Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi-respublika. Mamlakat 9 provinsiyaga
bо‘lingan. Seul va Pusan shaharlari alohida ma’muriy maqomga ega. Koreya Respublikasi 1948-
yilning 15-avgustida mustaqil deb e’lon qilingan. Milliy bayrami-Mustaqillik kuni. Ijro etuvchi
hokimiyat-prezident (davlat boshlig‘i) va Bosh vazir rahbarligidagi Davlat Kengashiga tegishli
Yangi industrial mamlakatlar
Yangi industrial mamlakatlar — 20-asrning soʻnggi oʻn yilliklarida iqtisodiy taraqqiyotda keskin
oʻzgarishlarga erishgan rivojlanayotgan mamlakatlar guruhi. Bu mamlakatlar koʻpgina koʻrsatkichlar
boʻyicha jahondagi oʻrta va hatto yuqori rivojlangan mamlakatlarga yaqinlashdi.
YA.i.m.da sanoat ishlab chiqarish hajmi va uning milliy daromaddagi hissasi oʻsdi, aholi jon boshiga
yalpi ichki mahsulot hajmi koʻpaydi. Yangi qatlam — tadbirkorlar sinfi mavqei mustahkamlandi. Yangi
industrial mamlakatlarm.ga Lotin Amerikasining rivojlangan mamlakatlari — Argentina, Braziliya,
Meksika va Janubiy Sharqiy Osiyoda "Osiyo yoʻlbarslari" nomini olgan bir qator mamlakatlar va
hududlar — Singapur, Tayvan, Koreya Respublikasi, Xitoy tarkibidagi Syangan kiradi. Bulardan bir
qadar keyinroq 2avlod Yangi industrial mamlakatlarm. deb nom olgan mamlakatlar ham paydo boʻldi. Bu
mamalakatlarda aholining katta qismi hamon q.x.da band boʻlishiga qaramay, sanoat ishlab chiqarish
hajmi va sanoat mahsulotlari eksporti tez oʻsmoqda, milliy kapital vakillarining mavqei
mustahkamlanmoqda. Bularga Lotin Amerikasida Venesuela, Kolumbiya, Peru, Urugvay, Chili, Janubiy
Sharqiy Osiyoda Malayziya, Filippin, Tailand, Indoneziya kiradi.
YA.i.m. sanoatida eng zamonaviy texnologiyalar qoʻllaniladi va jahon bozorida raqobatbardosh yuqori
sifatli mahsulotlar ishlab chiqariladi. Ularning tajribasi rivojlanayotgan mamlakatlar oʻz taraqqiyotida
faqat oʻzlarida serob, hatto ortiqcha boʻlgan tabiiy va mehnat resurslari bilan birga texnik jihatdan
murakkab ishlab chiqarishga tayanishlari va bu tarmoqlarda qiyosiy afzalliklarga ega boʻlishi
mumkinligini koʻrsatadi. Yangi industrial mamlakatlarm.ning sanoat rivojida chet el kapitali faol rol
oʻynaydi. Mas, Singapurda 1980-y.lar oxirida ishlov beruvchi sanoat mahsuloti eksportining 90% ga
yaqini, Koreya Respublikasida 27% chet el transmilliy kompaniyalari (TMK) filiallari hissasiga toʻgʻri
kelgan. TMK bu mamlakatlarda mahalliy arzon ishchi kuchidan foydalangan holda yangi, baʼzan eng
yangi sanoat korxonalarini qurishda ishtirok etadi. Ayrim detallar va butlovchi qismlar ishlab
chiqaradigan tor ixtisoslashgan korxonalar quradi, mahsulotni pirovard yigʻish rivojlangan
mamlakatlarning oʻzida amalga oshiriladi.
Mas, elektronika sanoati sohasidagi AQSH va Yaponiya TMK Meksika, Singapur, Tayvan va
Malayziyada yarimoʻtkazgichli priborlar va integral sxemalar chiqaradigan bir qator korxonalarni tashkil
etdi. Ayrim TMK murakkab texnologiyani soddalashtirib, ishlab chiqarish jarayonini alohida qismlarga
ajratib, rivojlanayotgan mamlakatlarda tegishli korxonalarni qurdi. Natijada bu mamlakatlardan ishlov
beruvchi sanoat mahsulotlari eksportining katta qismi TMK ichki firma savdosidan iborat boʻlib qoldi.
Janubiy Sharqiy Osiyodagi Yangi industrial mamlakatlarm.ning eksport yoʻnalishidagi rivojlanishi,
eksport tuzilmasi tamomila oʻzgardi. Unda xom ashyo va oziq-ovqat hissasi keskin kamayib, sanoat
eksportida toʻqimachilik mahsulotlari salmogʻi pasaydi, mashina va uskunalar hissasi juda oʻsib bordi.
Mas, 1970 yildan 1995 yilga qadar Singapur eksportida xom ashyo va oziq-ovqat hissasi (%larda) 72,5
dan 16,1 ga ga, Koreya Respublikasida 23,5 dan 6,7 gacha, Tayvanda 24,3 dan 7,3 gacha, toʻqimachilik
tovarlari hissasi esa tegishlicha 5,6 dan 2,6 gacha, 41,1 dan 15 gacha, 29,0 dan 14,4 gacha qisqardi,
mashina va uskunalar hissasi esa Singapurda shu davrda (% larda) 11,0 dan 62,3 ga, Koreya
Respublikasida 7,2 dan 51,6 gacha, Tayvan 16,7 dan 47,7 gacha oʻsdi. 2avlod Yangi industrial
mamlakatlarm.da ham xuddi shunday oʻzgarishlar bormoqda. Malayziyada xom ashyo va oziqovqat
eksporti hissasi shu davrda 93,5% dan 26,9% ga qisqargan boʻlsa, mashina va uskunalar hissasi 1,6% dan
50% ga oʻsdi. Tailandda xom ashyo va oziq-ovqat eksport hissasi 95,3% dan 26,3% pasayib, mashina va
uskunalar hissasi 0,1% dan 31,5% ga koʻtarildi. Shunday qilib, bu mamlakatlarning koʻpchiligi mashina
va uskunalar eksporti boʻyicha jahondagi sanoati rivojlangan mamlakatlar darajasiga koʻtarildi. 20-asr
oxirlariga kelib jami rivojlanayotgan mamlakatlar sanoat eksportining deyarli 70%, mashina va uskunalar
eksportining 70% dan koʻprogʻi Janubiy Sharqiy Osiyodagi 1 va 2 avlod Yangi industrial mamlakatlarm.
(Syangan, Singapur, Koreya Respublikasi, Tayvan, Indoneziya, Malayziya va Tailand), shuningdek,
Xitoy hissasiga toʻgʻri keldi.
2002 yilga kelib aholi jon boshiga yalpi milliy mahsulot ishlab chiqarish Koreya Respublikasida 16480,
Singapurda 23090, Malayziyada 8280 AQSH dollarini tashkil etdi. Yangi industrial mamlakatlarm. da
aholi jon boshiga tibbiy, taʼlim, kommunal xizmatlari isteʼmol boʻyicha ham jiddiy yutuqlarga erishilgan.
YA.i.m.ning paydo boʻlishi hozirgi jahon xoʻjaligida va xalqaro mehnat taqsimotida katta oʻzgarishlar
yuz berganligini, rivojlanayotnan mamlakatlar oʻrtasida tabaqalanish kuchayib borayotganligini
koʻrsatadi, chunki Yangi industrial mamlakatlarm. dagi taraqqiyot kam rivojlangan mamlakatlarning katta
guruhidagi qoloqlikni bartaraf eta olmadi.
Iqtisodiy va sanoat rivojining hozirgi darajasiga koʻra, Yangi industrial mamlakatlarm.dan eng
rivojlanganlari — Koreya Respublikasi, Argentina, Meksika, Singapur sanoati rivojlangan mamlakatlarga
deyarli yaqinlashdi va Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya kabi Yevropa davlatlari bilan bir darajada turadi.
Meksika va Koreya Respublikasining rivojlangan mamlakatlarning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti (OYESD) aʼzoligiga qabul qilinganligi ham buning isboti boʻla oladi.
XXI asr 60-yillarida rivojlanayotgan davlatlar ichidan Yangi Industrial Davlatlarning (YAID) ajratib
chiqish davri bo’ldi. Bugungi kunda bunday davlatlar Lotin Amerikasi va Osiyoda mavjud. Osiyoda
ularning eng rivojlangani Janubiy Koreya va Singapur bo’lsa,
Lotin Amerikasida Argentina
, Braziliya va
Meksikadir. Mutaxassislar YAID qatoriga Malayziya, Tailand, Hindiston, Chili, Kipr, Tunis, Turkiya,
Indoneziya: Filippinni ham kiritiladilar.
Birlashgan Millatlar tashkilotining hisoblash uslubiga ko’ra, u yoki bu davlatni yangi industrial davlatlar
safiga qo’shilishda quyidagi ko’rsatkichlar hisobga olinadi.
1) yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga taqsimoti ko’rsatkichlari
2) yalpi ichki mahsulotning yillik o’sishi sur`at (qo’shimcha)
3) qayta ishlash sanoatining yalpi ichki mahsulotdagi solishtirma salmog’I (u 20 foizdan yuqori bo’lishi
zarur)
4) sanoat mahsulotlarining eksportdagi salmog’I
5) xorijga chiqarilgan investitsiya salmog’i.
Bu ko’rsatkichlar bo’yicha YAID rivojlanayotgan davlatlardan ajratib turadilar.
Yangi industrial davlatlar shakllanishida chet el sarmoyasi katta rol o’ynaydi. Chunonchi, 80 – yillarning
birinchi yarmida YAID iqtisodiga kiritilgan sarmoya chet davlatlarining rivojlanayotgan davlatlar
iqtisodiga kiritilgan jami sarmoyasining 42 foizini tashkil etdi. YAID iqtisodiga eng ko’p sarmoya
kiritgan davlat AQSH (chetga chiqarilgan barcha sarmoyalarning 10 foiz)dir.
1995 – yilda xalqaro tashkilot – “Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti” Janubiy – Sharqiy Osiyo
davlatlari orasida birinchi bo’lib Singapurga industrial rivojlangan davlat maqomini berdi.
30 – yil ichida barqaror iqtisodiy taraqqiyot Singapurni kichik bir bandargohdan jahondagi ehg boy
davlatlardan biriga aylantirildi (yalpi ichki mahsulotning aholi jon boshiga taqsimoti hajmi bo’yicha
dunyoda 9 – o’rinda turadi). Shu yili aholi jon boshiga o’rtacha daromad 22300 AQSH dollarini tashkil
etdi.Keyingi o’rinda yaponiya turadi.
Ayni paytda quyidagi omillar ham transmilliy korporatsiyalarining aynan Osiyo hududiga kirib kelishida
katta rol o’ynaydi.
- Osiyo YAIDining qulay geografik o’rni. Ularning deyarli hammasi dunyo iqtisodiy yo’llari kesishgan
nuqtalarda hamda AQSH va Yaponiyaga yaqin joylashgan.
- YAIDda mustahkam siyosiy qayta qurishlarning iqtisodiy islohatlar manfaatiga xizmat qilganligi.
- Osiyo YAID aholisining o’ta mehnatkashligi, tirishqoqligi, intizomliligi.
YAID o’z iqtisodiyotini rivojlantirishdaquyidagi ikki modeldan birini tanlaganlar.
- milliy iqtisodiyotni tashqi bozor – eksportga yo’naltirilgan holda rivojlantirish.
- milliy iqtisodiyotni import o’rnini o’zi qoplashi yo’nalishida rivojlantirish.
- Birinchi yo’l
samarasi AQSH
, G’arbiy Yevropa va Yaponiya tajribasida isbotlangan edi. Osiyoning
YAID ham asosan shu modelni qo’lladilar.
Lotin Amerikasining YAID esa asosan ikkinchi modelni qo’lladilar.
Koreya 1910 – yilda Yaponiya mustamlakasiga aylangan edi. Bu hol 1943 – yilgacha davom etdi. 1943 –
yilda Koreya mustaqillikka erishgan bo’lsada, keyinchalik u ikki davlatga bo’linib ketdi. Bu – 1945 –
yilda Koreyaning shimolini SSSR armiyasi, janubini esa AQSH armiyasi egallaganligiing oqibati bo’ldi.
Potsdam konferensiyasi 1945 – yilda 38 – parallel kenglikni SSSR va va AQSH armiyasi o’rtasidagi
chegara chizig’I deb belgilangan.
1948 – yilning 15 – avgustida Koreyaning janubida Li Sin Man boshchiligida Koreya Respublikasi, tshkil
topdi. 9 – sentyabrda esa shimolda Kim 1r Sen boshchiligida Koreya Xalq Demokratik Respublikasi
tuzilganligi e`lon qilindi. 1950 – yilda bu ikki koreya davlat o’rtasida urish harakatlari boshlandi. Bu
urushga AQSH, SSSR va XXR ham aralshdi. Ikki yillik muzokaralardan so’ng, nihoyat, 1953 – yilning
27 – iyunida yarash bitimi imzolandi.
Shimoliy Koreya sovet nusxasidagi :sotsializm” qurishga kirishdi. Buning oqibatida u Osiyoning eng kam
taraqqiy etgan davlatlaridan biriga aylandi. 1994 – yilda Kim Ir Sen vafot etgach, uning o’g’li Kim Chen
Ir prezidentlik lavozimini egalladi 1994 –
yilda aholi jon boshiga
, 920 dollarlik yalpi ijtimoiy mahsulot
ishlab chiqarildi. Shunday bo’lsada, Shimoliy Koreya zo’r berib qurollanmoqda. Hatto, o’z atom bombasi
va uni mo’ljalga etib qo’yuvchi vositalarga ega bo’lish imkoniyati reallikka aylanishi mumkinligi jahon
hamjamiyatini tashvishga solmoqda.
Janubiy Koreyada Li Sin Man 1960 – yilda o’ldirilgach, hokimiyat Pak Chjon Xi qo’liga o’tdi. U ham
1979 – yilda o’ldirildi va 1980 – 1987 – yilarda prezidentlik lavozimini Chon Du Xvan boshqardi. 1987 –
yilgi saylovlarda general Ro De Vu g’alaba qildi. 1993 – yilgi saylovlarda esa Kim Yan Sam hokimiyatni
egalladi. Koreya 60 – 70 – yillarda juda tez taraqqiy qildi. Hukumat markazlashdi. DEU, Samsung,
Xyundoy, Lak – Goldstar kabi kompaniyalar juda katta foyda oldilar. Kemasozlik, avtomobilsolik,
elektronika va boshqa sohalar o’ta tez rivojlandi. 1997 – yilda inqiroz tufayli yuzlab korxonalar sindi.
Xalqaro valyuta fondidan 47 mlrd. dollar qarz oldi. Bu davrda koreya xalqi haqiqiy vatanparvarligini
ko’rsatdi. Fuqarolar milliardlab pul yig’dilar, ayollar oxirgi taqinchoqlaricgacha davlatga topshirdilar.
Janubiy Koreya bugungi kunda dunyoning eng taraqqiy etgan davlatlaridan biriga aylandi. Chunonchi,
1994 – yilda aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan jami ijtimoiy mahsulot 11270 dollarni tashkil etdi. No
Mu Xyon – mamlakat prezidentidir.
Janubiy Koreya – O’zbekiston munosabatlari yildan – yilga rivojlanib bormoqda. Janubiy Koreyaning
O’zbekistonda qo’ygan kapitali 1 mlrd. dollardan oshdi. 128 ta qoshma korxona ishlamoqda.
Singapur 1958 – yilgacha Buyuk Britaniya mustamlakasi bo’lib keldi. 1959 – yilda unga Britaniya
Hamdo’stligi tarkibida muxtoriyat maqomi berildi. 1963 – yilda esa Malayiya federatsiya tarkibidan
chiqdi va 9 – avgust kuni o’zini mustaqil respublika deb e`lon qildi.
Mustaqillik yillarida Singapur Janubi – Sharqiy Osiyoning eng rivojlangan davlatiga aylandi. 1994 –
yilda aholi jon boshiga 19940 dollarlik yalpi mahsulot ishlab chiqarildi va jami yalpi mahsulot 57 mlrd.
dollarni teshkil etdi. Bu yerda hozir 4 mln aholi yashaydi. Tug’ilish kamaymoqda. Yiliga 50 ming bola
tug’iladi. Bosh vazir Go Chak Tong millatni ko’p farzand ko’rishga chaqirdi. S. R. Natan mamlakat
Prezidenti lavozimida ishlamoqda.
1942 – yilda Yaponiya tomonidan bosib olingan Indoneziya 1945 – yilda ozod bo’ldi va 4 sentyabrda
Sukarno (1901 – 1970) boshchiligida hukumat tuzildi. Lekin 1947 yil iyulida Gollandiya bostirib kirdi.
BMT ning aralashuvi va AQSH ning ta`siri bilan 1949 – yilda Gollandiya Indoneziya mustaqilligini tan
oldi. 1950 yilda Sukarno Indoneziya unitary respublikasini e`lon qildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida e`tibor qaratildi. Neft konlari, kauchik plantasiyalari
milliylashtirildi. Oziq – ovqat, to’qimachilik mollari, tayyor kiymlar tayyorlash kuchaytirildi. Tabiiy
boyliklar xalq qo’liga o’tdi.
1968 – yilga kelib general Suxarto president bo’ldi va mamlakatni 1998 – yil iyunigacha boshqardi. Bu
davrda mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqarorlik hukm surdi. 1970 – yilning oxiriga
kelib
Indoneziyaga Amerika
, Yaponiya va boshqa davlatlar kompaniyalari 1,3 mlrd. dollar miqdorida
investitsiya kiritdilar. Kapital asosan kon sanoati, daraxt kesish va baliq ovlash sohalarida kiritildi.
Milliylashtirilgan korxonalar egalariga qaytarildi. Indoneziya siqilgan tabiiy gaz, neft eksport qiluvchi
davlatga aylandi. 90 – yillarda 4 – yil ichida 35 mlrd. dollar miqdorida xorijiy kapital kirtildi. Turli
avtomabillar, zamonaviy samolyotlar yig’ildi. Lekin 1997 – yilda mamlaatda iqtisodiy inqiroz yuz berdi.
70 foiz korxona,
banklar yopildi
, ishsizlar soni 20 mln. ga yetdi, tashqi qarz 138 mlrd. dollarni tashkil
etdi.
1998 – yil iyunda president Suxarto iste`foga chiqib, noyabr oyida B. Habibiy prezidentlik lavozimini
egalladi.
1999 – yil oktabrda umumxalq saylovlari natijasida musulmon diniy partiyasi (Naxdatul Ulamo) rahbari
A. Vohid Prezident qilib saylandi. U ham vaziyatni barqarorlashtira olmadi. Inflatsiya 20 foizga yetdi.
1975 – yilda Gollandiyadan tortib olingan Sharqiy Timor mustaqillikka erishdi. Achexa ham shunday
huquqni qo’lga kiritdi. 2001 – yildan Megavati Sukarnopuri mamlakat Prezidenti lavozimini to’la
egalladi. Indoneziya hozirgi kunda neft mahsulotlari, sanoat gazi, rezina, ko’mir, mis, qo’rg’oshin, nikel,
baliq mahsulotlari, kofe va choyni katta miqdorda eksport qiladi.
Buyuk Britaniya mustamlakasi bo’lgan Myanmani 1942 – yilda Yaponiya butunlay bosib oldi. 1947 – yil
24 – sentabrda Ta`sis Majliosi Birma Ittifoqi Konstitutsiyasini qabul qildi. 1947 – yil 17 – oktabrda Xalq
ozodligi antifashistik ligasi yangi president U Nu Buyuk Britaniya bilan shartnoma imzoladi. Unga
muvofiq Birma Ittifoqi 1948 – yil 4 – yanvardan mustaqil deb e`lon qilindi. U Nu Bosh vazir etib saylandi
va 1952 – yilgacha mamlakatni boshqardi.
Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun g’alla, makkajo’xori, paxta,
shakarqamish
, jut va boshqa
mahsulotlar ko’paytirishga harakat qilindi. Guruch tozalash, yog’, choy, tamaki, shakar ishlab chiqarish
korxonalari yangi texnologiyalar bo’yicha rekonstruksiya qilindi.
1952 – 1957 – yillarda Ba U, 1957 – 1962 – yillarda U Vin Maung prezidentlik qildilar.
1962 – yil martda harbiylar general Ne Vin boshchiligida davlat to’ntarishini o’tkazdilar. 1947 – yilgi
Konstitutsiya bekor qilindi. Endi mamlakat Birma Ittifoqi Sotsialistik Respublikasi deb atala boshladi.
Yangi sotsialistik jamiyat qurish 1988 – yilgacha davom etdi.
1988 – yilda mamlakat Myanma Ittifoqi deb ataldi va U So Maung prezidentlik lavozimini egalladi. Endi
bozor iqtisodiyotiga o’tish boshlandi. Ahvol yaxshilandi. Chet el investitsiyasiga keng yo’l ochildi. Yalpi
mahsulotning o’sishi yiliga 8 foizga ko’tarildi. Hozirgi vaqtda rangli metallar, neft, kumush, qimmatbaho
toshlar qazib chiqarish,
neftni qayta ishlash
, metallurgiya kombinatlari, qo’rg’oshin – rux korxonalari
rivojlangan.
Malayziya davlati yetarli, xususan “Nort Barkes” kompaniyasiga qarashli Shimoliy Borjo, Malakka
orolining janubiy qismi, Kalimantan oroli shimolidagi saravak va Sabak urushgacha bo’lak – bo’lak holda
buyuk Britaniya mustamlakasi edi. 1941 – yil 8 – dekabrda Malakka oroliga yaponlar bostitib kirdi va
1942 – yil fevralda uni butunlay egalladi. 1945 – yilda inglizlar kelib Malayya ittifoqini tuzdilar. Lekin u
ham uzoq yashamadi. 1947 – yilda Birlashgan
xalq fronti yuzaga keldi
, u yosh davlat mustaqilligini
mustamlashda asosiy kuch bo’lishi kerak edi.
1948 – yil 1 – fevralda Malayziya federatsiyasi tuzildi. Singapur ajratildi. Konstitutsion monarxiya tuzimi
o’rnatildi.
1957 – yilga kelib hozirgi G’arbiy Malayziya mustaqil deb e`lon qilindi. 1963 – yilda Singapur, Saravak
va Sabak Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi va mamlakat birlashtirildi. Lekin 1965 – yilda Singapur
federatsiya tarkibidan chiqib, o’zini mustaqil deb e`lon qildi.
Mamlakat iqtisodining asosini qayta ishlash, tog’ – kon sanoati va qishloq xo’jaligi tashkil etadi.
Malayziya jahonning 50 foiz kauchigini, 40 foiz qalayini ishlab chiqaradi. Ularning qariyb yarmini ingliz
kapitali nazorat qiladi. AQSH va yapon kapitali ham katta ta`sirga ega.
Elektr texnika
, neftni qyta ishlash,
kimyo, metallurgiya, avtomabil sanoati, rivojlangan. Tabiiy kauchik, kakao, palma yog’I, qalampir,
ananas yetishtiriladi va eksport qilinadi. malayziya tashqi siyosatda qo’shilmaslik yo’lini tutgan.
ASEANga a`zo.
Do'stlaringiz bilan baham: |