Syangan,
Hong Kong —
Xitoy
tarkibidagi maxsus maʼmuriy tuman. Mamlakatning janubi-sharqiy
qismida, Janubiy Xitoy dengizi sohilida. Syangan orol, Szyulun yarim orol, shuningdek, yakin atrofidagi
235 ta orolni oʻz ichiga oladi. Maydoni 2905 km², shundan qurukdik qismi 1095 km², qolgan qismi
dengiz akvatoriyasi. Maʼmuriy markazi — Syangan shahri Aholisi 6,68 million kishi (1998). Asosan,
xitoylar (98%), shuningdek, tibetmyanmalar, hind, inglizlar va portugallar ham yashaydi. Aholi buddizm,
daosizm, konfutsiylik, islom, hinduizm, xristian dinlariga eʼtiqod qiladi. Rasmiy tili — xitoy va ingliz tili.
S qirgʻoklari qoʻltiqlar bilan parchalangan. Sohil yaqinida mayda qoyali orol koʻp. Yer yuzasi togʻli, eng
baland joyi 939 m. Iqlimi subtropik, mussonli iqlim, yanvarning oʻrtacha temperaturasi 15—16°, iyulniki
25—27°. Yillik yogʻin 2000 mm gacha. Doim yashil tropik oʻrmonlar bor.
S. Xitoy bilan "bir davlat — ikki tuzum" tamoyiliga asoslanadi. Bu tamoyilning mazmuni Xitoyning ichki
rayonlarida sotsialistik tuzum ustuvor boʻlsada, Sda kapitalistik sistema va hayot tarzi sakdanib qolgan.
S.ning oʻz boshqaruv organlari boʻlib, ular tashki siyosiy faoliyat va mudofaadan tashqari barcha
sohalarni mustaqil ravishda boshqaradilar. Sda siyosiy demokratiyaga amal qilinadi. S.ning boshqaruv
organlari — maʼmuriyat boshligʻi, xukumatdan iborat. Shuningdek, Maʼmuriy majlis, Qonun chiqaruvchi
majlis va Sud faoliyat koʻrsatadi. Maʼmuriy boʻlinmalardan tashqari siyosiy, moliyaviy va xuquqiy
departamentlar ham mavjud. Maʼmuriyat boshligʻi mahalliy aholi orasidan saylov yoki konsultatsiya yoʻli
bilan 5 yilga saylanadi. Pul birligi erkin konvertatsiya qilinadigan — syangan dollari.
[1]
S.ning hozirgi hududi miloddan avvalgi 3-asr oxirlaridan Xitoy davlati tarkibida boʻlib kelgan. 1840—42
yillardagi Angliya— Xitoy urushi davrida Syangan orol inglizlar tomonidan bosib olingan. 1842 yilgi
Nankin bitimiga asosan Buyuk Britaniyaning "abadiy mulki"ga aylangan. 1856—60 yillardagi
AngliyaFransiyaXitoy urushi natijasida Szyulun yarim orolning jan. kismi ham Angliya mulkiga
qoʻshildi. 1898 yil iyunda Pekinda imzolangan konvensiyaga koʻra, Angliya Szyulun yarim orolning yana
bir qismi va yondosh orollar (Yangi hudud) ni 99 yil muddat bilan ijaraga oldi. Ikkinchi jahon urushi
vaqtida hududni yaponlar bosib oldi. 1945 yil 30 avgustdan yana inglizlar qoʻl ostiga oʻtdi. XXR tashkil
topgach (1949), Pekin hukumati S.ning mustamlaka maqomini tan olmay, uni Xitoydan "tortib olingan"
hudud deb qaradi. 1982 yildan S. masalasi boʻyicha Xitoy va Buyuk Britaniya hukumatlari oʻrtasida
muzokaralar boshlandi va 1984 yil 19 dekabrda Xitoy va Buyuk Britaniya tomonidan qoʻshma
deklaratsiya imzolandi, unga koʻra 1997 yil 1 iyuddan S. Xitoy yurisdiksiyasi ostiga oʻtdi. Shunday kilib,
Xitoy S. ustidan suverenitet oʻrnatdi va S. mamlakatning maxsus maʼmuriy rayoni deb atala boshladi.
S. xoʻjaligi uning "savdo faktoriyasi" roli taʼsirida shakllangan. Bunga sabab uning chuqur suvli
bandargohlarga boyligi va umuman tabiiy resurslarning yoʻqligidir. Sanoati chetdan keltiriladigan xom
ashyo va yarim tayyor mahsulotlar asosida ishlaydi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 4/5 qismidan
ortigʻi eksport uchun moʻljallangan. Yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning asosiy kismi ulgurji va chakana
savdo, eksportimport operatsiyalari, transport, aloka, moliya va sugʻurta, koʻchmas mulk operatsiyalari,
ijtimoiy va kommunal xizmat koʻrsatish sohalarida ishlab chiqariladi. Iqtisodiy faol aholining 63% ham
shu sohalarda band. Qayta ishlash va qurilish sohasida 28% iqtisodiy faol aholi band boʻlib, YAIM ning
23% ishlab chiqariladi. Sanoatining yetakchi tarmoqlari — toʻqimachilik va tikuvchilik. Xorijiy
investitsiyalarning asosiy qismi ham ana shu tarmoqlarga sarflanadi. Shuningdek, soat, plastmassa
buyumlar (asosan, oʻyinchoqlar) ishlab chiqariladi. Elektronika va elektrotexnika, poligrafiya sanoatlari
rivojlanmoqda. Q.X. da turli sabzavot ekinlari ekiladi. Eksport uchun gulchilik rivojlangan. Baliq
ovlanadi. S. porti jahonda eng yirik portlardan, bajariladigan operaiiyalar turi boʻyicha Singapurdan
keyingi oʻrinni egallaydi. Chetdan xalq isteʼmoli buyumlari, jihozlar, mashina va mexanizmlar,
elektrotexnika tovarlari keltiriladi. Eksportga kiyimkechak (33%, dunyoda 2oʻrinda), zargarlik buyumlari
va oʻyinchoqlar (11%, dunyoda 3oʻrinda), elektrotexnika va optika tovarlari, soatlar, orgtexnika va h.k.
chiqariladi. Turizm rivojlangan, yiliga 6 mln. sayyoh kelibketadi. S.da 8 ta oliy oʻquv yurti bor.
S. — yirik xalqaro moliyaviy markaz. Dunyodagi 100 ta eng yetakchi banklarning 83 tasi bu yerda oʻz
operatsiyalarini bajaradi. S. valyuta bozorida oʻtkaziladigan operatsiyalar hajmi boʻyicha Osiyoda
Singapur va Tokiodan keyin 3-oʻrinda. S. Jahrn savdo tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarga aʼzo.
Tayvan, Formoza — Tinch okeandagi orol, Osiyoning jan.sharqiy qirgʻoklari
yaqinida, materikdan
Tayvan boʻgʻozi orqali ajralgan. Atrofidagi mayda orollar bilan Xitoy provinsiyasini tashkil etadi.
Maydoni 36 ming km². Maʼmuriy markazi — Taybey sh. Aholisi 22,3 mln. kishi (2001), 1 km² ga 621,7
kishi toʻgʻri keladi. Rasmiy til — xitoy (mandarin) tili. Aholi buddizm, daosizm va xristian dinlariga
eʼtiqod qiladi. Pul birligi — yangi Tayvan dollari.
T.ning qirgʻoq chizigʻi tekis, sharqiy qismida Tayvanshan suvayirgʻich tizmasi oʻtgan. Gʻarbiy sohili
tekislik. Shim.da bir necha soʻngan vulkan bor. Kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Iklimi shim.da subtropik,
jan.da tropik, mussonli ikdim, yanvarning trasi 15— 20°, iyulniki 25—30°. Yillik yogʻin 1500–2500 mm.
Tez-tez tayfun boʻladi. Daryolari sersuv. Hududining yarmiga yakini doim yashil oʻrmon bilan
qoplangan, 3300 m dan baland kismi butazor va oʻtloklar. Foydali qazilmalardan neft, tabiiy gaz, koʻmir
qazib olinadi, oltingugurt konlari bor. Tekisliklarda sholi, choy, batat, shakarqamish, ananas va h.k.
ekiladi.
Orol haqidagi dastlabki maʼlumotlar 1—2-asrlardagi Xitoy manbalarida uchraydi. 1590 yilda T.ni
portugallar bosib olib, Formoza (goʻzal, nafis) deb ataganlar. 1624 yildan gollandlar nazoratida boʻldi.
1861 yilda ulardan ozod etilib, maʼmuriy jihatdan Xitoyning Futszyan provinsiyasi tarkibiga kiritildi.
1887 yilda esa alohida provinsiya kilib ajratiddi. 1894—95 yillardagi Yaponiya — Xitoy urushidan soʻng
orol yaponlarga oʻtdi. Ikkinchi jahon urushida yaponlar yengilgach, T. 1945 yilda Xitoyga qaytarildi.
1949 yilda XXR tashkil etilgach, magʻlub boʻlgan gomindanchilar T.ga oʻrnashib oldilar va "Xitoy
Respublikasi hukumati"ni tuzdilar. T.da amal qilinadigan konstitutsiyaga muvofiq T. hukumati orolni 6 y.
muddatga saylangan prezident boshkaradigan "Xitoy Respublikasi" deb nomladi. XXR hukumati esa T.
maʼmuriyatiga "bir davlat — ikki sistema" shaklini taklif etdi. Unga muvofiq orol tinch yoʻl bilan yagona
Xitoy yurisdiksiyasi ostidagi oʻz ijtimoiy tizimiga ega maʼmuriy rn boʻlishi lozim. T. hukumati esa bunga
qarshi va u "bir mamlakat — ikki hokimiyat" shaklini taklif etmokda. T.ning oliy boshqaruv organlari —
Milliy majlis va 5 asosiy palata (yuan) dan iborat. Prezident, Milliy majlis va palatalar 6 yil muddatga
saylanadi. 40 dan ortiq partiya roʻyxatga olingan, yetakchi partiyalar — demokratik progressiv partiya,
gomindan partiyasi (Millatparvar partiya).
Ikkinchi jahon urushidan soʻng T. iqtisodiy oʻsish va eksport boʻyicha dunyoda eng yuqori surʼatlarga ega
boʻlib, iqtisodiy jihatdan kuchli maʼmuriy tuzilmaga aylangan. Hozirda T. Sharqiy Osiyoning "Toʻrt
kichik iqtisodiy ajdar"i — Koreya Respublikasi, Singapur va Syangan guruhidagi ,yangi industrial
mamlakat hisoblanadi. 1991 yildan OsiyoTinch okean iqtisodiy hamkorligi tashkilotiga aʼzo. T.ning yalpi
ichki mahsuloti 270 mlrd. dollardan ziyod boʻlib, jahonda 20oʻrinni egallaydi. Iqtisodiy oʻsish surʼati —
65,1%. Kompyuter, elektron uyroʻzgʻor apparaturasi, kiyimkechak, poyabzal, sport yaxtalari ishlab
chiqarish. boʻyicha jahon xoʻjaligida yetakchi oʻrinni egallaydi. T. elektronika tarkibiy kismlari, mebel,
toʻqimachilik, metallurgiya, kimyo, aniq mashinasozlik mahsulotlarining yirik eksport qiluvchisi. Asosiy
sanoat tarmoqlari: toʻqimachilik, radioelektronika, kemasozlik, oziq-ovqat, sement, oʻrmonyogʻochsozlik,
poʻlat eritish. Yirik sanoat shaharlari: Taybey, Szilun, Taychjun, Gaosyun. Kamfara ishlab chiqarish. va
eksport qilishda dunyoda 1oʻrinda. Hududining 24% ekin maydoni. Asosiy ekini — sholi, shuningdek,
shakarkamish, batat, ananas ham yetishtiriladi; choy plantatsiyalari bor. Chorvachilikda qoʻy boqiladi.
Baliq ovlanadi.