1.Moliyaviy tahlil turlari
Moliyaviy tahlil3 mazmun va mohiyati jihatidan turli shakl hamda turlarga ega bo’lib, ularni umumlashtirish, shuningdek, bir tizimga keltirib, eng muhim tomonlarini aniqlash mazkur fanning istiqbolda yanada takomillashtirish imkonini yaratadi.
Moliyaviy tahlilning turlari- ma’lum belgilari, xosslari, vazifalari, o’tkazish muddati, qabul qilinayotgan qarorlarning xarakteri, obyekti, subyekti va boshqa shu kabi sifatlari bilan umumiy bo’lgan guruhlar yoki bir butunlikni tashkil etgan yaxlit xillar asosida shakllantiriladi. Moliyaviy tahlil turlari belgilariga ko’ra bir necha turlarga bo’linsada, ular bir-biriga yaqin va o’xshash bo’lgan usullardan foydalangan holda voqelikni o’rganadi hamda baho beradi. (1-chizma)
Mazmuni nuqtayi nazaridan
Zamonaviy nuqtayi nazaridan
Makon nuqtayi nazaridan
Obyekti nuqtayi nazaridan
Tarmoq nuqtayi nazaridan
Avtomatlashtirish nuqtayi nazaridan
Ko’lami nuqtayi nazaridan
Moliyaviy tahlil turlarini aniqlashda foydalaniladigan belgilari
Subyekti nuqtayi nazaridan
1-chizma. Moliyaviy tahlilning belgilariga ko’ra turlari
Moliyaviy tahlil shakllari esa o’ziga xos bo’lgan tashqi ko’rinishi, qiyofasi bilan birga o’z mazmuni va usullariga ega bo’ladi. Shu sababli moliyaviy tahlilning turlari va shakllari mazmunan bir-biriga yaqin bo’lib, ular bir maqsadda, ya’ni xo’jalik hayotiga baho berishga xizmat qilsada, moliyaviy tahlil shakllariga o’ziga xos usullar majmuasidan foydalaniladi.
Xo’jalik hayotida muayyan vaqt mobaynida shunday voqeliklar yuz beradiki, unda sodir bo’layotgan jarayonni uzluksiz, vaqtida moliyaviy tahlil qilib, natijalarni hisob-kitob qilish orqali xulosa va takliflar tayyorlash talab etiladi. Shu jihatdan zamon nuqtayi nazaridan (belgisiga ko’ra) moliyvaiy tahlilni 3 ta, xususan, tezkor, joriy va istiqbolli tahlil turlariga ajratiladi.
Tezkor tahlil- joriy davr tugamasdan o’tkaziladigan tahlil turi bo’lib, u belgilangan muddat davomida qanday natijasiga erishish mumkinligini aniqlash maqsadida har kuni, dekadada, oyda o’tkazib boriladi. Ularga paxta yig’im-terimi mavsumida har kunlik, dekadalik, oylik natijalar tahlilini kiritish mumkin.
Joriy tahlilda hisobot davri tugashi bilan moliyaviy va boshqaruv hisobi, statistic hisob hisobotlari asosida o’tkaziladigan choraklik, yarim yillik, 9 oylik, yillik tahlil tushuniladi. Bunga buxgalteriya balansi (1-shakl) ma’lumotlari asosida xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatiga baho berishni yoki “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” (2-shakl)ga binoan moliyaviy natijasini o’rganish kabilarni kiritish mumkin.
Istiqbolli tahlil- xo’jalik yurituvchi subyektning kelgusi faoliyatini oldindan o’rganish maqsadida amalga oshirilib, unga uning kelgusi yil uchun tuzgan biznes-rejasini keltirish mumkin. Bugungi kunda yoshlarga keng imkoniyatlar ochilib, banklar tomonidan ularning samarali biznes rejalarini amalga oshirishlari uchun imtiyozli kreditlar ajratilmoqda.
Makon nuqtayi nazaridan moliyaviy tahlil ichki va tashqi turlarga bo’linadi.
Ichki moliyaviy tahlilda jarayon xo’jalik yurituvchi subyekt xodimlari tomonidan olib borilib, faoliyatni yanada yaxshilash, boy berilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
Tashqi iqtisodiy tahlilda xo’jalik hayotiga tashqi subyektlar tomonidan baho brilib, u soliq idoralari, moliya tashkilotlari va boshqalar tomonidan olib boriladi.
Moliyaviy tahlil mazmunan uch, xususan: global; lokal tahlil turlariga bo’linadi.
Global moliyaviy tahlil xo’jalik hayotini atroflicha, to’liq o’rganishni nazarda tutsa, local moliyaviy tahlilda xo’jalik yurituvchi subyektning alohida bir tarkibiy qismiga baho beriladi.
Moliyaviy tahlil subyekti nuqtayi nazaridan quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Ijtimoiy - moliyaviy tahlil. Moliyaviy tahlilstatistika, boshqaruv idoralari, ijtimoiy-tadqiqot markazlari, iqtisodchi-buxhalterlar tomonidan olib boriladi.
2.Auditorlik tahlil. Auditorlik firmalari tomonidan olib boriladi.
3.Moliyaviy-iqtisodiy tahlil, korxonaning moliya xizmati xodimlari tomonidan olib boriladi.
4.Texnik-moliyaviy tahlil, texnik xizmat xodimlari tomonidan olib boriladi.
5.Iqtisodiy- ekologik tahlil. Bu iqtisodiy tahlil turi atrof muhitni muhofaza qilish, ekologiya xizmati xodimlari tomonidan olib boriladi.
6.marketing xizmati bo’limi xodimlari tomonidan esa, marketing tahlili olib boriladi va h.k
Tarmoq nuqtayi nazaridan:
-alohida tarmoqlar;
-tarmoqlararo umumiy moliyaviy tahlil turlariga bo’linadi.
Ayrim tarmoqlar (sanoat, qishloq xo’jaligi….) xususiyatlaridan kelib chiqib olib boriladigan moliyaviy tahlil alohida tarmoqlar tahlili deyilad. Masalan, qishloq xo’jaligida yetishtirilgan jami mahsuot hajmi va unda dehqonchilik, chorvachilik va boshqa sohalarning tutgan ulushi hamda ularni yillar bo’yicha dinamik o’zgarishiga baho berish.
Barcha tarmoqlar xususiyatidan kelib chiqqan holda qisman taqqoslash shartlari asosida o’tkazilgan tahlil turini tarmoqlararo umumiy tahlil turi, deyish mumkin. Bunga misol qilib, yalpi ichki mahsulot hajmi hamda unda sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqalarning tutgan ulushini yillar bo’yicha dinamik o’zgarishiga baho berishni keltirish mumkin.
Ko’lam nuqtayi nazaridan moliyaviy tahlil makro va mikro darajada olib boriladi. Makroiqtisodiy tahlilda ma’lum hudud iqtisodiyoti holati va uning o’zgarishiga baho berilsa, mikroiqtisodiy tahlilda bevosita xo’jalik yurituvchi subyekt hayoti monitoring qilinadi.
Obyekti nuqtayi nazaridan batafsil va tanlab o’tkazilgan moliyaviy tahlil turlariga bo’linadi.
Batafsil tahlili o’rganilayotgan obyektning barcha jihatlari qamrab olingan holda o’rganiladi. Tanlab olingan moliyaviy tahlilda esa, o’rganilayotgan obyektning ayrim jarayonlari tanlab olinadi, o’rganiladi va ular yuzasidan qarorlar qabul qilinadi.
Moliyaviy tahlilni avtomatlashtirish nuqtayi nazaridan kompyuterlashtirilmagan, qisman kompyuterlashtirilgan, to’liq kompyuterlashtirilgan turlariga ajratish mumkin.
Kompyuterlashtirilmagan moliyaviy tahlilda ma’lumotlar odatdagiday qo’lda bajarilsa, qisman kompyuterlashtirishda xo’jalik jarayonlarining ayrim jaraonlari yuzasidan hisob-kitoblar kompyuterlarda amalga oshiriladi. Xo’jalik hayotining barcha qirralrini kompyuterlardahisob-kitob qilinishi va ular yuzasidan xulosalar olinishi moliyaviy tahlilni to’liq kompyuterlashtirilganini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |