Mavzu: Moliyaviy tahlilning turlari, shakllari va ularni boshqarishdagi roli


Moliyaviy tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to’g’riligini



Download 180,06 Kb.
bet5/8
Sana30.05.2022
Hajmi180,06 Kb.
#620383
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5362078957510335356

4.Moliyaviy tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to’g’riligini
tekshirish usullari va moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlari
Moliyaviy tahlilda5 foydalaniladigan barcha axborot manbaalarini ishonchli, aniq va to’g’ri to’ldirilishi monitoring natijalarining samarali bo’shini ta’minlaydi. Shu boisdn, tahlilchi tomonidan xo’jalik hayotiga baho berishdan oldin foydalanilayotgan turli-tuma, sermazmun axborot manbalarining to’g’ri, aniq, ilmiy asoslangan holda to’ldirilganiga ishonch hosil yetishi maqsadga muvofiq sanaladi.
Odatda xo’jalik hayotiga baho berish davrida axborot manbalari to’planib, ularning to’g’riligi ikki usulda tekshiriladi:
1.Texnik (yuzaki) tekshirish.
2.Mazmun jihatdan tekshirish.
Texnik (yuzaki) tekshirish- axborot manbalarini arifmetik jihatdan to’g’riligi, rasmiylashtirish qoidalariga rioya qilinganligi va ko’rsatkichlarning bir-biriga mosligini e’tiborga olgan holda o’rganishni nazarda tutadi. Texnik (yuzaki) tekshirishda hisobotlarga barcha ma’lumotlarni to’g’ri kiritilganligi, ularning arifmetik yig’indisi, Moliya vazirligi hamda Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tomonidan tasdiqlangan amaldagi hisobot shakllariga rioya qilinganligi, hisobot shakllarining bir-biri bilan bog’liqligi va ulardagi takroriy ko’rsatkichlar bir xilligi ta’minlanganligi, hisobotlarni topshirish muddati, mansabdor shaxslar imzosi tekshiriladi va v.k.
Axborot manbalarini mazmunan tekshirish ulardagi ma’lumotlar, raqamlarning haqqoniy, ilmiy asoslanganligiga baho beradi. Bunday tekshirishda buxgalteriya hisobining boshlang’ich hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlar inventarizatsiyadan o’tkaziladi, ko’rsatkichlarning taqqoslash, sanab ko’rish va o’lchash yo’li bilan to’g’riligiga ishonch hosil qilinadi.
Axborot manbalarini mazmun jihatdan tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1.Inventarizatsiya natijalarining hisobotda o’z aksini topishi.
2.Xo’jalik yurituvchi subyektning hisobot ma’lumotlaridagi budjetga to’lovlari va budjet mablag’lari hisobiga moliyalashtirish summasining moliya tashkiloti ma’lumotlariga mos kelishi.
3.Foyda va zararlar schyotiga o’tkazilgan ma’lumotlar (ustav kapitalining o’zgarishi, tabiiy ofatdan ko’rilgan zarar, asosiy vositalar tugatilishi…)ning to’g’riligi va v.k.
Xo’jali hayotini moliyaviy tahlil qilishda foydalanilayotgan axborot manbalarini quyidagilarga ajratish mumkin:
1.Biznes-reja ma’lumotlari.
2.hisob va hisobot ma’lumotlari.
3.Qo’shimcha ma’lumotlar.
Biznes-reja ma’lumotlari ko’rsatkichlarga belgilangan limitlar, norm ava normativlar asosida shakllantirilgan xo’jalik yurituvchi subyektning biznes-rejasidagi axborotlar nazarda tutiladi.
Hisob va hisobot ma’lumotlari operativ, buxgalteriya, statistika hisobi va hisobotlardagi axborotlar asosida shakllanadi. Ular moliyaviy tahlilning asosiy axborot manbayi bo’lib, xo’jalik hayotining barcha jarayonlarini o’z ichiga oladi.
Operativ hisob ma’lumotlari asosida buxgalteriya, statistika hisobi va hisoboti ko’rsatkichlari shakllantirilib, u:
-ma’lumotlarnin tez olinishi;
-axborotlarning tegishli tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan mazsus shaklda rasmiylashtirilmasligi;
-ma’lumotlarni qayta ishlash imkonining mavjudligi bilan boshqa hisob shakllaridan farqlanadi.
Buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari tegishli yuqori tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan va amalda foydalanilayotgan shakllar asosida rasmiylashtirilib, moliyaviy tahlil xulosasiga ko’ra boy berilgan imkoniyatlarni shu davrning o’zida foydalanish imkoni bo’lmaydi.
Statistika hisob va hisobot ma’lumotlaridan moliyaviy tahlilda ko’pincha xo’jalik hayoti istiqbolini belgilashda foydalaniladi. Negaki, bu axborot manbalarida hodisa va jarayonlar miqdor jihatdan muayyan moliyaviy qonunlarni aniqlaydigan tarzda aks ettiriladi.
Moliyaviy tahlil xulosalari har tomonlama mukammal, aniq bo’lishida mutaxassislar huquqiy-me’yoriy, ilmiy-texnikaviy, tabiiy-ekologik bilimlarga ega bo’lishi va ularga tegishli ma’lumotlardan foydalana bilishi talab etiladi. Shu sababli ham moliyaviy tahlilda ularga oid ma’lumotlar (qo’shimcha ma’lumotlar)dan foydalaniladi.
Shuningdek,qo’shimcha ma’lumotlar- bank, moliya, soliq inspektorlari tomonidan tuzilgan dalolatnoma, inspektorlarni taqdim etgan ma’lumotlar, audit xulosalari, radio va telvideniye, ishchi va xizmatchilar bilan bo’lgan muloqot natojasida olingan ma’lumotlardan tashkil topadi.
Moliyaviy tahlil ma’lumotlari hamda natijalari uni kim v anima maqsadda o’tkazganiga qarab turli shaklda, ya’ni analitik mavzular yoki xo’jalikning yillik hisobotiga ilova qilinayotgan bayonnoma ko’rinishida umumlashtirilishi mumkin.
Moliyaviy tahlil natijalarini umumlashtirish va yakunlash qaysi turdagi tahlilni o’tkazganligimizga qarab bajariladi. Masalan, xo’jalik yurituvchi subyektning yillik hisobotlari asosida o’tkazilgan joriy tahlilning yakuni, umumiy xulosalar yozish va yuqori tashkilotlarga tushuntirish xati tuzish orqali yakunlanadi. Ayrim turdagi moliyaviy tahlil turlarining natijalari esa mutaxassislarning ma’ruzasi, xo’jalik yurituvchi subyekt rahbarining buyrug’i, jamoaning majlis bayoni, taftish komissiyasining dalolatnomalari orqali umumlashtiriladi.
Moliyaviy tahlil natijalari umumlashtirilganda erishilgan natijalar, yo’l qo’yilgan kamchiliklar hamda yutuqlar aniq raqamlarda va dalillar bilan ko’rsatilgan bo’lishi talab etiladi. Shuningdek, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tuzatish chora-tadbirlari, ya’ni takliflar ham ko’rsatiladi.
Moliyaviy tahlil natijalarini rasmiylashtirish va umumlashtirishga xo’jalik yurituvchi subyektning umumiy majlis materiallarini turli xil diagramma, jadval va grafiklar asosida xodimlarga ko’rsatma sifatida osib qo’yilishi, oynoma va ro’znoma sahifalarida ma’lumotlarni chop etish, axborot doskalaridagi ko’rsatkichlarni e’lon qilib borish ham kiradi.
Analitik yozuvlarga xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatini yakunlari bo’yicha yillik yoki choraklik hisobotiga tushuntirish xatlari yoki ularga yuqori tashkilotlarining xulosalari kiradi.
Tushuntirish xati biznes-rejaning bajarilishi haqidagi umumiy ma’lumotlar, shuningdek, o’rganilayotgan ko’rsatkichlarning avvalgi davrlarga nisbatan dinamik o’zgarishiga baho berish bilan boshlanadi. So’ngra o’rganilayotgan ko’rsatkichning biznes-rejadan farqlanish sabablari, ayrim omillarning o’zaro bog’lanishi va ularning xo’jalik faoliyatiga ta’siri hisoblab beriladi.
Analitik hisob- kitoblar jadvallar ko’rinishida rasmiylashtirilib, ularni har biriga xulosalar va ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqligini yechib beruvchi matnli ilovalar beriladi.
Bayonnomaning xotima qismida xulosa va takliflar, ya’ni aniqlangan kamchiliklarni bartaraf yetish yo’llari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doir imkoniyatlardan foydalanish yuzasidan aniq takliflar bayon etiladi. Bayonnoma tushunarli, ilmiy asoslangan, ixcham, analitik jadvallar bilan bog’langan bo’lishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini moliyaviy tahlil qilishda axborot manbaalarining to’g’riligiga ulardagi takroriy ko’rsatkichlarning bir xilligi ta’minlanganlini o’rganish orqali baho beriladi.

Download 180,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish