Mavzu O‘rta Osiyo liboslarini tunikasimon bichimini tadqiq etish va zamonaviy kostyumda qo‘llash mundarija kirish


Surxondaryo – Qashqadaryo tunikasimon bichimlarni



Download 0,68 Mb.
bet9/18
Sana23.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#842911
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
OXIRGISI

Surxondaryo – Qashqadaryo tunikasimon bichimlarni. Ma`lumki O`zbek milliy liboslari har bir viloyatda turlichadir, lekin shunga qaramay tahlil natijalari shuni ko`rsatadiki, ularning bichimlarida katta farq yo`qligi va ular tunikasimon bichimli ko`ylaklardan hamda lozimlardan tashkil topganini ko`rishimiz mumkin. Bizning galdagi vazifamiz Qashqadaryo va Surxondaryo liboslarini o`rganish bo`lib, ular orasida Surxondaryo milliy liboslari ( ayniqsa, qo`ng`irot urug`i liboslari ) alohida o`rin tutadi. Hammamizga ma`lum, o`lkamiz janubida joylashgan Surxon vohasida turli elat va urug`lar istiqomat qiladi. Ular orasida eng yirik urug` Qo`ng`irot urug`i hisoblanib, o`zining yorqin liboslari bilan boshqa viloyatlardan ajralib turadi. Bu xususiyatlar ayniqsa ayollar libosida ko`zga tashlanadi. Qo`ng`rot ayollar liboslari asrlar davomida shakllanib borgan va uning o`zgarishiga, aholining turmush tarzi, ijtimoiy shart sharoitlari, shuningdek, olis va yaqin xalqlar bilan o`zaro aloqalari ta`sir etgan. Bunday o`zgarishlar ayollar milliy libosining umumiy ko`rinishi ( yangi elementlarning kiritilishi) yoki uning turli komponentlarida (mato, bichilishi, bezaklari) iz qoldirgan. Qong`irotlilarning milliy liboslarining badiiy qiyofasi ko`p qirrali va o`ziga hosdir. Uning shakllanishida kashtachilik, to`quvchilik, zargarlik kabi an`anaviy xalq amaliy san`atlari muxim o`rin egallagan. Liboslarni tikishda Boysun va Dashnabodning gazlamalaridan foydalanishgan. Sopollitepada olib borilgan arxeologik qazish ishlari jarayonida topilgan mato qoldiqlari laboratoriya tekshiruvida ipak va paxtadan to`qilganligi aniqlandi. Ilk o`rta asrlar davrida Toxaristonda to`qimachilikning yuksak darajada rivojlanganligi, bu hududda ip, jun va ipakdan rangli guldor , yo`l-yo`l matolar, bo`z, chit, olacha, janda, shoyi, baxmal, beqasam hamda banoraslar to`qilganligi, qimmatbaxo ipak va jun matolardan esa asosan zodagon aholi kiyim kiyganligi hususida tarixiy manbalarda ko`plab ma`lumotlar berilgan. Ko`proq yo`l-yo`l, gulsiz yoki yirik gulli gazlamalardan keng foydalanishgan. Ayniqsa yosh qizlar va kelinlarning liboslarini yorqin rangli matolardan tikishgan bo`lib, unga turli munchoqlar, jiyaklar, popuklar va kashtalar bilan bezak berishgan. Ayollar ko`proq qizil, gulobi, olcharangli ko`ylak kiyishni xush ko`rganlar. Qora, ko`k rangli matolardan esa irim qilib ko`ylak kiyishmagan.
Qo`ng`rot ayollarining milliy liboslarining tarkibiga ham, ichki va ustki ko`ylak, lozim, ustki kiyim, bosh kiyim va poyafzal kiradi. Kiyimga qo`shimcha aksessuar sifatida yoshlariga qarab taqinchoqlar taqishgan. Tabiiyki liboslar ikki turga bo`lingan, ya`ni kundalik va marosim liboslari.
Ko`ylaklarning bichimi oddiy tunikasimon shaklida bo`lib, ikki qavat to`g`ri matoni ikkiga buklab ko`ylakning asos qismini bichishgan va yengini ham to`g`ri to`rtburchak shakldagi matodan bichib asosga ulashgan. Keyin yengning osti bilan ko`ylakning yon choklarini birlashtirib tikishgan. Surxondaryo va Qashqadaryoda ham boshqa viloyatlardagidek turmushga chiqqan ayollarning ko`ylagi qizlarnikiga o`xshash bo`lib, faqat ko`ylagining yoqasi ko`krakning o`rtasidan ko`krakkacha to`g`ri qirqilgan, qizlarniki esa yotiq shaklda o`yilgan bo`lib, chetiga mag`iz bilan ishlov berilgan.
Ayollar qish faslida, bayram kunlari hamda ko`chaga chiqqan paytlarida ustma – ust uchtagacha ko`ylak kiyganlar, ularning yengi uzun - qisqa bo`lib, yeng uchlari kashta bilan bezatilib, birining ostidan biri chiqib turgan.24 Ustki kiyimlarni asosan qimmatbaxo matodan tikilgan bo`lib, oldi ochiq bo`lgan, chetlariga va yengning uchiga jiyak bilan ishlov berishgan.
Voha ayollarining ustki kiyimlaridan biri chopon, beqasam , ipak va yarim ipak matolardan tikilgan. Qishda paxta solib qavilgan, yozda esa paxtasiz chopon kiyishgan. XIX asrning ikkinchi yarmida boshqa viloyatlarda bo`lgani singari qo`ng`irot ayollari orasida ham tik yoqali ko`ylaklar urf bo`lgan. Keyinchalik tik yoqaning tepasiga burma “parpara” bilan bezatish urf bo`lgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida turmush qurgan ayollar an`anaviy bichimdagi keng va yenglari juda uzun to`g`ri bichimdagi ko`ylak kiyishgan. Ko`ylak yoqasi qiyiq yoki yopiq yirmoch shaklida bo`lgan.
Qo`ng`irot ayollarining ko`chalik kiyimlaridan biri – yopinchiq vazifasini bajargan - “kurta” (jelak) bo`lib, choponsimon, uzun pastga qarab torayib boruvchi, yenglari orqaga tashlanib, quyi qismi bir - biriga ulab qo`yilgan va bugungi kunga kelib kurtaning uzunligi kaltalashgan.
Qashqadaryoda ayollarining kiyimlaridan biri – mursak (Shaxrisabzda kaltacha deb atalgan), boshqa hududlar singari, bu yerda ham keng tarqalgan. Kaltachaning yenglari keng tikilgan bo`lib, yon chokining, yengning ostiga mayda burmalar yig'ilgan, yoniga ulangan klinlar hisobiga, kaltachaning etagi kengaygan va shuning uchun xuddi choponlardagi kabi oldi etagi bir-birining ustiga chiqib turgan.25
Xorazm. Uch ming yillik tarixga ega Xorazm mintaqasi azaldan Markaziy Osiyoning siyosiy va madaniy hayotida muhim o`rin tutgan. Xozirgi kunga qadar Xorazm o’zining milliy, madaniy ana’nalarini saqlab kelmoqda. Xorazm hududida qadimdan turli urug` qabilalar yashab kelgan.
O’ziga xos tabiiy muhit, yozda va qishda havo haroratining keskin o’zgarishi tufayli Xorazm ayollari libosi O`zbekistonning boshqa hududlarida yashaydigan ayollar libosidan bezaklari, va bosh kiyimlarining o`ziga xosligi, qadimgi xususiyatlarni saqlab qolganligi, ranglar mutanosibligi, kashtasiz ekanligi kabi jihatlari bilan ajralib turadi. Xorazm ayollari ana`naviy libosi go`ynak, ishton, ustki kiyimlar – yupqa paxta solib qavilgan yelak, misak, va qalin chopon, paranji va jegdedan iborat.
Xorazm ayollarining eski bichimdagi ko`ylagi uzun va keng bo`lib, u Buxoro va Samarqand ayollarining ikki qavatli (Ichki - ustki) ko`ylagidan bir qavatdan iborat ekanligi bilan farq qiladi. Ko`ylakning uzun va keng yengi bir tomoni ozroq qiyshaytirib olinib, matoning bo`ylamasiga barmoqlar uchini yopib turadigan qilib tikilgan. Shuningdek, ayollar ko`ylagi yengi bir oz kaltaroq va bilakka tomon qisqarib boradigan bichimda ham tikilgan. Xorazm ayollari ko`ylagining barcha bichimlarida old tomonining uchburchakli yoki vertikal kesmali bo`yin o`ymasi juda chuqur bo`lib, ba`zan belgacha tushib turgan. Ko`ylakning yoqasining cheti qora jiyak tasma bilan hoshiyalangan.
XIX asrning 80 - yillarida O`zbekistonning boshqa hududlaridagi kabi tik yoqali va yoqasi vertikal kesmali ko`ylak turi Xorazmga ham kirib kelgan. Ko`ylak va ustki kiyimlarni tikish uchun ham mahalliy, ham chetdan keltirilgan shoyi, kanaviz, olacha, mata singari gazlamalardan foydalanishgan.
Xorazmda ham qiz va ayollarning kiyimlari bir - biridan farqlangan.
Qizlar kiyimi yoqa o`mizi ozgina o`yilib yelkasidan bog`lab kiyilgan. Asosan qizlar qizil rangli matodan, ayollar esa ko`proq sariq, kulrang, ko`k matolardan ko`ylak kiyishgan. Yosh qizlar boshqa ranglardan, ayniqsa oq rangli ko`ylak kiyishmagan. Bunga sabab Xorazmda oq rangli mato motam rangi hisoblangan.
Ayollar kiyimi yoqa o`mizi ko`krakgacha o`yilib, chetlariga jiyak bilan ishlov berilgan. Uning ham o`ziga xos ramziy ma`nosi bo`lib, unga ko`ra bu kiyimni kiygan odamga ko`z tegmaydi, himoyalaydi degan maqsadda tikilgan. Ko`ylak yoqasining yuqori qismiga “qur” (bog`ich) tikilib uchidan “papak” (popuk) chiqarilgan. Yoqa o`mizining, jiyaklar birlashtirilib to`qilgan qismining pastiga boshqa xil matodan ( ko`pincha yaltiroq mato- dan ) cho`ntakcha tikilgan, u “to`njik” deb atalgan.
Xorazm viloyati qadimdan naqsh gulli matolari bilan mashhur boʻlgan. XX asr boshlarida Xorazm vohasida qizil rangli yo`l - yo`l tor chiziqli gazlamalar keng tarqalgan bo'lib, ular asosan erkaklar ustki kiyimlarida uchraydi. Buni Ichan - qal'a Xiva qo'riqxonasi muzeyi fondlarida saqla-nayotgan yo'l - yo'l erkaklar kiyimlarining ko'plab namunalari tasdiqlaydi. Shuningdek, XX asr boshlarida Xivada podshoyi (chiziqli, monoxromatik qizil, sariq va oq, xonatlas naqshli) kabi materiallar ishlab chiqarilgan. Podshoyi deb ataluvchi ipak mato Oʻzbekistonning boshqa hududlarida keng tarqalgan xonatlasga oʻxshardi.
XX asr boshlarida Xorazm vohasi ayollarining milliy liboslarining asosi uchburchakligi bilan ajralib turgan. XX asr 30 - yillarga qadar bunday li- boslar Oʻrta Osiyoning boshqa xalqlariga shuningdek, Volga boʻyi va Rossi-yaning janubiga ham keng tarqalgan bo`lib, bu xalqlar o'rtasida azaliy aloqalar mavjudligidan dalolat bergan.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish