2.Moliyaviy tahlil shakllari
Moliyaviy tahlil turlari uning shakllaridan ma’lum jihatlari bilan farqlanadi. Bu farqlanish moliyaviy tahlil shakllarida mujassamlashgan o’ziga xos usullari, ketma-ketligi, maqsad va vazifalari bilan izohlanadi. Yuqorida ta’kidlanganlardan kelib chiqib, moliyaviy tahlilning quyidagi shakllarini keltiramiz.(2-chizma):
1.Kompleks tahlil. Bu moliyaviy tahlil shaklida xo’jalik hayoti makon va zamon nuqtayi nazaridan barcha jarayonlarini inobatga olgan holda keng, batafsil o’rganiladi.
2.Solishtirma moliyaviy tahlil. Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatidagi jarayonlarni bah ova vaqt nuqtayi nazaridan taqqoslash shartlari asosida solishtirish holatiga keltirib o’tkaziladigan moliyaviy tahlilni nazarda tutadi.
3.Omilli molyaviy tahlil. Ushbu moliyaviy tahlil shaklida xo’jalik yurituvchi subyektning natijaviy ko’rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar (birlik kattaliklar) aniqlanib, ularning ta’siri qator usullar yordamida hisob-kitob qilinadi.
Solishtirma moliyaviy tahlil
Omilli moliyaviy tahlil
Moliyaviy tahlil shakllari
Boshqaruv tahlil
Marjinal moliyaviy tahlil
Staxostik moliyaviy tahlil
Boshqa moliyaviy tahlil shakllari
2-chizma. Moliyaviy tahlilning shakllari
4.Marjinal moliyaviy tahlil. Marjinal (inglizcha “margin”, fransuzcha “marge” varoq chegarasi, o’lka) moliyaviy tahlil xo’jalik yurituvchi subyektning barcha xarajatlarini doimiy va o’zgaruvchan turlarga bo’lib, ishlab chiqariladigan mahsulot (ish,xizmat)larning ko’zlangan foydaga samardorligini oshirishga qaratilganligi bilan izohlanadi(2-chizma).
5.Boshqaruv tahlili. Xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari, mulkdorlari, mutaxassislarining korxonada mavjud ichki imkoniyatlarni ishga solish va faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruv hisobi va hisoboti asosida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun olib boradigan moliyaviy tahlil shakli sanaladi.
6.Staxostik moliyaviy tahlil. Bu moliyaviy tahlil shaklida natijaviy ko’rsatkichlar bilan ularga ta’sir etuvchi omillar, birlik kattaliklar o’rtasida funksional bog’liqlik bo’lmaganda jarayon bog’liqligi regressiya, korrelyatsiya kabi iqtisodiy-matematik modellarni tuzish orqali o’rganilishini bildiradi.
7.Moliyaviy tahlil. Xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobot shakllari va unga qo’shimcha ilovalari asosida uning moliyaviy holati, moliyaviy natijalari, debitorlik va kreditorlik qarzlarini holati, asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi va ulardan samarali foydalanishi, pul oqimlari va valyuta mablg’lari harakati, xususiy kapitalning shakllanishi, budjetga o’lchovlarini o’rganishga bag’ishlangan moliyaviy tahlil shakli sanaladi.
8.Boshqa moliyaviy shakllarga quyidagilarni kiritish mumkin:
8.1.Funksional qiymatli tahlil. Xo’jalik hayotida bajariladigan funksiyani qiymat o’lchov birligida, mahsulot(ish,xizmat) sifatini oshirgan holda keraksiz funksiyalarni bartaraf etish hisobiga ichki imkoniyatlarni aniqlab topib, uni ishga solishga qaratilgan moliyaviy tahlil shakli sanaladi.
8.2.Loyiha faoliyati. Xo’jalik yurituvchi subyekt istiqbolini, biznes-rejasini, investitsiya loyihalarini asoslash maqsadida bo’lishi kutilayotgan jarayonni o’rganadigan moliyaviy tahlil shakli hisoblanadi.
8.3.Xo’jalik faoliyati tahlili. Bu tahlil shaklida xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati mikroiqtisodiy darajasida o’rganilib, baho beriladi.
8.4.Auditorli tahlili. Auditorlar tomonidan xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati audit qilinganda voqelik yuzasidan to’g’ri xulosa qabul qilish maqsadida ular tomonidan o’tkazilgan moliyaviy tahlil shakli sanaladi.
Yuqoridagi ta’kidlangan moliyaviy tahlil shakllari va turlarini ma’lum xususiyatlariga ko’ra to’g’ri turkumlanishini e’tiborga olish va ularni mazmunan tushunib olish moliyaviy tahlilda to’ldirilmagan, e’tibordan qolgan jihatlarini oldini olish imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |