O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“ Buxgalteriya hisobi va Audit” Fakulteti
“Audit va iqtisodiy tahlil” Kafedrasi
“ Moliyaviy Tahlil” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Moliyaviy tahlilning turlari, shakllari va ularni boshqarishdagi roli
Bajardi: HBA-72 guruh talabasi
G’aybullayev Umidillaxon
Ilmiy rahbar: PhD Qaladarova N.N
Toshkent-2020
Mavzu: Moliyaviy tahlil turlari, shakllari va ularni boshqarishdagi roli
Reja:
Kirish……………………………………………………………………………….3
Moliyaviy tahlil turlari………………………………………………………6
Moliyaviy tahlil shakllari…………………………………………………..10
Moliyaviy tahlil uchun kerakli ma’lumotlar tizimi………………..……….13
Moliyaviy tahlilda foydalaniladigan axborot manbalarining to’g’riligini tekshirish usullari va va moliyaviy tahlilni tashkil etish bosqichlari………..18
Xulosa…………………………………………………………….……………….26
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………..27
Kirish
Iqtisodiyotni moderinizatsiyalash sharoitida bizning Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni jadal tarza amalga oshirilishi,aniq va umudli strategik maqsadlarga asoslangan o’zbek modelini nechog’lik muhim ahamiyat kesb etayotganini bugun barchamiz anglab va bundan g’urulanamiz. Alohida e’tirof etish lozimki iqtisodiyotga kiritilayotgan invistitsiyalarning katta qismi iqtisodiyotimizning ishlab chiqarish salohiyatini tubdan yaxshilash,sifatli va jahon bozorida munosib raqobatlasha oladigan maxsulotlar ishlab chiqarish, meva va poliz mahsulotlarini saqlashda va boshqa maqsadlarda asosiy kapital iste’moliga, bir so’z bilan aytganda korxonalarni texnik jihatdan zamonaviy texnologiyalar asosida qayta qurollantirishga yo’naltirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganligi munosabati bilan qisqa davr ichida respublikamiz iqtisodini yuksaltirish uchun bir qator iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish va uni rivojlantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va siyosiy shart-sharoitlar yaratildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan hamda hayotga tadbiq etilayotgan izchil islohotlar, amaliy sa’y-harakatlar yangi taraqqiyot marralarini egallash, zamonga mos tarzda rivojlanish, xalqimiz manfaatlarini ta’minlashga qaratilganligi bilan g’oyat ahamiyatlidir. Jumladan, davlatimiz rahbari ta’kidlab o’tganlaridek, davlat moliyasini boshqarishda “...iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy o’zgarishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, eng avvalo, iqtisodiy va moliyaviy organlarning faoliyati samaradorligiga bog’liqdir”1.
Mamlakatimiz iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar ,tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir loyihalarni amalga oshirish uchun invistitsiyalarni jalb qilish jadal suratlar bilan davom ettirilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlab o’tganlaridek “investitsiya -bu iqtisodiy drayver ,o’zbekcha aytganda iqtisodiyotning yuragi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar,ilg’or tajribalar,yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi.Shu o’rinda bir savol tug’iladi:investitsiya deymiz,islohotlar deymiz ,modernizatsiya, deymiz.Lekin bu o’zgarishlardan ko’zlangan asosiy maqsad o’zi nima? Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili, dinidan qat’iy nazar erkin tinch va badavlat umr kechirish, bugun hayotdan rozi bo’lib yashahsi –bizning bosh maqsadimizdir”2
Mulkchilikning turli shakillariga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlarining turli bo’g’inlaridagi moliyaviy tahlil metodi, jumladan ,oddiy-an’anaviy, iqtisodiy-matematik va turli xil usullaridan samarali foydalanishni takomillashtirish masalalari bo’yicha ilmiy-amaliy ishlar olib borilgan. Shunga qaramasdan,bu borada ayrim takomillashtirilmagan masalalar mavjud bo’lib,asosiy vositalarni tugatilishi hisobini isloh qilish,javobgarlik markazlarini tashkil qilish, asosiy vositalardan ish unimini yuqori bo’lganda foydalanish avvalambor ,Respublikamizdagi ijtimoiy iqtisodiy shart-sharoitlarga,qonunchilikka asoslanishi hamda xalqaro standartlar talabi darajasida tashkil etilishi zarurati kelib chiqdi. Iqtisodiyotimizda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni doimiy ravishda modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilab borish iqtisodiyotni isloh etishning strategik vazifalaridir. Shular orqali iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash, jahon bozorida muvoffaqiyatli raqobatlashish mumkin. Bugungi kunda iqtisodiyotimizning shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda kichik biznes subektlarining roli nihoyatda katta deb o’ylaymiz.Bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish ,zamonaviy tehnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangiz korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ,kichik biznes va xuxusiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish sohasi ba kasanachilik rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga zamonaviy texnika va texnologiyalarni keng joriy qilinishi, buxgalteriya hisobi va tahlil borasida ilg’or xorijiy usullarning qo’llanilishi asosiy vositalarning tugatilishi hisobi hamda tahlilni tashkil qilish, yuritish hamda takomillashtirishning naqadar dolzarb ekanligini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |