Mavzu O‘rta Osiyo liboslarini tunikasimon bichimini tadqiq etish va zamonaviy kostyumda qo‘llash mundarija kirish


II BOB. O`ZBEKISTONNING HUDUDLARI BO`YICHA MILLIY KIYIM “TUNIKASIMON” BICHIMLARINI TADQIQ QILISH



Download 0,68 Mb.
bet7/18
Sana23.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#842911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
OXIRGISI

II BOB. O`ZBEKISTONNING HUDUDLARI BO`YICHA MILLIY KIYIM “TUNIKASIMON” BICHIMLARINI TADQIQ QILISH
2.1. O‘zbekiston hududlari bo‘yicha “tunikasimon” bichimli
liboslarni tadqiq qilish

Bizgacha yetib kelgan kiyimlar XIX asr oxiri XX asr boshlariga ta`luqli bo`lib, qadimgi davrlarga oidlari saqlanmagan, chunki kiyim va matolar moddiy yodgorliklar ichida doimiy iste`molda bo`lgan va oxirigacha foydalanilgan. Ba`zi bir kiyimlarning avloddan – avlodga o`tib kelishi, diniy - e`tiqod ahamiyatiga ega bo`lganligi sababli tabarruk kiyimlar sifa- tida yetib kelgan.15 Kiyimlar asosan ob - havo sharoitiga va xalqlarning urf - odatlariga asosan moslashtirib tikilgan.


Qadim zamonlarda yaratilgan va bugungi kungacha qo‘llanilgan o‘zbek milliy libosi o‘zbek xalqining milliy o‘ziga xosligini aks ettirib, uning madaniyati va tarixi o`zaro chambarchas bog‘liqdir. O‘zbek milliy libosida xalq hunarmandchiligining badiiy xususiyatlari, kiyim - kechakning etnografik va mintaqaviy rivojlanish shakllari o‘z ifodasini topgan. U har bir hudud uchun o'ziga hosligi bilan ajralib turadi. Shuni ta`kidlash joizki, qadimdan o`zbek xalqi o`zining turli milliy marosimlarida alohida kiyinib kelgan. Nikoh to`yida kelin - kuyovlar liboslari, xatna to`yida to`y bolaning liboslari, dafn marosimida esa marhumni yodlash maqsadida musibatni aks ettiruvchi liboslar kiyganlar. Jinsiga qarab: bolalar, yoshlar, o`rta yoshli, keksalar kiyimlariga ajratilgan.
Toshkent - Farg`ona tunikasimon bichimlari. Tahlil natijalariga ko`ra, Toshkent – Farg`ona vodiysining milliy liboslarining shaklanishiga nafaqat iqlim sharoiti, balki aholining boy qatlami munosabatlari, qo`shni davlat madaniyati va dinning ta`siri kuchli bo`lganini kuzatishimiz mumkin.
O`tmishda ayollarning an’anaviy kiyim - boshlari: ko’ylak , chopon, mursak, to’n, peshmat, kamzul, nimcha, paranji – chachvon, lozimdan (shaharlik ayollar majburiy ustki kiyimlari hisoblanib, ko’chaga chiqqanlarida boshlariga yopinib yurganlar) hamda, xilma-xil ro’mollar, rang-barang do’ppilardan iborat bo’lgan. Xotin - qizlarning asosiy an`anaviy ichki kiyimi tunikasimon bichimdagi uzun ko`ylak hamda lozimdan iborat bo`lib, ko`ylakning etagi to`piqqacha tushib, pastga qarab kengaygan yoki beldan to’gri tushgan bo’lgan, ularni bichishda o’lchov birligi sifatida asosan qarichdan foydalanilgan.16
Qizlar kiyadigan ko’ylaklarning yoqasi yotiq o’yilgan bo’lib, boshqacha rang matodan mag’iz tikib ishlov berilgan. Ko’ylakning yelka qismiga shu mag’izdan bog’ich yoki tugmacha qadab qo`yishgan. Turmushga chiqqan ayollar ko’ylagining yoqasi ko’krak o’rtasidan qiyiq o’yilgan yirmoch shaklida bo’lgan, uzunligi taxminan 25 sm. bo’lib, bog’ich, tugma yoki chiroyli to’g`nog’ich taqib olganlar.
Tunikasimon bichimdagi ko`ylaklarning yengini tagiga ataylab, boshqa matoning rangidan xishtak ( to`rburchak shakldagi mato) tikishgan. Ba`zi hollarda yosh bolalarning ko`ylagiga ham boshqa rangdagi matodan xishtak tikishgan, ayniqsa u bola tilab olingan bo`lsa.17
O’rta Osiyo Rossiyaga qo’shilganidan so’ng, tikyoqali ko’ylaklar urf bo’ldi, keyinchalik yoqaga pir - piraklar bilan ham ishlov bera boshlashgan, (matoni uchburchak shaklda yoqaga o’rnatish) uni “ nogay yoqa ” yoki ba`zida “ it yoqa ” deb ham atashgan.18 Avvaliga bunday yoqa turli xil e`tirozlarga sabab bo`lgan, xatto bunday yoqa ko`ylakni kiyish gunoh bo`ladi deb ham aytishgan. Lekin keyinchalik nogay yoqa tez orada mahalliy axoli orasida keng tarqalib ketdi. Yosh kelinchaklar farzand ko’rgunga qadar tikyoqali – parpara ko’ylak kiyishgan. Ayniqsa bunday yoqalarni asosan o’zbeklarning va tojiklarning ko`ylaklarida uchratishimiz mumkin.19
XIX asr oxirlarida 80 - yillarda ko’krak burma liboslar paydo bo’ldi va keyinchalik ayollar garderobidan joy egalladi. Xozirgi kunga kelib ko’krak burmali, tikyoqa ko’ylaklarni kiyishni yoshi ulug’ ayollarimiz davom ettirib kelmoqdalar. Ayollardagi milliy kiyim - kechaklardagi an’anaviylik ko’proq keksa avlodga mansub xotin - qizlar orasida, shuningdek, ayrim yosh ayollar liboslarida ham saqlanib kelinmoqda. Mazkur kiyimlarning tarkibi, bichim andazalari turli yoshdagi kishilar guruxlari uchun turlicha bo’lib, keyingi yillarda bu sohada turfa o’zgarishlarni kuzatishimiz mumkin.
Ayollar ust – boshining yana bir bo`lagi, peshvon, mursak, to`n (chopon), bo`lib, ularning bichimi erkaklarnikidan uzunroq, yoqasi ochiqroq va kengroq bo`lgan. Choponning yenglari ham erkaklarnikiga qaraganda kaltaroq va kengroq bo`lgan.
Ayollar ust kiyimining yana bir turi – mursak, Toshkentda mursak, Farg`onada munisak nomlar bilan atashgan. Mursakning bichilishi boshqa choponlardan farqi shuki, unda yeng ostidan burma qilinib, barlari ulama qiyiq hisobiga kehgaytirilgan, etaklari huddi chopon barlariga o’xshaydi, birining ustiga biri tushib turadi, yon tomonlarida yirmoch bo’ladi. Mursakni ba`zilar paxta solib ham qavishgan. XIX asr 2-yarmigacha Toshkentda mursakning yenglari oddiy choponlarning yenglaridan birmuncha kaltaroq bo’lgan. Keyinchalik esa mursakning yenglari tirsakkacha uzaytirilgan va tirsakyeng atamasi paydo bo’lgan. Mursakning yengidan ichidagi ko’ylakning yengi ko’rinib turgan (XIX asr 2-yarmigacha). 20
Toshkentda XX asr boshlariga kelib mursak kiyish urfdan chiqdi, biroq shunga qaramasdan u har bir ayolda bo’lishi kerak edi chunki marhu-maning ustiga yopilar edi.
O`rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olinganidan so’ng, XX asr o’rtalariga kelib ayollar choponi o’rniga kamzul – nomli kiyimning yangi turi kirib keldi (kamzul, kamzur, peshmat), chopon faqat keksa ayollar ustki kiyimi sifatida saqlanib qoldi. Kamzul belga biroz yopishib turadigan, kalta, tor yengli chuqur o`mizli, qaytarma yoqali, ba`zan belbandli, ko`krak yoki yon qismida cho`ntagi bo`lgan. Kamzullarni ko`pincha beqasam, baxmal, duxoba va ko`plab boshqa matolardan tikib kiyishgan.21
Erkaklarning kiyimlari o`ziga xosligi bilan ajralib, tarkibiga ko`ra ichki (ichdan kiyiladigan) va ustki kiyimlarga bo`linadi. Asosan bir xil tus-dagi oq matodan tikilgan bo`lib, bu mato kosib dastgoxida to`qilgan. Ko`ylaklar bichimiga ko`ra uzun bo`lib, eni buzilmagan bir bo`lak mato yarmidan bir - biriga ulab uzunasiga tikilgan, yon qismi esa etagiga qarab kengayib borgan. Erkaklar ko`ylagi uzun, tizzadan pastga qarab kengay-ganroq qilib tikilgan. Yoqalai esa ikki xil andozaga binoan bichilgan bo`lgan.
Farg`ona vodiysida yaxtaklar uzun, tik yirmoch - qiyiq joyi uzunroq mato bo`lagidan bichilib, burchakma - burchak qilib, ikki qiyiq kesilgan hamda uchlari keng olinib tikilgan. Boshqa xil bichimdagi ko`ylaklarda yirmoch yotiq, u yelkadan bu yelkagacha olingan. Farg`ona vodiysi va Toshkentda bu kabi ko`ylaklarni “mullavachcha” ko`ylak deb atashgan. Ba`zida yoqaning chetlariga jiyak ham tikishgan.
Yoqasi yotiq ko`ylaklarni nafaqat Toshkent va Farg`ona vodiysi o`zbeklari, balki Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm o`zbeklari ham ko`proq kiyishgan.
Tik yoqali ko`ylaklar ham juda keng rasm bo`lgan. Yoqaning ko`krak qismiga tushadigan yirmochiga ikki buklab taxlangan planka tikilgan. Bunday ko`ylaklarni bolalar va o`rta yoshdagi erkaklar kiyishgan.
Farg`ona va Toshkent viloyatlarida oldi ochiq yaxtak ko`ylaklar kiyish odat tusiga kirgandi. Ular chit, bo`z, ipak, ip gazlama matolardan tikilib, yoshlar ham qariyalar ham birdek yoqtirib kiyishgan. Yengil, kiyishga qulay yaxtakning etagi tizzagacha va tizzadan ham pastroqqa tushib turgan, yoqasi uzunasiga ilmoq bilan yonma - yon qilib qavilgan (xozirgi paytda bu joy tikuv mashinasida zich qilib baxyalanadi) . Ko`krak qismiga bir dona tugmacha yoki qo`lbola ilgak qadab qo`yilgan.
Kiyimlarni tikilishida turli xil matolardan foydalanishgan. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlari, xatto 20-30 yillargacha ham O`zbekiston qishloq aholisi kiyim - kechaklarining matolari uy sharoitida tayyorlangan. Chetdan, xususan Rossiyadan keltirilgan fabrika maxsulotlari nihoyatda qimmat bo`lishi bilan birga, ular o`lkaning hamma joyiga tarqatilmagan. Bu davrlarda O`zbekiston aholisi bo`z, olacha, qalami, karbos, so`si, xosa kabi ip gazlamalardan va shoyi matolardan esa, beqasam, banoras, parpasha, shoyi, atlaslardan kiyim kiyishgan. Ingliz sayyohi Jekinson XVI asr o`rtalarida O`rta Osiyoga qilgan safarida shunday yozadi – “ Bu yerda har bir xunar o`z bozoriga va o`rniga ega. Hindlar Buxorodan ipak gazlama, rus savdogarlari esa ipdan to`qilgan buyumlar har - xil navli shoyi va gazlamalar olib ketishgan ”
Fabrikada to`qilgan matolar qo`llanila boshlangach, O`rta Osiyoning barcha mintaqalarida gullari yo`l - yo`l gazlamalardan kiyim tikib kiyish juda ham rasm bo`lgan. Farg`onada ko`plab, xilma - xil gulli matolar to`qila boshlangan. Farg`ona vodiysi shahar aholisi, marg`ilonliklar va ayniqsa, qo`qonliklar sariq tusdagi yo`l - yo`l rang, siyohrang va gulgun ranglar bilan uyg`un bo`lishini yoqtirganlar.
Farg`ona vodiysida, Toshkent va Xorazmda gavdaga yopishgan sirma-qavima choponlar ko`proq rasm bo`lgan. Qariyalar uchun ham ayni shunday choponlar tikilgan. Bularni tikish uchun ko`pincha qora satin yoki ko`k tusdagi sidirg`a yohud mayda gulli satin ishlatilgan. Yigitlar kiyadigan choponlar qo`lda yoki fabrikada to`qilgan yo`l - yo`l nimshoyi beqasamdan tikilib, “ beqasam to`n ” deb atalgan. Astari odatda chitdan bo`lgan, choponning o`zi boshdan oxirigacha yirik qaviqlar bilan qavilgan. Shu tariqa yenglari ko`ndalangiga choklab chiqilgan. Umuman beqasam- dan tikilgan choponlar O`zbekistonning barcha mintaqalarida juda rasm bo`lib ketgan edi. Eng dastlabki to`n sunnat to`yida, keyin esa nikoh to`yiga atab tikilardi. Mazkur to`n – choponlar bilan bir qatorda Farg`ona vodiysida avrato`n deb ataladigan yozgi to`n kiyish odat tusini olgan edi, uni qo`lda to`qilgan beqasamdan tikishib, sirma - qavima choponning ustidan belbog` ham bog`lashmagan.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish