15
15
Ishbilarmonlar o’yini ham boshqa o’yinlar kabi o’qituvchi va o’quvchilardan
puxta tayyorgarlik ko’rishni talab etadi. O’qituvchi ishbilarmonlar o’yinini
uyushtirishda quyidagi vazifalarni bosqichma – bosqich amalga oshirishi zarur:
1. O’yin mavzusini oldindan belgilashi.
2. Didaktik o’yining maqsadi, vazifalari, borishi, mantiqiy ketma – ketligi,
o’quvchilar bajarishi lozim bo’lgan topshiriqlarni aniqlash va rejalshtirish.
3. Didaktik o’yin davomida o’quvchilar oldiga qo’yiladigan o’quv – bilishga
oid muammoli vaziyatlar tizimini vujudga keltirish yo’llarini aniqlash va
loyihalash.
4. O’quvchilarni didaktik o’yinning maqsad va
vazifalari bilan tanishtirish,
didaktik o’yin talab etadigan vazifalarni taqsimlash, har bir o’quvchiga aniq
yo’llanma berish.
5. Mazkur o’quv – bilishga oid muammoli vaziyatlarni hal etishda
o’quvchilarning avvalgi mavzularidan o’zlashtirgan bilim ko’nikma va
malakalarini tanish odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llanish
imkoniyatlarini aniqlash.
6. O’quvchilarning didaktik o’yiniga tayyorgarlik
faoliyatini kuzatish va
nazorat qilish.
Didaktik o’yinli darslarning muvaffaqiyati avvalo o’quvchilarning mazkur
o’yinlarga puxta va qizg’in tayyorgarlik ko’rishlariga o’qituvchining mazkur
faoliyatni tashkil etish hamda mohirlik bilan boshqarishiga bog’liq.
O’quvchilarning bunday o’yinga tayyorgarlik ko’rish
faoliyati quydagi
masalalarni bilishni:
1. Didaktik o’yining maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi qoydalari bilan
tanishishni.
2. Didaktik o’yin maqsadi va vazifasidan
kelib chiqadigan muammoli
vaziyatni aniqlashni.
3. Muammoli vaziyatdan chiqishning samarali yo’llarini topishni.
4. Har bir o’quvchining o’zi bajarishi lozim bo’lgan vazifalarni anglashib
o’qituvchining kerakli yo’riqnoma va ko’rsatmalarini olishni.
16
16
5. Turli bilim manbalaridan foydalangan holda muammoli vaziyatni hal
etishning optimal variantini tanlashni.
6. Didaktik o’yin ishtirokchilari o’rtasida o’zaro yordam va o’zaro
nazorat
vujudga kelishini taqozo qiladi.
Tarix darslarini o’qitishda dehqonchilik, chorvachilik, mashinasozlik sanoati
va boshqa xalq xo’jaligi tarmoqlari mavzusini ishbilarmonlar o’yini auksion –
dars o’zining mutaxassisligini chuqur o’zlashtirgan, pedagogik – psixologik va
metodik bilim, ko’nikma va malakalarni puxta egallagan, ta’lim – tarbiya
jarayoni samaradorligini oshiradigan zamonaviy
pedagogik va axborot
texnologiyalaridan xabardor va ularni ta’lim jarayonida qo’llay olish malakasiga
ega bo’lishi lozim.
Ta’lim – tarbiya jarayonini hozirgi zamon talablariga mos holda tashkil etgan
o’qituvchi har bir mavzu mazmuniga mos holda o’quvchilarni kasbga yo’llashi
va shu kasblarini egallashlari uchun qanday bilimlarga ega bo’lish lozimligini
to’gri tushuntira borishi kerak. Bunday maqsadlarni ro’yobga chiqarishda tarix
darslarini tashkil etishning an’anaviy shakllardan voz kechib uni bozor
iqtisodiyotidagi muammoni hal etishga yo’naltirish hozirgi vaqtda tarix o’qitish
ta’limi oldidagi dolzarb muammo hisoblanadi.
Didaktik o‘yinli darslarni tashkil etishdan maqsad o’quvchilarni yangi kasblar
bilan
tanishtirish, dars jarayonida esa muammoli ta’limni joriy etish dars
samaradorligini oshishi hamda ta’lim sifatini yaxshilanishiga olib keladi.