Mavzu O‘rta Osiyo liboslarini tunikasimon bichimini tadqiq etish va zamonaviy kostyumda qo‘llash mundarija kirish


XIX asr oxiri – XX asr boshi O`rta Osiyo xalqlarining



Download 0,68 Mb.
bet6/18
Sana23.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#842911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
OXIRGISI

1.2. XIX asr oxiri – XX asr boshi O`rta Osiyo xalqlarining
tunikasimon bichimli liboslarining tahlili


O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi kiyimlari, olimlarning ilmiy izlanishlari natijasiga ko`ra shunday xulosaga kelindiki, ayrim milliy hududiy belgilari bilan farq qilishiga qaramasdan, umumiy asosdagi yagona “Tunikoobrazniy” deb nomlangan to’g’ri bichimda bichilgan 6. Kiyimlarda asosan rang, bezak va individual detallarining bir - biridan farqlanganini ko`rish mumkin. Shuningdek zargarlik buyumlari esa libosning ajralmas qismi bo`lib kelgan.
Oldi ochiq yaxtaklar O`rta Osiyoning ko`plab mamlakatlarida keng tarqalgan bo`lib, qirg`iz, o`zbek, tojik va uyg`urlarda uchratish mumkin. Uning bichilishi oddiy tunikasimon, yengil xalat ko`rinishida bo`lgan. Yaxtaklarni asosan yupqa paxta tolali oqsurup yoki bo`zdan tikishgan.
Qozoq ayollarning qadimgi ana`naviy liboslaridan biri, choponlar – to`g`ri bichimdagi, keng, yenglari uzun bo`lib, bichilishi erkaklar choponidan farq qilmagan. Choponni yozning issiq kunlarida yupqa matodan, qishda esa qo`y junidan solib qavib tikishgan.7
Bu kabi choponlarning bichilishi tunikasimon bo`lib, yoqasi ochiq bo`lgan, keyinchalik esa yotiq yoqaliklari ham urfga kirgan. Ayollar choponni ortiqcha bezaklarsiz, taqilmalarsiz yorqin ranglardan kiyishni hush ko`r-ganlar. Boy xonadon ayollari qimmatbaxo matolardan choponlar kiyishgan va ularni ba`zida kashta, mo`yna va turli bezaklar bilan bezatishgan.
XIX asrda qozoq ayollarining liboslari ko`ylak hamda lozimdan tashkil topgan bo`lib, ayollar asr oxirigacha ish ko`ylek kiyishgan. U yupqa oq matodan tikilgan bo`lib, yengsiz, yelkasi tor va yoqasi chuqur o`yilgan bo`lgan, kamdan - kam hollarda yoqasi kichkina o`yilgan ko`ylaklar kiyishgan. Ko`ylakning oldida yirmochi bo`lib, yirmochi bog`ich bilan bog`langan. Ich ko`ylakning bichilishi tunikasimon bo`lib, butun yaxlit matoni ikkiga buklab tikishgan, ba`zida ko`ylak kengroq bo`lishi uchun uchburchaksimon matoni kesib yoniga ulashgan. Ko`ylakning uzunligi tizzagacha bo`lgan.
Qozoq erkaklrining ustki kiyimi shapan XIX – XX asr boshlarida O`rta Osiyoda eng keng tarqalgan kiyim turi hisoblanib, tunikasimon bichimini anchagacha saqlab kelgan. Uzun matoni ikkiga buklab, oldi qismini o`rtasidan etagigacha qirqishgan va yengni asosga kondalangiga tikishgan. Yengninig uzunligi yelkaning kengligi xisobiga uzunlashib ketgan. Biroq, yengning bilag qismi ancha toraytirilgan bo`lib, yengning pastki qismi -35 sm., yengning yuqori qismi – 70 sm. bo`lgan. Choponning etagi keng bo`lishi uchun, yon tomoniga uchburchaksimon klinlar ualshgan, klinning yuqori qismi uchburchak shaklida bo`lib, xishtak vazifasini bajargan. Ko`pincha choponning oldi ochiq bo`lgan8.
Jeyde deb nomlangan erkaklar yaxtagi paxta tolali matodan, bo`zdan yoki chitdan tikilgan. Yaxtaklar bichimiga ko`ra tunikasimon bo`lib, juda keng va uzun, yenglari ham uzun va to`g`ri bichimda bo`lgan. Tadqiqotchi X. Kustanev yozishicha uning kengligiga ikkita jussa sig`ishi mumkin bo`lgan deb yozadi. Matoning enini buzmagan xolda bir - biriga ulab uzunasiga tikilgan, yon qismi esa etagiga qarab kengayib borgan. Yaxtakning uzunligi tizzagacha bo`lgan9. Yaxtakning oldi yopiq bo`lib, yoqasi esa ikki xil ko`rinishda, tik yoki yotiq yoqa bo`lgan.
Tojik ayollarining liboslari ham erkaklarniki singari, ko'ylak va lozim-dan iborat bo`lib, faqat ayollarning ko`ylagi “ kurta” uzunroq bo`lgan va kashta bilan bezatilgan. Kashtaning gullari har - xil rangli, ba`zida bir xil rangda ham bo`lgan. Ayollarning bayram ko`ylagi kurta, tunikasimon bichimdagi yenglari uzun bo`lib, yengining uchi torayib borgan, turmushga chiqqan ayollarning yoqasi ko`krakkacha to`g`ri kesilgan. Yoqalarning chetiga qora rangli qo`lda to`qilgan jiyak bilan ishlov berishgan, jiyakning uzunligi ko`ylakning etagigacha bo`lgan10. Ko`ylakning etagi keng bo`lishi uchun uchburchak shaklli klinlar bichib ulangan. Bayram ko`ylaklarining kashtalari yanada boy va bejirim bezatilgan11.
Tojik erkaklarining kiyim tarkibiga - paxta matosidan tikilgan "kurta" (tunikasimon yaxtak), og`i keng ishton, chopon, qiyiqcha, do`ppi yoki salla kirgan.
Erkaklar choponi tunikasimon bichimda bo`lib, uzun tizzadan pastga qarab kengroq bichilgan, eni buzilmagan bir bo`lak matoni yarmidan bir - biriga ulab uzunasiga tikilgan, yon qismi esa etagiga qarab kengayib borgan yelka choklari bo`lmagan, yengining uchi tor bichilgan12. Chopponni ko'pincha rangli, chiziqli paxta matosidan tikishgan. Choponning ham yozligi, ham qishligi bo`lib, yozligi matoning o`zidan astarsiz tikilgan, qishligi esa paxta solib qavilgan, odatda qaviqlari yuqoridan pastga qarab qavilgan, asosan yo`l - yo`l qavish urf bo`lgan. Tog'liklar uy sharoitida to`qilgan bo`yalmagan matolardan ko`ylak kiyib yurishgan, yoqasini esa turli bejirim kashtalar bilan bezatishgan.
Qirg‘iz ayollar garderobi ichki va ustki kiyimlardan tashkil topgan bo`lib, ayollar kiyimlari to'plamiga: yaxtaksimon uzun va keng ko'ylak, yengsiz ko'ylak va belga yopishib turadigan kamzul va lozim kirgan.
Qirgʻizistonning shimoliy viloyatlarida ayollar libosiga, tik yoqali uzun keng koʻylak, nimcha va tik yoqali tizzagacha boʻlgan kamzul kirgan. Ichlaridan yaxtaksimon ko'ylak - "koinek" va lozim kiyganlar. Ko'ylaklarining ko'krak qismiga ko`pincha kashta tikishgan yoki tayyor rangli iplar bilan tikilgan "onur", "jaka" qadab olishgan.
Qirg`iz erkaklar milliy libosiga keng tunikasimon bichimli tik yoqali yaxtak, qo`y terisidan tikilgan to‘n va qavilgan choponlar kirgan. Chopon uzun ustki kiyim bo`lib, uni paxta yoki tuya junini solib qavishgan, astariga chit, avrasiga esa baxmal, velvet yoki boshqa matodan qoplab tikkanlar. Qadimda choponni ayollar ham erkaklar ham kiyishgan, xozirgi kunga kelib esa faqat yoshi ulug` erkaklar kiyishadi13.
Shuningdek, qirg`iz erkaklari oldi ochiq yaxtak jegde ni bolalikdan kiyganlar. Yaxtakning bichilishi tunikasimon bichimda bo`lib, etagi uzun bo`lib, uchburchaksimon klinlar xisobiga keng bo`lgan. Uzun yengi bilakni yopib turgan. Yoqalari yotiq yoki bo`yinga yopishgan bo`lgan14.



Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish