Mavzu: Osiyoning yangi sanoatlashgan mamlakatlari iqtisodiyotining umumiy tavsifi Reja


Singapur qanday qilib iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishdi?



Download 104,97 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/14
Sana31.12.2021
Hajmi104,97 Kb.
#226921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
1- mavzu. Osiyoning yangi sanoatlashgan mamlakatlari iqtisodiyotining umumiy tavsifi

Singapur qanday qilib iqtisodiy muvaffaqiyatlarga erishdi?

Bunda uning geografik joylashuvi muhim ahamiyat kasb etadi. Malakka bo‘g‘ozining ostonasida

joylashgan bu hududdan jahon dengiz savdo-sotig‘ining 40 foizi kesib o‘tadi.

Ikkinchidan, Bosh vazir Li Kuan Yu xorijiy tadbirkor va sarmoyadorlarga keng quchoq ochadi. Natijada,

yevropalik puldorlar Singapur tomon oshiqadilar. Bu esa davlat g‘aznasiga mablag‘ olib kela boshlaydi,

ishchi o‘rni yaratilishiga sabab bo‘ladi.

Uchinchidan, Li Kuan Yu kichik, samarador va halol hukumat yaratishga harakat qilgan. Singapurga

qo‘shni davlatlarga aynan ana shu jihat yetishmas edi. Qolaversa, Bosh vazir topshirig‘iga ko‘ra, mahalliy

va xorijiy tadbirkorlar o‘rtasida biznesni osonlashtirishga oid so‘rovlar muntazam o‘tkazilgan,

tadbirkorlar dardiga quloq tutilgan. Singapur bugun ham Jahon bankining «Biznes qilish» reytingida

yetakchi hisoblanadi.

To‘rtinchidan, Li Kuan Yu hukumatining jamiyatda qonun ustuvorligini qat’iy o‘rnatgani, qonun oldida

har bir fuqaroning teng javob berishi Singapur muvaffaqiyatining omili bo‘ldi.



Beshinchidan, Li Kuan Yuni «iqtidorlarning rahnamosi» deyishar edi. U iqtidorli fuqarolarni mas’uliyatli

lavozimlarga qo‘yish va ularga yaxshi maosh tayinlashga hech qachon ikkilanmagan. Shu bilan birga,

Singapurda mansabni suiiste’mol qilish ham qattiq jazolangan.

Oltinchidan, mamlakat topayotgan pullarini birinchi navbatda harbiy kuch-qudratga emas, salomatlik va

ta’limga sarflay boshlaydi. 1965-yilda Singapurda tug‘ilgan 1000 nafar boladan 35 foizi nobud bo‘lgan

bo‘lsa, 1985 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 10 foizga tushadi.

Yettinchidan, Singapur bolalari jahonning eng samarali va yaxshi ta’lim tizimlari asosiga qurilgan

maktablarda o‘qiydilar. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining «Asosiy universal ko‘nikmalar»

reytingida 15 yoshdagi singapurlik o‘quvchilar matematika va aniq fanlar bo‘yicha jahonda birinchi

o‘rinda turishadi. Bu tashkilotning o‘quvchilar savodxonligini baholaydigan «PISA» testiga ko‘ra,

so‘nggi 5 yillikda singapurlik talabalar «muammolarga yechim topish» imtihonlarida mutlaq yetakchilik

qilishmoqda. Jumladan, 2017-yilning 25-dekabrida e’lon qilingan reyting buning isbotidir.



Sakkizinchidan, ta’lim sohasidagi ekspertlarning fikricha, Singapur iqtisodiy taraqqiyot va turmush

darajasini yuksaltirishni ta’lim bilan bog‘lagan. Xususan, bu yerda birinchi o‘rinda ta’lim berish standarti

ishlab chiqiladi. Buning uchun katta mablag‘ sarf qilinadi. Ayniqsa, eng yaxshi o‘qituvchilarni jalb etish

va ularning nufuzini oshirishga avvalboshdanoq alohida e’tibor qaratilgan. Hozir ham Singapurda

o‘qituvchilarni jahonning eng nufuzli ta’lim muassasalari bitiruvchilarining orasidan yollash an’anasi

saqlab qolingan. Shu bilan birga, bu o‘qituvchilarning barchasi Milliy ta’lim institutida qayta

tayyorlovdan o‘tkaziladi. Bu esa ta’lim sifatini nazorat qilish va mehmon-o‘qituvchilarga milliy ta’lim

tizimini o‘rgatishda muhim.

Natijada, osiyolik mazkur qashshoq davlat jahonning beqiyos qazilma boyliklariga ega bo‘lgan Yevropa,

Shimoliy va Janubiy Amerika, Osiyo mintaqasidagi barcha davlatlarni rivojlanishda ortda qoldirdi.

Xo‘sh, Singapur nimaning hisobiga rivojlandi? Bu savolning javobi bitta — uddaburon yetakchilik

hisobiga! Ota-onasi ingliz tili muallimlari bo‘lgan Li Kuan Yuni bolaligidan «Kuan Yew», ya’ni «nur va

yorqinlik» deb chaqirishar edi. Bu ism «ajdodlariga shon-shavkat keltiruvchi» degan ma’noni beradi.

Millat otasi sifatida tan olingan va davlatni 30 yil boshqargan Li Kuan Yu o‘z irodasini namoyish qildi,

nafaqat ajdodlariga, millatiga shon-shavkat hamda farovonlik keltirdi, o‘z va’dasiga binoan xalqini

«birinchi dunyo» davlatlari qatoriga qo‘sha oldi.

Li Kuan Yuning safdoshlari yagona jamoa bo‘la olishdi. Bu kuchli jamoaning qoidalari aslida juda sodda:

yuqori salohiyatli odamlarni millatga bosh qilish, amaliy ishbilarmonlik muhitini yaratishga urinish

hamda halollik!



Yuqori salohiyatli odamlarni millatga bosh qilish deganda hukumat davlat boshqaruviga qarindosh-

urug‘larni emas, eng munosib nomzodlarni tayinlashga odatlangan.

Singapurda amaliy ishbilarmonlik muhitini, fuqarolar uchun qulay hayot tarzini yaratishga urinish

g‘ildirakni qayta kashf qilishdan farqlanadi. Singapur biror muammoga yechim topishda boshqa

davlatning tajribasini yaqindan o‘rganadi va o‘zlashtirib oladi.

Halollik — davlat taraqqiyotining o‘zagi. Boisi, korruputsiya — «uchinchi dunyo» mamlakatlari mag‘lub

bo‘layotgan yagona g‘animdir. Bugungi Singapur asoschilarining xalq oldidagi yuksak xizmatlari ham

ana shu xislat bilan chambarchas bog‘liq.

«Singapur mo‘jizasi» — ertak emas! Ular erishdimi, biz ham erishamiz. O‘zbekistonda biznes uchun

qulay sharoit yaratilmoqda, korrupsiya batamom yo‘q bo‘lish arafasida, ta’lim sifati hukumat e’tiborida,

xalq salomatligiga katta mablag‘ sarf etilmoqda, yosh va iqtidorli, sadoqatli kadrlar davlat boshqaruviga

kelmoqda, hukumat boshqaruvidagi ahillikni har birimiz his qilyapmiz. Men rivojlanmaslik va «o‘zbek

mo‘jizasi»ni yaratmaslik uchun biror sabab ko‘rmayapman.

Faqat bir haqiqatni unutmaslik lozim — o‘zgarishlarni, farovon hayotni birgina davlat rahbaridan kutish,

uning zimmasiga yuklab qo‘yish — xato. Hayotimizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan eng qudratli kuch —

bu birinchi galda biz, o‘zimiz. Hayotimizni o‘zgartirishdan oldin esa o‘zimizni o‘zgartirishimiz lozim.

Zero, endi kechagidayek o‘ylash, fikrlash va yashash mumkin emas.


Download 104,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish