Mavzu: Osiyoning yangi sanoatlashgan mamlakatlari iqtisodiyotining umumiy tavsifi Reja



Download 104,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana31.12.2021
Hajmi104,97 Kb.
#226921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1- mavzu. Osiyoning yangi sanoatlashgan mamlakatlari iqtisodiyotining umumiy tavsifi

Singapur (Singapore) Singapur Respublikasi (inglizcha - Republic of Singapore, malaycha Repablic

Singapura) — Janubiy Sharqiy

Osiyodagi

 davlat. Singapur o. va unga tutash mayda orollar hamda

Malakka yarim orolning janubiy chekkasida joylashgan. Maydoni 640 km². Aholisi 4,45 mln. kishi

(2002). Poytaxti — Singapur sh.



Davlat tuzumi

[

tahrir

]

Singapur Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiruvchi respublika. Amaldagi

konstitutsiyasi 1963 yil kabul qilingan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Dashtat boshligʻi — prezident

(2011 yil Iyul oyidan boshlab Dr. Tony Tan, Respublika 7-prezidenti), u umumiy toʻgʻri ovoz berish yoʻli

bilan aholi tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament, ijrochi

hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.



Tabiati

[

tahrir

]

Singapur orol Joxor boʻgʻozi orqali Malakka yarim oroldan, Malakka va Singapur boʻgʻozlari orqali

Indoneziya o.laridan ajralib turadi. Sohillari pasttekislik, bir oz botqoqlashgan, janubi-gʻarbiy sohillarida

marjon riflari bor. Relyefi tekislik (bal. 176 m gacha). Iqlimi ekvatorial, mussonli. Oʻrtacha temperatura

yanvarda 26°, iyulda 27°. Yillik yongʻin 2500 mm. Katta daryosi — Singapur.

Ichimlik suv yetishmaydi, u Malayziyadan keltiriladi. Koʻpgina mayda orollarda odam yashamaydi,

ularda tropik oʻsimliklar sakdanib qolgan. Ayrim sohillari mangozorlar bilan band.

Aholisining koʻpchiligi xitoylar (76%). Malayyalar (14%), Hindiston, Bangladesh, Pokiston, Shri

Lankadan kelganlar (7%), yevropaliklar va boshqa yashaydi. Rasmiy tillar — xitoy, ingliz, malayya,

tamil tillari. Dindorlari buddaviylik. konfutsiylik, islom, hinduiylik, xristian dinlariga eʼtiqod qiladi.



Tarixi

[

tahrir

]

Singapurning ilk tarixi maʼlum emas. 14-asrga oid Xitoy va Yava yilnomalarida bu orol Tumasik

(yavacha "masek" — dengiz) deb atalgan. 1275 yil S.ga Yava qiroli Kertanagar qoʻshinlari, 1349 yil

Siyom harbiy kemalari hujum qilgan. 1377 yildan orol Yavaga karam boʻlgan, 15-asr boshlarida esa Tan

davlatining qiroli Sukotan oʻzini Singapur, Malakka va Malayya hukmdori deb yuritgan, soʻng Joxor

sultonligi kuliga oʻtgan. 1819 yil orol inglizlarning Ost-Indiya kompaniyasiga qaram boʻlib qolgan.

1826—1946 yillarda S. — StreytsSetlments tarkibidagi ingliz mustamlakasi. Ikkinchi jahon urushi

vaqtida Singapurni yapon qoʻshinlari egallab turgan (1942— 45). 1959 yildan Hamdoʻstlik tarkibidagi




"oʻzini oʻzi boshqaruvchi davlat". 1963—65 yillarda Malayziya Federatsiyasi tarkibiga kirdi. 1965 yil 9

avgustda undan ajrab chiqib, alohida mustaqil respublikaga aylandi. 1965 yil sentdan BMT aʼzosi.

Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1992 yil 2 yanvarda tan olgan, 1997 yil 8 aprelda diplomatiya

munosabatlarini oʻrnatgan. Milliy bayrami — 9 avgust — Milliy kun (1965).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushma tashkilotlari. S. demokratik partiyasi, 1980 yil tuzilgan; S. xalq

partiyasi, 1994 yil tashkil etilgan; Xal k, harakati partiyasi, 1954 yil asos solingan; Ishchi partiyasi, 1957

yil guzilgan; Birlashgan xalq fronti. 1974 yil 5 iartiyaning qushilishi natijasida tashkil topgan. Kasaba

uyushmalari milliy kongressi, 1961 ii. asos solingan.



Xoʻjaligi

[

tahrir

]

S. — Janubi-Sharqiy Osiyoda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat. Yalpi ichki mahsulotda

sanoatning ulushi 28%, transport va aloqaning ulushi 13,1%, qishloq xoʻjaligi ulushi 0,2%.

Sanoatining yetakchi tarmoqlari — aniq mashinasozlik, elektronika, elektrotexnika, optika, keng isteʼmol

mollari va murakkab apparatlar (shu jumladan, kosmik tadqiqotlar uchun eksportga moʻljallangan

apparatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Chetdan keltiriladigan xomashyo asosida neftni qayta

ishlash sanoati rivojlangan. S. zavodlari yiliga 50 mln. tonna neftni qayta ishlash imkoniyatiga ega.

Kemasozlik, kema taʼmirlash, samolyotsozlik, metallurgiya, kimyo, turli asbob-uskuna ishlab chiqarish,

yogʻochsozlik, qurilish materiallari, toʻqimachilik, rezina, koʻn poyabzal, oziq-ovqat korxonalari bor.

Hunarmandchilik rivojlangan. Yiliga 20,7 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Asosiy sanoat

markazlari — Singapur. Jurong.


Download 104,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish