O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK JAMOAGA MOSLASHUVI VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Guruh va jamoalar xususida fikr yuritilganda, ko‘pincha uning
―ma’naviy muhit,
―psixologik muhit degan iboralar qo‘llaniladi. Chunki bu narsa mazkur jamoadagi faoliyatning samaradorligi bilan belgilanadi. Ijtimoiy psixologik muhit deganda biz o‘sha guruhning a’zolari fikrlari, hissiyotlari, dunyoqarashi, ustanovkalar va o‘zaro munosabatlaridan iborat bo‘lgan emotsional, intellektual holatni tushunamiz. Shu o‘rinda asosiy omil bu, jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridir. Ma’lumki, o‘zaro munosabatlar ish yuzasidan faoliyat maqsadlari va mazmuni bilan hamda bevosita bir-birlarini yoqtirmaslikka asoslangan insoniy emotsional hissiyotlar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Kasbiy faoliyatni bajarish jarayonida tabiiy bilimni tipli munosabatlari ustuvor bo‘lib, ikkinchilarining xarakteri birinchisidan kelib chiqadi.
V.M.Shepelning ta’kidlashicha, psixologik muhit bu – jamoa a’zolarining o‘zaro simpatiyalari, xarakter, qiziqish, moyilliklarini o‘zaro mosligi asosida yuzaga keladigan psixologik aloqalarning emotsional tusidir. Uning fikricha, ijtimoiy psixologik muhit uchta asosiy tarkibiy qismdan: ijtimoiy, axloqiy va psixologik muhitdan iborat bo‘ladi.
Ijtimoiy muhit tashkilotning umumiy maqsad va vazifalarini anglash bilan aniqlangan. Axloqiy muhit tashkilotni qabul qilgan axloqiy qadriyatlari bilan belgilanadi. Psixologik muhit bu – xodimlar o‘rtasidagi norasmiy munosabatlardir. Ijobiy psixologik muhitning muhim sharoitlari quyidagilar bilan belgilanadi:
- ishonch;
- guruh a’zolarining bir-biriga nisbatan yuqori talablari;
- to‘g‘ri ma’noda va ish yuzasidagi tanqidlar
- butun jamoaga taalluqli bo‘lgan masalalarni hal qilishda o‘z fikrini erkin bayon eta olish;
- rahbariyat tomonidan xodimlarga nisbatan bosim o‘tkazmaslik;
- rahbarning jamoa a’zolari,uning vazifalari va bajarayotgan ishlarini holati haqida yetarlicha ma’lumotga egaligi;
- jamoaga taalluqliligidan qoniqqanlik;
- jamoa a’zolarida frustratsion holatni keltirib chiqaruvchi vaziyatlarda o‘zaro yordam va emotsional moslikning yuqori darajasi;
- guruhning har bir a’zosi undagi faolliklarini holati uchun mas’uliyatni zimmalariga olishi1.
- muassasada xodimlarning mehnat xarakteri va tarkibidan qoniqqanligi;
Ma’lumki, psixologik muhitning muhim sifatlari bilan birga uning asosiy ko‘rsatkichlari ham ajratib ko‘rsatiladi:
- hamkasblari bilan o‘zaro munosabatlaridan qoniqqanligi;
- boshqaruv uslubidan qoniqqanligi;
- munosabatlarning nizolashuvchanlik darajasidan qoniqqanlik;
- shaxsning kasbiy tayyorgarligidan qoniqqanligi.
Pedagogik jamoadagi psixologik muhit eng avvalo o‘qituvchilar kayfiyatini anglatadi. Ma’lumki, ta’lim jarayonini pedagoglar jamoasini umumiy maqsad asosida birlashtiradi. Agar bu jamoa hamjihat va undagi har bir shaxs maqsadlarning umumiyligi anglasa bu juda ham yaxshidir. Natijada pedagogik jamoadagi nosog‘lom ijtimoiy muhit juda ham oson anglanishi mumkin.
Pedagogik jamoadagi o‘qituvchilarning o‘zaro munosabatlari ular faoliyatining maqsad va tarkibi bilan bevosita ifodalanadi. Jamoada hamkorlikdagi munosabat va muloqot jarayonida aloqalarning bir qancha tizimi shakllanadi hamda umumiy tarzda ularni quyidagicha tasavvur qilish mumkin.
O‘qituvchilar o‘rtasida ularning faoliyatlarini tashkil etish va amalga oshirish yuzasidagi munosabatlarni shartli tarzda rasmiy deb atash mumkin. Ular o‘ziga barcha o‘qituvchilar u yoki bu tarzda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ish yuzasidan munosabatlar va boshqaruv aloqalarini rahbariyat hamda o‘qituvchilar o‘rtasida, rahbar-o‘qituvchilar va ularning shu sohadagi hamkasblar orasidagi Yuzaga keladigan faoliyatni o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari pedagogik jamoadagi munosabatlarning ikki tizimi shakllanadi:
Birinchisi, butun pedagogik jamoani o‘z ichiga oluvchi shaxslararo axloqiy psixologik munosabatlar tizimi.
Ikkinchisi, alohida o‘qituvchilar o‘rtasidagi hamkorlikdagi munosabatlarga asoslangan tanlov aloqalari to‘g‘riligi qayd etiladi. Munosabatlarning ikki tizimi ham o‘qituvchilar faoliyatini tarkibi va uni tashkil etish va amalga oshirish jarayonidagi o‘zaro munosabatlarning kuchli ta’siri ostida yuzaga keladi.
Pedagogik jamoa faoliyatining samaradorligi asosan ularning qadriyatlar yo‘nalganligi tizmiga bog‘liq bo‘ladi. Bu tizimga guruh a’zolarining o‘quvchilarga, tarbiya maqsadlariga o‘qituvchilarning ta’sir usullariga, o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabat uslubiga va boshqalarga nisbatan ustanovkalari kiradi. Agar bu jarayonda birlik bo‘lmasa, bu holda jamoada o‘quv-tarbiya jarayonining samaradoligini pasaytiruvchi, o‘qituvchilarni sog‘lig‘iga ta’sir qiluvchi kasalliklar rivojlanishi mumkin. Bu jaryonda pedagogik jamoaning psixologik muhiti katta rol o‘ynaydi. Bunday muhit qadriyatli yo‘nalaganlik birlik va shaxslararo munosabatlarni namoyon bo‘lishida eng ahamiyatlilaridan biridir. Unga ko‘p miqdorda o‘qituvchining o‘zining his qilishi, pedagogik faoliyatga o‘zini qay darajada bag‘ishlashi bilan bog‘liqdir. Jamoadagi muhit har bir o‘qituvchining ijodkorlik darajasini aniqlash imkonini beradi. Sog‘lom muhit, jamoadagi mehnat, muloqot, optimizm, ishonch, himoyalanganlik hissi, tetiklik va shu kabi emotsional holatlar bilan belgilanadi.
Pedagoglar jamoasidagi negativ ta’sirlardagi asosiy omil bu nizolardir.
Nizo – bu shaxsiy va ijtimoiy hayotdagi u yoki bu qarorlarni qabul qilishda yuzaga keladigan insonlar orasidagi qarama – qarshiliklardir. Biroq har qanday qarama – qarshilik nizolarni keltirib chiqarmaydi. Insonlar turli qarashlarga ega bo‘lishi mumkin, lekin bu ularning hamkorligiga xalal bermaydi. Agar qarama–qarshiliklar shaxs qiziqishlarini, mavqei, axloqiy qadriyatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, nizolarni keltirib chiqaradi. Nizolar jamoada nosog‘lom muhitni yuzaga keltirib chiqaradi hamda o‘zaro munosabatlarni ―aniqlashtirib olish‖ni talab qiladi. Nizolar o‘zning mohiyat mazmuniga ko‘ra, destruktiv va konstruktiv turlarda namoyon bo‘lishi mumkin.
Nizoning ijobiy tomoni shundaki, u shaxsning o‘zini o‘zi anglashiga, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Insoniy munosabatlar tizimida nizolarni keltirib chiqaruvchi omillarni 5 guruhga kiritish mumkin ya’ni ular axborotlar, tuzilishlar, qadriyatlar, munosabatlar va hulq-atvorlardir.
Ko‘pgina nizolar negizida bir tomon uchun noma’qul bo‘lgan axborot tashkil etadi. Bu noto‘lik va noaniq faktlar, mish-mishlar bo‘lishi mumkin, ma’lumotlarning aniqligiga, axborot manbasini ishonchliligiga shubhalanish, bahs- munozara va boshqalar.
Nizolarning tuzilish omillari ijtimoiy guruhlarning rasmiy va norasmiy tashkil topgani bilan bog‘liq. Bunda shaxsiyat, ijtimoiy mavqeyi, hukmronlik, turli ijtimoiy norma va standartlar, an’analar xavfsizlik tizimi, rag‘bat va jazo, geografik joylashuvni, resurslar taqsimoti, tovarlar, xizmatlari, daromatlarni kiritish mumkin.
Qadriyatlar omili – bu biz tan oladigan yoki inkor etadigan tamoyillar. Bu guruhiy yoki shaxsiy e’tiqod ishonch va xulq-atvor tizimi ideologik madaniy, diniy, etnik, siyosiy, kasbiy qadriyatlarni kiritish mumkin.
Munosabatlar omili shaxslararo munosabatlardan qoniqqanlik bilan bog‘liq. Bunda munosabatlar asosini, ularning mavjudligi, kuchlar muvozanatini, o‘zi va boshqalar uchun ahamiyatini, o‘zaro kutishlarni, munosabatlarini davomiyligini, tomonlarning qadriyatlar tizimini muvofiqligini, xulq-atvorni inobatga olish zarur.
Xulq-atvor omili ham qiziqishlar turli bo‘lsa, o‘z-o‘ziga noadekvat baho, xavf tug‘ilsa emotsional holatlarni yuzaga kelishiga zamin yaratilsa, agar shaxs xulq-atvorida xudbinlik, mas’uliyatsizlik, adolatsizlik kuzatilsa, nizolarni vujudga keltirish mumkin.
Bunday guruhlashtirish nizolarning tabiatini chuqur tushunib etishga va ularni oldini olishga xizmat qiladi. Ko‘lamiga ko‘ra nizolar ichki, shaxsiy, shaxslararo, shaxs va guruh orasidagi va guruh, guruhlararo nizolarga bo‘linadi.
Ichki shaxsiy nizolar ishlab chiqarish talablari va shaxsning ehtiyojlari yoki qadriyatlarini o‘zaro nomuvofiqligi, ish yuklamasining noadekvatligi natijasida kelib chiqadi.
Shaxslararo nizolar resurslar, kapital ishchi kuchining, asbob uskunalar, vakant o‘rinning tanqisligi oqibatida kelib chiqadi.
Shaxs va guruh orasidagi nizo alohida shaxs kutishilari, talablari va guruhda qabul qilingan normal va xulq-atvorning nomuvofiqligi natijasida yuzaga keladi. Ushbu nizo boshqaruv uslubining noadekvatligi, jamoaning to‘liq etilmaganligi, rahbar va jamoa orasidagi munosabatlarning yaxshi emasligidan kelib chiqadi.
Guruhlararo nizolar – bu rasmiy guruh jamoasi ichidagi va norasmiy guruh jamoasi ichidagi, qolaversa, rasmiy va norasmiy guruh orasidagi nizolardir.
Nizolarning davomiyligiga ko‘ra, qisqa vaqtli va uzoq muddatliligiga ajratish mumkin. Birinchisida, tushunmovchiliklar va kamchiliklar tez anglanadi. Ikkinchisida, esa chuqur axloqiy – psixologik jarohatlar bilan bog‘liq bo‘lib, uzoq vaqt davom etadi. Nizolarning davomiyligi shaxs xarakteriga bog‘liq. Uzoq vaqt davom etuvchi nizolar xavfli bo‘lib, unda tomonlarning negativ holatlari kuzatiladi.
Nizolarni guruhlashtirishda ularning jamoa hayotidagi ta’sir darajasini inobatga olish zarur. Shu o‘rinda jamoa hayotini zaharlovchi nizolarni ham aytib o‘tish joiz. Bunday nizolarda arzimas narsalardan fojialar yasaladi. Nizolarning jamoani kelgusidagi taraqqiyotiga qarab salbiy oqibatlarga va ijobiy oqibatlarga ega nizolarga ajratish mumkin. Nizodan keyingi holatda negativ emotsiyalar yuzaga keladi. Bu esa nizoning salbiy oqibatidir. Nizolarni keltirib chiqaruvchi manbalarga ko‘ra ob’ektiv shartlanganlikka ajratish mumkin. Murakkab qarama-qarshiliklar vaziyatida obyektiv nizolar yuzaga keladi. Noqulay mehnat sharoiti, funksiyalarning noaniq taqsimoti va mas’uliyatsizlik, sharoitning o‘zgarishi, obyektiv nizolarni yuzaga keltiradi. Subyektiv nizolar shaxsiy xususiyatlarga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Bunda shaxsning qiziqishlari, istaklari, intilishlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Insonlar nizoli vaziyatlarda o‘zlarini turlicha tutadilar: ba’zilar yon bosadi, ba’zilar o‘zlarining qarashida qat’iy turib oladilar. Psixologiya fanlari doktori N.Obidov nizoli vaziyatlardagi 3 xil xulq-atvor tipini ajratib ko‘rsatadi:
Amaliyotchi
Hamsuhbat
Fikrlovchi‖ xulq-atvor tiplari.
Ular nizoli vaziyatlarda turlicha harakat qiladilar.
Amaliyotchi. Eng yaxshi himoya - hujum tamoyiligi amal qiladi. Ular uchun eng muhimi harakatdir, mana shu nizolarni uzoq vaqt davom etishiga olib keladi. Atrofdagilarning fikrini o‘zgaruvchanligi turli qaralsa qarshiliklarga olib keladi. Rahbar – xodim munosabatlarida biror muammoni hal qilishda nizodan qochib bo‘lmaydi. Amaliyotchilar juda maydakash bo‘lgani uchun munosabatlarda buzilishlar kuzatiladi.
Hamsuhbatlar uchun yaxshi urushlardan ko‘ra yomon dunyo yaxshi degan tamoyilga amal qiladilar. Ular uchun insonlar bilan muloqatda bo‘lish birinchi o‘rinda turadi. Bunday tipdagi shaxslar o‘zgalar fikrini osonlik bilan qabul qiladilar. Shuning uchun ular ko‘pincha jamoadagi norasmiy emotsional liderga aylanadilar.
Fikrlovchilar uchun o‘zlarini g‘olib bo‘ldim deb o‘ylayversinlar!
Tamoyili xosdir.
Fikrlovchilar o‘zlari va muhitni anglashga moyil bo‘ladilar. Nizoli vaziyatlarda ular o‘zlarini haqliklarini va qarama-qarshi tomonni nohaqligini isbotlashda murakkab faktlarni keltiradilar. Nizolashayotgan tomonlarni murakkab vaziyatdan faqatgina uchinchi tomon chiqarib olishi mumkin.
Fikrlovchi‖ lar doim o‘z xulq-atvorini o‘ylab amalga oshiradilar.
Nizoli vaziyatlar nafaqat ishlab chiqarish jarayonida balki aksariyat hollarda insoniy munosabatlar tizimida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xususan, bu holat uchuvchilar faoliyatida ham o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Aynan uchuvchilar faoliyatidagi nizolar ularning shaxs xususiyatlariga, faoliyatlar tizimiga, insoniy munosabatlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi.
Tolerantlik tafakkuri insonlarning turli iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, mafkuraviy, mafkuraviy, ma’naviy, ruhiy munosabatlarni ularning millati, irqi, nasl-nasabi, iqtisodiy Asli tolerantlik insoniyat tarixida o‘zga din va millatlarga nisbatan bag‘rikenglik va ehtiromli munosabatda bo‘lish mezoni sifatida shakllanib kelgan. Tolerantlik murakkab va o‘ziga xos ham ijtimoiy ham individual xususiyatlarini o‘zida mujassam etgan voqelik hisoblanadi.
Tolerantlik faqat insonning o‘z shaxsiy xsusiyatlariga aloqador bo‘lgan psixologik tushuncha bo‘lmay, balki insonga xos bo‘lsa ham ana shu o‘ziga xoslikni boshqa insonlarga qarata ishlata olish, qo‘llay bilish ko‘nikmalaridan iboratdir.
An’anaviy hollarda murakkab psixologik hodisalarni tasvirlashda komponentlar uchligidan foydalaniladi. Bu uchlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kognitiv komponent, emotsional komponent va xulq-atvor komponenti. Ushbu sxemani qo‘llashga intilishlar tolerantlikda ham paydo bo‘ldi. Eng umumiy hollarda yuqoridagi komponentlarning asosiy mazmuni yoki tolerantlik o‘lchamlar quyidagicha ta’riflanishi mumkin:
Tolerantlikning KOGNITIV komponenti. Bu komponent eng yaqqol ko‘rinuvchi va ko‘p jihatdan tadqiq etilgan bo‘lgani uchun tolerantlik ko‘pincha kognitiv ―transkriptsiya‖ da tasvirlanadi. Bu erdagi asosiy jihatlar murakkablik, ko‘p o‘lchamlilik, olamni oldindan bashorat qilib bo‘lmasligi, u haqdagi individual fikrlar tabiatini tan olishdir. Shuning uchun ham u haqdagi fikrlarni yagona haqiqatga birlashtirishning imkoni mavjud emas. Yuqoridagi jihatlarlar tolerantlik tamoyillari. Deklaratsiyasida ham ta’kidlab o‘tilgan, unda tolerantlik – bu ―eng avvalo bizning olamni, insonni individualligining namoyish bo‘lish shakllari turlichaligi, boyligini to‘g‘ri anglashimizdir, deyiladi. Tolerantlikning kognitiv komponenti inson tomonidan murakkablik va ko‘p o‘lchamlilikni qabul qilish va tushunishdan iborat bo‘lib, bular hayotiy haqiqat bilan bir qatorda uni qabul qilish variantlarining turlichaligi, ularni turli insonlar tomonidan turlicha baholanishi va tushunilishi, nisbiy va to‘liq emasligi, subyektivligidir.
Tolerantlik kognitiv o‘lchamda aynan qarama-qarshilik holatlarida namoyon bo‘ladi: fikrlarning to‘qnash kelishi, qarashlarning mos kelmasligi va hokazo. Bu mos kelmaslik plyuralizmni qabul qilish, interpritatsiyalarning boyligidan dalolat beradi. Kognitiv intolerantlik tolerantlikning aksi bo‘lib, me’yor mavjudligi pozitsiyasidan kelib chiqadi, shuning uchun u fikrlarning ko‘p bo‘lish imkoniyatini rad etadi va har qanday fikrlar plyuralizmi, insonlarning turlicha nuqtai-nazarlarini xatolik, adashish va xatto atayin qarshi chiqish deb baholaydi. Tolerantlik shuningdek, shaxsning suhbatdoshi bilan ma’lum vaziyat ustidan turlicha fikrlar bildirish imkoniyatini ham anglatadi, kognitiv ―nizo‖ shaxslararo nizoga olib kelmaydi.
Tolerantlikning EMOTSIONAL komponeneti.
Tolerantlikda empatiyaning ahamiyati beqiyos va bu fikrni deyarli barcha tadqiqotchilar ma’qullagan. Tolerantlikning emotsional tashkil etuvchisining ahamiyati shundaki, aynan shu o‘lchov kommunikativ jarayonda suhabatdoshlarni o‘zaro umumiylikka erishishlari, uzilgan insoniy aloqalarni tiklashlariga imkon beradi. Bundan tashqari empatiya suhbatdoshlar o‘rtasidagi kognitiv yoki xulq-atvor tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yoki yumshatish imkonini beradi. To‘liq empatiya bebaho va bu ma’noda mazmunan tolerantdir. Emotsional komponentning alohida tashkil etuvchisi sifatida emotsional barqarorlikning o‘ziga xos ko‘rinishi – ―affektiv tolerantlikni‖ aytish mumkin. Uning mazmuni emotsional tolerantlikni, og‘riqli hislarni sabr bilan engish va hokazo. Tolerantlikni ushbu ko‘rinishining boshqa bir jihati o‘zga kishining turli emotsional ko‘rinishlariga sabrli munosabatda bo‘lish bilan bog‘liq. Rivojlangan affektiv tolerantlik insonga shaxsiy emotsional jarayonlari bilan bir qatorda boshqa insonlarning his hayajonlarini yaxshiroq anglashga, asabiylashmay va ulardan yomon ma’no izlamay qabul qilishga yordam beradi.
Tolerantlikning XULQ-ATVOR komponeneti.
Ushbu o‘lchov – tolerantlik aysbergi‖ ning eng ko‘zga ko‘ringan qismini tashkil etadi va odatda o‘ziga e’tiborni jalb qiladi. Xulq-atvor tolerantligiga ko‘plab ko‘nikma va qobilyatlarni kiritish mumkin, ular orasidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatamiz:
1) tolerant fikr bildirish va o‘z nuqtai-nazarini shaxsiy mulohaza sifatida himoya eta olish qobilyati;
2) boshqalarning fikrlariga tolerant munosabatda bo‘la olish (o‘zining shaxsiy fikridan qanchalik farq qilmasin boshqalarning fikri ham yashash huquqiga ega ekanligini tan olish) qobilyati;
3) nizoli vaziyatlarda (qarama-qarshi nuqtai-nazar, fikrlar to‘qnashuvi Yuz berganda) tolerant bo‘la olish qobilyati;
Oxirgisi alohida nafaqat xulq-atvor o‘lchamida balki boshqa o‘lchamlarda ham e’tiborni talab etadi. Tolerantlikning mazkur jihatarini tadqiq etishda I.B. Gasanovning konflikt va konflik kompetentligi kontseptsiyasi asos bo‘lib xizmat qiladi. Kognitiv komponent tolerantlik tamoyillarini qabul qilish, tushunish, fikrlash, interpritatsiyalashni nazarda tutsa, verbal komponent ―ilmiy tashkil etuvchilar bilan chegaralanadi. Bu tolerantlikni eng sodda va yuzaki o‘lchamidir.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, tolerantlik ko‘p qirrali tushuncha sifatida insonni insonlarga bo‘lgan munosabati,xulq-atvor namunalarini o‘zlashtirish hamda ularga nisbatan hurmat bilan belgilanadi.
Bundan ko‘rinadiki, insonlarda tolerantlikni shakllantirishda insonparvarlik sifatlarini oshishi hamda insoniy munosabatlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lishiga olib keladi.
Psixologik iqlim jamoaning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Bu mehnat unumdorligiga sezilarli darajada ta'sir qiladi, shuningdek, guruh a'zolarining har bir a'zosining hissiy holati - xodimlar ham, boshqaruv ham. Bu ko‘rsatkich nimaga bog‘liq? Uni qanday aniqlash mumkin va uni o‘zgartirish mumkin?
Ko‘pincha, kuchli vaziyat beqarorlik holatida sodir bo‘ladi. Jamoadagi psixologik muhitni yomonlashtiradigan yana bir umumiy sabab - bu alohida xodim yashashga majbur bo‘lgan noqulay sharoitlar. Ehtimol, uning mavjudligi uchun eng yaxshi sharoitlar yo‘q, ovqatlanishning yomonligi, qarindoshlar bilan munosabatlardagi qiyinchiliklar va boshqa xodimlarning ruhiy holatiga ta'sir qilishi mumkin. Ishlash muhitida noqulay muhitning yana bir sababi ishchilarning o‘zi o‘rtasidagi aloqa qiyinchiliklaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |