Mavzu O‘rta Osiyo liboslarini tunikasimon bichimini tadqiq etish va zamonaviy kostyumda qo‘llash mundarija kirish



Download 0,68 Mb.
bet5/18
Sana23.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#842911
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
OXIRGISI

Qirg`iz aholisining milliy an'anaviy kiyimlari tarixi xalqning moddiy va ma'naviy madaniyatining ajralmas qismi bo'lib, mamlakat tarixi bilan chambarchas bog`liq. Ularning kiyimlari ko'chmanchi turmush tarziga va ot minishiga mo`ljallangan bo`lib, bichimi o'ziga xosligi bilan ajralib turgan. Tabiatida sezilarli iz qoldirgan bu baland tog'li mintaqaning qattiq iqlimi, haroratning keskin o'zgarishi qirg'izlarning garderobida ko'plab issiq kiyim-larning mavjudligiga olib kelgan va shuningdek, qirg'izlarning kiyimiga chorvachilik o'z ta`sirini ko`rsatgan. Kiyimlar uy sharoitida qo'lda tayyorlangan maxsulotlardan tikilgan bo`lib ular: tuya va qo'ylarning qalin junidan to`qilgan gazlamalardan, uy xayvonlarining terilaridan va kigizdan tayyorlangan. Paxta, baxmal va shoyi matolari qo`shni O`zbekiston va Tojikiston keyinchalik Rossiya davlatlaridan olib kelingan. Biroq badavlat chorvadorlar bu matolardan faqat bayram liboslari uchungina kiyim kiyganlar.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab boy qirgʻizlar tayyor kiyim sotib olish imkoniyatiga ega boʻlganlar va shu davrdan boshlab milliy libosga qoʻshni xalqlarning liboslaridan turli elementlar kirib kela boshlagan.
XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi qirg`iz an`naviy erkaklar kostyumi ichki va ustki kiyim hamda, bosh kiyim va oyoq kiyimlardan tashkil topgan bo`lib, ichlaridan oldi ochiq yaxtak va ishton kiyishgan. Ustki kiyimlari esa, uzun chopon, kaltaroq beshmet, jele, kaltacha, chakmon va po`stin bo`lgan. Qirg`iz erkaklarining milliy libosi “kementay” o‘z navbatida alohida ko`rinishga ega , oldi ochiq namatdan tikilgan choponga charm belbog` bog`lashgan. Bu kiyim asosan chorvadorlarning kiyimi bo'lib, yomg'ir va shamoldan himoyalagan. Oq rangli namatdan tikilgan choponlarni esa badavlat dexqonlargina sotib olishgan. Qirg‘iz ayollar garderobi ham erkaklarniki kabi ichki va ustki kiyimlardan tashkil topgan bo`lib, ayollar kiyimlari to'plamiga: yaxtaksimon uzun va keng ko'ylak, yengsiz ko'ylak va belga yopishib turadigan kamzul va lozim kirgan. Qishda ayollar mo'ynali palto - "ichik" va qizil yuftadan tikilgan baland uchi qayilgan yog`och poshnali etik kiyganlar.
Ko'ylaklarining ko'krak qismiga ko`pincha kashta tikishgan yoki tayyor rangli iplar bilan tikilgan "onur", "jaqa" qadab olishgan. Qirgʻizistonning shimoliy viloyatlarida ayollar tik yoqali koʻylaklar kiyishgan bo`lsa, janubiy hududlarida esa – yoqasiz ko`ylaklar kiyishgan. Ko`ylaklarining ko'kragida tirqishi bo`lib, taqilma qadap qo`yishgan.
“Beldemchi" – keng belbog`ga tikilgan oldi ochiq yubka bo`lib, kiyadigan joyga qarab har - xil tikilgan. Uyda kundalik uchun kiyishga oddiy matodan, mexmon yoki bayramlar uchun esa qimmatbaho gazlamalardan tikilgan. Mexmon uchun mo`ljallab tikilgan beldemchi qora yaltiroq (lampuk) matosidan, beqasam, shoyi gazlamalardan tikilgan bo`lib, kashtalar bilan bejirim bezatilgan va etagining chetlariga mo'ynani aylantirib bezab chiqishgan. Beldemchini kemsal deb atalgan kamzulning yoki ko‘ylakning ustidan kiyishgan (2-rasm). Odatda kelinga birinchi farzandi tug‘ilgandan so‘ng onasi tomonidan boy, bejirim bezatilgan beldemchi sep sifatida berilgan.


(2-rasm).Qirg`iz milliy ayollar libosi.XIX – XX asr.

Yozma manbalar va muzeyda saqlangan rasmlarga ko`ra beldemchining ko`rinishi ikki xil turda bo`lib, birinchi turi, keng, tizzadan uzun bo`lib tushib turgan. Yubkani bir nechta mato parchasini ulab, keng belbog`ga burmalarga yigib tikishgan5.


O`rta Osiyo ayollarining asosiy kiyim tarkibiga kirgan bosh kiyimlar, qirg`iz ayollari kiyimida ham ajralmas qismi bo`lib, qizlar turmush qurganlaridan so`ng boshlariga sochlarini ko`rsatmay mahkam kiyiladigan qalpoq kiyganlar. Ularning bosh kiyimlari turli xil rang - barang iplarda kashtalar tikib bezatilgan, ayniqsa kashta naqshlarida qizil, sariq, yashil va oq ranglar ko`p ishlatilgan. Qalpoqning tepasidan asosan "elechek" - oq matodan salla kiyib yurishgan. Ayol kishi turmushga chiqqanida erining uyiga borayotganida birinchi bora salla kiygazib yuborilgan va shu bilan unga yangi maqom berilgan. Qizni uzatayotgan vaqtda yosh yigitlar: "Oppoq elechek hech qachon boshingizdan tushmasin" - deb niyat bildirish-gan, bu ya`ni uzoq va baxtli oilaviy hayot tilash ma`nosini bildirgan.
Elechekni qishu – yoz boshlaridan yechmaganlar, ayniqsa unda ko`chaga suvga chiqish juda noqulay bo`lgan. Yosh qizlar boshlariga pat va bilan mo'ynalar bilan bezatilgan - "tebetey” kiyganlar.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish