Geografik joylashuvi va tabiati. Sharqiy Osiyoda, Tayvan orolida joylashgan davlat.
Sohilining uzunligi-1448 km. Orolning sharqiy sohillari Tinch okean, shimoli Sharqiy Xitoy
dengizi, janubi Janubiy Xitoy dengizi bilan tutashib ketgan. Materikdan orolni Tayvan bо‘g‘ozi
ajratib turadi. Tayvanning shimolidan janubiga qadar Tayvandan tо‘g‘ri joylashgan. Eng yuqori
chо‘qqisi Yuyshan (3997 m). Orolning g‘arbiy qismi tekislikdan, sharqiy qismi esa qir-
adirlardan iborat. Asosiy daryolari-Chjoshuysi, Donshuyxe. Orolda katta bо‘lmagan neft, tabiiy
gaz, kо‘mir konlari bor. Haydaladigan yerlari 24%ni tashkil etadi.
Iqlimi-musson. Mamlakatning florasi xilma-xil bо‘lib, 3800 ga yaqin о‘simlik turlari
mavjud. 2000 metrgacha bо‘lgan balandlikda tropik va subtropik о‘rmonlar, 2000 metrdan
yuqori balandlikda bargli va ninabargli daraxtlar о‘sadi. Hayvonot olami vakillaridan olmaxon,
kiyik, formoza qora ayig‘i, tо‘ng‘iz kabi 60 ga yaqin sut emizuvchilar uchraydi. Sudraluvchilar
va hashoratlar kо‘p.
Do'stlaringiz bilan baham: |