UDK: 681.142
AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI BILAN
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI RIVOJLANTIRISH
OMILLARI
Qambarov Muhriddin Zuhriddinovich assistent,
Xudoyberdiyev Nodirbek Mahmidovich stajyor o‘qituvchi,
Meliziyayev Obbosjon Olimjon o‘g‘li stajyor o‘qituvchi,
Mamasoliyev Akmaljon Azizjon o‘g‘li stajyor o‘qituvchi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali,
Qo‘qon, O‘zbekiston
Annotatsiya: Mazkur maqola oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarni o'qitishda axborot-pedagogik texnologiyalardan foydalanib, ularning axborot texnologiyalariga qiziqishlarini oshirishga hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi.
Kalit so’zlar: axborot, kompyuter, texnologiya, kompyuter texnologiyalari, elektron doska, interfeys, vinchester, jamiyatni axborotlashtirish, proektor.
Аннотация: Данная статья стимулирует развитие интереса к информационным технологиям студентов, обучающихся в высших учебных заведениях и способствует становлению их в будущем зрелыми специалистами при использовании в обучении информационных и педагогических технологий.
Ключевые слова: информация, компьютер, технология, компьютерные технологии, электронная доска, интерфейс, винчестер, информатизация общества, проектор
Annotation: This article aims to use information and pedagogical technologies in the education of students studying in higher education institutions, to increase their interest in information technology and to become future professionals.
Keywords: information, computer, technology, computer technology, electronic board, interface, hard drive, public information, projector.
Jamiyatni axborotlashtirish – bu butun insoniyat taraqqiyotining jadal o‘zgarishlarini oldindan ko‘ra bilish va rivojlanishni boshqarish imkoniyatidir. Bunday jamiyatda ta’lim tizimi yangi axborot texnologiyalaridan keng foydalanib, zamonaviy ta’lim axborot muhitini shakllantirishga asoslanishi va tayanishi shart. Ta’limning barcha sohalarida hayotimizga kirib kelayotgan yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib, ta’lim sifati va samarasini oshirish hamda takomillashtirilish zarur. Ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanilishi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati uchun ta’lim jarayonini jadallashtirishga yordam beruvchi psixologogik pedagogik ishlanmalar, ta’lim g‘oyalarini rivojlantiruvchi butkul yangi imkoniyatlarni beradi, bu esa ta’limda yangi uslub va tashkiliy shakllar yuzaga kelishiga hamda ularni tezkor ta’lim jarayoniga joriy etish imkonini beradi.
Ta’lim jarayonida kompyuter o‘rganish ob’ekti ham, ta’lim-tarbiya, rivojlanish va ta’lim mazmunini o‘zlashtirishini tashxis qilish vositasi ham bo‘lishi mumkin, ya’ni ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan ikki yo‘nalishda foydalanish mumkin.
Birinchi yo‘nalishda - kompyuter texnologiyalari imkoniyatlari, turli masalalarni hal etishda, undan foydalanish malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan bilim, ko‘nikma va malakalar o‘zlashtiriladi.
Ikkinchi yo‘nalishda - kompyuter texnologiyalari ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish samaradorligini oshirishning kuchli vositasi hisoblanadi.
Zamonaviy ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishi davr ruhiga mos holatdir. Biroq «o‘qituvchi - o‘quvchi» o‘zaro murakkab aloqadorligi tizimida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning o‘rni haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish zarur. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanish ta’limning maqsad va vazifalarini o‘zgartiradi: ta’limning yangi metodlari va tashkiliy shakllari yuzaga
keladi. Ta’lim mazmunining yangilanishi, eng avvalo, o‘quvchilarda atrof olam haqida tabiiy-ilmiy tasavvurlarning shakllanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Kompyuter texnologiyalarini joriy etish ta’lim jarayonini mujassamlashtirish imkonini beradi. Yangi bilimlarni mexanik o‘zlashtirishdan mustaqil o‘zlashtirishga intilishni ta’minlovchi psixologik-pedagogik ishlanmalarni amaliy keng qo‘llash imkonini beradi. Kompyuter texnologiyalari o‘quvchilar shaxsiy xususiyatlarini
rivojlantirishga yordam beradi.
«Texnologiya» tushunchasini ta’lim sohasida qo‘llanishi va doim
umumlashtirish va tizimlashtirishni talab etadigan pedagogic jarayonlarga texnologik yondashuv, pedagogik innovatsiyalar tajribalariga, tashabbuskor-o‘qituvchilar faoliyati, psixologogik-pedagogik tadqiqotlar natijalariga, ta’lim jarayonlari rivojiga samarali ta’sir etishi mumkin.
Jamiyat rivojining zamonaviy bosqichi axborot oqimining keng tarqalib borishini, global axborot muhitining yuzaga kelishini ta’minlovchi, inson hayoti-faoliyatining barcha sohalariga kirib borayotgan yangi axborot texnologiyalarining jadal taraqqiyoti bilan bog‘liqdir.
Mazkur jarayonning ajralmas va muhim qismi ta’lim jarayonini
kompyuterlashtirish hisoblanadi. Kompyuter texnologiyalari tushunchasi mazmunida ta’lim tizimida kompyuter texnologiyalarining didaktik mohiyatini, pedagogik texnologiyalar bilan aloqadorligi, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etish tuzilmasida uning o‘rnini tushunamiz.
Ta’limda kompyuter texnologiyalarining o‘rnini tushunish uchun mazkur
tushuncha mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash lozim.
Texnologiya (grek tilidan olingan bo‘lib, san’at, mahorat, malaka, yana - shakl, mazmun, sabab, metodika, ishlab chiqarish usuli) - tashkiliy choralar majmuasi, fan, texnika va umuman jamiyat rivojining joriy bosqichiga asoslanib, sifatli va samarali harajatlar bilan tayyorlashga, xizmat ko‘rsatishni ta’mirlash va foydalanishga topshirishga yo‘naltiriltirib, amalga oshiriladigan jarayon va usullarni anglatadi.
Texnologiya - keng ma’noda ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan tovar va iqtisodiy resurslar sohasida xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘ladigan bilimlar doirasi hajmidir. Texnologiya tushunchasi tor ma’noda - mahsulot tayyorlash, sifatini nazorat qilish, boshqarishda modda, energiya, axborotni qayta ishlash usulini anglatadi.
Kompyuter texnologiyalari (ingliz tilida - Computer Science) – bu kompyuterdan foydalanib, axborotni saqlash, uzatish, qayta ishlash, himoya qilish va taqdim etishga javob beruvchi texnologiyalarning umumiy nomidir. Biroq ta’limda kompyuter texnologiyalari - bu tor tushunchadir.
Axborot texnologiyalarida zarur vosita sifatida faqat kompyuterdan emas, balki audio va video qurilmalar, proektor hamda boshqa texnik vositalardan foydalanilishi mumkin.
Ta’limda kompyuter texnologiyalari – bu o‘quvchilarga ta’limiy axbotlarni tayyorlash axbotlarni tayyorlash va uzatish vositasi kompyuterda axborotlarni uzatish jarayondir.1
Kompyuter texnologiyasi uch turda amalga oshiriladi:
• «singib boruvchi» texnologiya sifatida (qator didaktik masalalar yechimida, alohida bo‘lim va mavzularni bayon yetish va taqdimotida kompyuterdan foydalanilishi);
• ta’lim texnologiyasining asosiy, muhim ahamiyatli qismlarini yanada aniq belgilovchi omil sifatida.
• monotexnologiya sifatida (kompyuterdan foydalanib, ta’lim jarayonini boshqarish, tashxis va monitoring qilish).
Ta’limda yangi kompyuter texnologiyalari quyidagi holatlarda samarali hisoblanadi:
pedagogik texnologiyalar asosiy tamoyillarini (oldindan loyihalashtirish, taqdim yetish, maqsadga muvofiqlashtirish, yaxlitlik) ta’minlaydi;
ilgari nazariy yoki amaliy jihatdan yechimi mavjud bo‘lmagan didaktik masalalarning hal etilishini ta’minlaydi;
kompyuter texnikasidan foydalanib, axborotni tayyorlash va uzatish imkoniyatining kengayishini ta’minlaydi.
Shu tariqa, mazkur tushuncha ta’lim sohasida kompyuterning keng tatbiq etilishi bilan bog‘liqdir. Kompyuter texnikasi uzoq yillar davomida o‘sib borayotgan axborotlar oqimidan istalgan vaqtda foydalanish imkonini taqdim etadi. Shu sababli o‘quvchilarga chuqur bilim berishda zamonaviy kompyuter texnikasi muhim ahamiyatga molik. Bunda o‘quvchilarga umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari sohasida dolzarb bilimlarni o‘z vaqtida yetkazib berish zarur.
Xulosa qilib aytganda, yangi axborot texnologiyalari asosida kasbiy
mutaxassislarni tayyorlashda umumiy pedagogik, psixologik, didaktik, metodik jarayonlar pedagogik masalalar bilan bog‘liq holda amalga oshirilishi – ta’lim sohasining eng samarali usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |