Mavzu O‘rta Osiyo liboslarini tunikasimon bichimini tadqiq etish va zamonaviy kostyumda qo‘llash mundarija kirish


Samarqand – Buxoro tunikasimon bichimlari



Download 0,68 Mb.
bet8/18
Sana23.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#842911
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
OXIRGISI

Samarqand – Buxoro tunikasimon bichimlari. Samarqand O`rta Osiyo mintaqasida modaning ommaviy tus olishida asosiy o`rin tutgan bo`lib, o`z matolari, zarlangan buyumlari, ajoyib liboslari bilan mashxur. Buxoro va Samarqand gazlamalarining shuxrati to`g`risidagi ma`lumotlar Narxashiy, Maqdimiy va boshqa X asr tarixchilarining asarlarida keltirilgan. Ularning yozib qoldirgan manbaalariga asosan maxalliy matolar Bog`dod, Xuroson, Misr, Suriya, Vizantiya kabi shaxarlarda ishlab chiqilgan. XIX asr o`rtasida ko`p shaxarlarda, jumladan Samarqandda ham o`ziga xos, betakror va yuqori sifatli milliy matolar ishlab chiqarilgan. Boylar yarim ipak, shoyi va chetdan olib kelingan fabrika matolaridan kiyim kiyganlar, kambag'al oilalar esa, uy sharoitida yetishtirilgan paxta matolaridan kiyim tikib kiyishgan.
Ayollar kiyimi yengil va yupqa ipak mato, shoyi, adras, banoras, beqasamlardan tikilgan, ularning jilvador ranglari, hamda ranglarining o`zaro mutanosibligi odamni o`ziga maxliyo qiladi. Ayrim gazlamalar asosan uchta rang : to`q qizil, sariq va pushti ranglardan iborat bo`lib, bu ranglar birikmasidan har - xil ranglar chiqarib, yangi rango-rang gazlamalar tayyorlashgan.
Samarqandning anʼanaviy ayollar kiyimlari ham hamma hududlar singari: ko’ylak , chopon, mursak, to’n, peshmat, kamzul, nimcha, paranji – chachvon, xilma-xil ro’mollar, rang - barang do’ppilar va lozimdan iborat. O`rta Osiyoda yashaydigan ko`pgina millatlarning liboslari bichimi jixatidan bir - biriga o`xshash bo`lib, Samarqand milliy liboslari ham bichilishi jixatidan unchalik murakkab emas. Tadqiqotlar natijasiga ko`ra, Samarqand va Buxoro kiyimlarida asosan libosdagi zardo`zlik kashtalari, bosh kiyimlari va oyoq kiyimlarining boshqa hududlardan farqini ko`rishimiz mumkin.
Ko`ylakning uzunligi to'piqqacha uzun bo`lib, ko`ylakning etagi to'g'ri, ba'zan biroz kengaygan bichimda bo`lgan. Qizlar ko`ylaklarining yoqasi boshqa hududlardagi kabi yotiq shaklda o`yilgan bo`lib, chetiga mag`iz bilan ishlov berishgan, turmush qurgan ayollarning yoqasi esa, ko`krak qafasining oʻrtasidan koʻkrakkacha, uzunligi taxminan 25 sm uzunlikda qiyiq olingan yirmoch shaklda kesib tikilgan va yoqaning chetini zardoʻzli kashta (peshkurta) yoki jiyak bilan bezatishgan.
Samarqandlik ayollar bilakkacha uzun yengli ko`ylaklar kiyishgan, biroq ularning yenglari boshqa hududlardagi kabi unchalik uzun bo`lmagan, ya`ni barmoqlari ko`rinib turgan. Yenglarining bilak qismi tor bo`lishi urf bo`lgan.22
XIX asrning oxirida tik yoqali ko'ylaklar, yoqasi plisse qilingan, xoshiya bilan bezatilgan shakllar paydo bo`ldi. Bunday yoqa avvaliga shaharda, keyinchalik esa qishloq joylarda ham urf bo`ldi. Keyinchalik esa ko`krak qismidan ulangan, ko`krak burma ( kaketkali ) ko`ylaklar urfga kirdi. Samarqandliklar uy sharoitida bir qavat, sovuq havoda esa ikki qavat ko`ylak kiyishar edi.
Aholining oliy tabaqa qatlamli ayollari bayramlarda yoki mexmon-larga borganda uch qavatgacha ko'ylak kiyishgan, ko`ylaklarining yenglari bir xil kenglikda, ammo turli uzunlikda bo`lgan. Yenglarining pastki qismiga turli xil kashtalar bilan ishlov berishgan va ustki yengning ichidan boshqasi ko`rinib turgan. Nikoh to`yidan so`ng, Buxorolik va Samarqandlik boy - badavlat xonadonlarga mansub yosh kelinlar o'zlari bilan yetti - sakkiztacha ko`ylak olib kelib, boyligini ko`rsatish maqsadida sepidagi xilma - xil ko`ylaklarini kiyib hammaga namoyish qilishgan.23
Buxoro va Samarqand ayollari yozning issiq kunlarida tashqa- riga chiqqanlarida, yengil, faqat avradan iborat uzun, oldi ochiq rumcha chopon kiyishgan. Choponning yana bir turi bo`lmish, Toshkentda – mursak, Samarqand va Buxoroda esa - kaltacha deb atalgan kiyimning bu turi boshqa hudud choponlaridan farqi shuki, yenglari qo`l panjalari- gacha tushib turgan. Buxoro mursaklarining yeng bichimlari kengligi bilan ajralib turgan.
Samarqand va Buxoroda erkaklarning ham kiyim - kechaklari boshqa hududlar singari bir necha xil bo`lgan: paxtali qavima to`n yoki chopon, qaviqsiz yaxtak yoki avra to`n, avrasiz po`stin va hokazolar. Kiyimlar tarkibiga ko`ra ichki (ichdan kiyiladigan) va ustki kiyimlarga bo`lingan. Asosan bir xil tusdagi oq matodan tikilgan bo`lib, bu mato kosib dast-goxida to`qilgan. Ko`ylaklar bichimiga ko`ra uzun bo`lib, eni buzilmagan bir bo`lak mato yarmidan bir - biriga ulab uzunasiga tikilgan, yon qismi esa etagiga qarab kengayib borgan. Ko`ylak uzun, tizzadan pastga qarab kengayib bichilgan, yoqalari esa ikki xil ko`rinishda bo`lgan.
Odatda ko`ylak ustidan albatta oldi ochiq chopon kiyib yurilgan, bular ikki xil ko`rinishda bichilgan. Biri – yaxlit mato bo`lagidan tikilib, oldi-orqasi va yelka qismi choksiz bo`lgan. Yeng o`tkaziladigan o`rni qiyil-masgan, yenglari uzunasiga - to`g`ri yoki yeng tomon uchlari toraytirib tikilgan. Choponning qo`ltiq osti qismiga deyarli hamma vaqt kulfak - xishtak, yonlariga pona shaklidagi mato ulangan, bular yotiq tarafi bilan choponning gavda qismiga tikib qo`yilgan. Boshqa bir bichiqqa binoan tikilgan choponlarda gavda qismi bir - biriga ulab choklab qo`yilgan, bir xil enlikdagi ikki mato bo`lagidan iborat bo`lib, mazkur bo`laklar o`rtasi choklanib, choponning old va ort qismini tashkil etadi. Yenglarning yuqori qismi matoning bir parchasini pona shaklida o`yib - kesib olish bilan yuzaga kelgan. Etak qismi esa, ikki tomonidan qirqib, chetlari baxyalab qo`yilgan, bu bemalol yurish imkonini bergan. Choponning yoqa va etaklari barlarining chetlari va yenglarining uchlariga ipdan to`qilgan torroq jiyak yoki uzun qilib kesilgan mato bo`lagini hoshiya qilib, ko`krak qismiga esa, ikkita bog`ich tikib qo`yishgan. Choponlar yupqa astarli yoki astarsiz qilib tikilgan, qish faslida kiyiladigan to`nlarga esa paxta solib qavishgan.
O`ziga to`q oila erkaklarining qish faslidagi kiyimlari, paxtali qavima chakmon, kabanak, mo`ynali pochapo`stin bo`lib, andozasiga ko`ra chak-mon, to`n yoki chopondan farq qilmagan, biroq bulardan kengroq qilib tikilgan. Yoqasining orti tik, oldi torroq bo`lib, quyi qismida kengligi bilinmaydi, chetlariga esa gir aylanasiga jiyak tikishgan. Chakmonning o`zi esa echki yoki tuya junidan qo`lda to`qilgan matodan tikilgan.

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish