani
tamoyillarini, ya’ni insoniyatning tarixiy shakllanishi, mehnat
jarayonining mohiyati va mazmuni insonning asosiy faoliyati
sifatida namoyon bo‘lishi, uning ijtimoiy va fan-texnika
taraqqiyoti bilan bog‘liq tarzda har tomonlama rivojlanishi kabi
muammolarni birgalikda o‘rganadi.
«Personalni boshqarish» fani, «Iqtisodiy nazariya» fani
bilan ham chambarchas bog‘liqdir. U mehnat bozori va uning
tarkibiy qismlari, ishsizlik va uni kamaytirish yo‘nalishlari,
mehnat bozorini tartibga solish, davlatning ijtimoiy siyosati kabi
masalalarning iqtisodiy hamda nazariy jihatlarini birgalikda hal
etadi.
11
Mehnatning mohiyati va mazmuni, taqsimoti va
kooperatsiyasi, xodimlarning mehnatini ilmiy asosda
tashkil etish, mehnatga haq to‘lash, uni rag‘batlantirish kabi
muammolarni birgalikda hal etish jihatidan ushbu fan «Mehnat
iqtisodiyoti» fani bilan uzviy bog‘liqdir. Bu xodimlarning
serunum ishlashini ta’minlash, malaka ko‘nikmasidan samarali
foydalanish, salomatligini saqlash va mustahkamlash, komillikka
erishishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berishda, ayniqsa,
muhimdir.
Personalni boshqarishda inson omiliga tashqi muhitning
ta’siri, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida ishlovchilarning
o‘z atrofidagilarga munosabati, ishlab chiqarish muhitining,
sanitariya-gigiyena omillarining inson organizmiga, salomatligi
va ishga bo‘lgan munosabatiga hamda ishlash qobiliyatiga
ta’siri kabi jihatlar, albatta, hisobga olinishi lozim. Bular
ishlovchilarning o‘zi ishlayotgan korxonaga, o‘z ishiga
bo‘lgan munosabatida shakllanadi. Shunday ekan, «Personalni
boshqarish» fani o‘zi chambarchas bog‘liq bo‘lgan
«Mehnat
fiziologiyasi», «Mehnat gigiyenasi», «Mehnat muhofazasi»
kabi
fanlarning mehnatga munosabati borasidagi nazariy tomonlari
va tavsiyanomalariga amal qilishi lozim.
Mehnat faoliyatining ijtimoiy yo‘nalishlari va jamoaning
ijtimoiy masalalari — mehnatning mazmun va xarakteriga
ko‘nikish, uni tashkil etishda, ishlovchilarning faolligi,
mehnatdan qoniqish hosil qilish omillari, rag‘batlantirishning
turli shakllari va ularga munosabat kabi masalalarni o‘rganishda
«Personalni boshqarish» fani
«Sotsiologiya»,
shu jumladan,
«Mehnat sotsiologiyasi»
fani bilan uzviy aloqador. Shuningdek,
mehnat qonunlari, huquqlari va me’yorlarini o‘rganishda huquqiy
fanlar, jumladan,
«Mehnat huquqi»
fani tavsiyanomalariga
tayanadi.
12
Umuman, kadr deganda, turli sohadagi fan va texnika
mutaxassislari, shu jumladan, bajarayotgan ishi maxsus kasb
tayyorgarligini talab qiladigan malakali ishchilar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |